6-sinf Ona tili №9 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №9 ga fikr bildirilmagan. 1 6-sinf Ona tili №9 XABAR MAYLI BUYRUQ –ISTAK MAYLI SHART MAYLI SHAXS –SON SHAKLLARI OT OTLARNING TUZILISHIGA KO’RA TURLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Arxaik so’zlar qatorini aniqlang A) jayhun,muarrix ,jallod,bitik B) ulus,handasa,cherik ,oraz C) me’mor,boj,yorg’uchoq ,paysa D) zindon,taxt,zebigardon, bo’noki 2 / 50 Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? 1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim A) 3,4,7,8 B) 3,4,5,7.9 C) 2,3,8,9 D) 3,7,8 3 / 50 O’timli fe'l qaysi gapda qo’llanilgan. A) A'zam qurt yegan tishini sug’irib oldi. B) Bolalar muzday suvda maza qilib cho’milishdi. C) Dalalar oppoq qorga ko’mildi. D) Bayramday bezagan qirlar adirlar, 4 / 50 O’zlik nisbatdan hosil bo’lgan fe’lning orttirma nisbat shaklini toping A) o’zgartirildi ,ishlatildi B) yuvinishdi ,kiyinishdi C) keltir ,yozdir D) yuvintir ,kiyintir 5 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman B) Uning dili siyoh bo’ldi C) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . D) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi 6 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) U voqea hech qachon yodimdan ko’tarilrnaydi . B) Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani. C) Allaqayerda bo’rilar uvullashi eshitildi. D) Asta sekin tong ota boshladi. 7 / 50 Fe’l+fe’l shaklidagi qo’shma fe’llarni toping. A) olib qochmoq,ishlab chiqarmoq B) sotib yubormoq,o’ylab qolmoq C) isib ketdi,yozib bordi D) quvonib keldi,shoshilib qo’ydi 8 / 50 Fe’lning mayli ko’chgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Otam bordilar B) Sizga nima bo’ldi, amaki? Signal berdim, eshitmadingiz C) Hammasini bilasan, lekin imtihonda shoshib qolasan D) Yomg’ir to’xtasin, yo’lga chiqamiz 9 / 50 Endilikdama’lumki o'simliklar asosiy ozuqani quyosh nuri va havodan oladi. Ushbu gapdagi ot so‘z turkumiga mansub so'zlar soni qancha? A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta 10 / 50 Quyida berilgan she’rda nechta ot turkumiga mansub so’z qo’llangan? O’zbekiston – go’zal diyor, Saodatga mehnati yor,O’zgacha bir hikmati bor, Halollikka aytar alyor. A) 7 ta B) 8 ta C) 5 ta D) 6 ta 11 / 50 Qaysi qatordagi gapda III shaxs buyruq maylidagi fe’l bilan ifodalangan kesim II shaxs ma’nosida qoilangan? A) Nega topshiriq bajarilmadi? B) Bu yerda chekilmasin. C) Hamma paxta terimiga! D) Oling qo‘lingizni. 12 / 50 Fe’llarning І va ІІ shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi ? ІІІ shaxs-chi ? A) ІІІ shaxsda shaxs ma’nosini ifodalovchi maxsus shakl yo’q. B) ІІІ shaxsdagi zamon qo’shimchasi shaxs ma’nosini ham ifodalaydi. C) –lik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi D) –lar ko’plik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi 13 / 50 Xabar maylidagi fellarni ko’rsating . A) Olunguncha ,chiqdi ,o’qisin B) Yozmoqchi, kelyapdi, olmoqda C) Ketgan, uxlayapdi, bajarmoqda . D) Topilgan ,kelsa ,olingach. 14 / 50 Buyruq mayli nechanchi shaxsda belgisiz keladi? A) II shaxs birlikda B) III shaxs birlikda C) I shaxs ko‘plikda D) II shaxs ko'plikda 15 / 50 Buyruq-istak maylidagi fe’llarning qaysi birida istak ma’nosi bo’lmay, faqat buyruq mavjud bo’ladi? A) I shaxs birlik va ko’plikda B) 2 va 3 shaxslarda C) IIIshaxsda D) II shaxsda 16 / 50 Buyruq maylidagi so’zlar qaysi javobda to’liq berilgan ? A) borayin ,ketaylik,olsin B) o’qisin ,beringiz ,ketamiz C) to’qigin ,ishlasak ,aytmayman D) so’zla ,tuzlang ,gapirsam 17 / 50 Buyruq istak maylidagi fe’llar qatorini toping A) bildirmoqchi ,chaqirmoqchiman ,ishlamoqchiman B) isidi,ketadi,o’qiyapti C) ishlay ,boraylik,aytsin D) o’qisam,borsak, ko’rmasa 18 / 50 Qaysi gapda egalik qo’shimchasi harakat bajaruvchisining shaxsi va sonini ifodalagan? A) Birdan Bo’taboyning jahli chiqib ketdi B) To’ra ko’zidan tilla oyangini olib, stol ustiga qo’ydi C) Kechasi bilan yomg’ir tinmay quydi D) Bo’zchi bilganin to’qir 19 / 50 Ko‘chada, xiyobonlarda baqir-chaqir, yugur-yugur, ur-yiqit boshlanib ketgan edi. Ushbu gapdagi otlar sonini aniqlang. A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 20 / 50 Buyruq istag maylidagi fel ishtirok etgan gapni aniqlang A) Bo’ridan qo’qqan o’rmonga kirmaydi B) Dushmanning kulgani siringni bilgani C) Birliksiz kuch bo’lmas D) Dushmandan qo’qma mushofirdan qo’rq 21 / 50 Shart ma’nosi qaysi gapda ifodalangan? A) U ertaga qishloqqa qaytsa kerak. B) Ulgursam, kitobni shu kecha tugataman. C) She’r o‘rnida qo‘lingizga gullar tutsam qaniydi. D) Garchi shuncha mag‘rur tursa ham, Piyolaga egilar choynak. 22 / 50 Buyruq istak mayliga xos to’g’ri ta’rifni toping A) payt va istak ma’nolarini anglatadi B) harakatning bajarilish paytini bildiradi C) so’zlovchining istagi bilan bog’liq holdagi undash ,shu harakatga da’vat etish ,qo’zg’atish ma’nosini ifodalaydi D) harakatning bajarilish bajarilmasligini ifodalaydi 23 / 50 Qisqartma so’zlar yasash qaysi so’z turkumlariga xos? A) faqat sifatga B) faqat otga C) Barcha so’z turkumlariga D) ot, sifat, fe’l turkimlariga 24 / 50 Hayotiy tajribalar va olimlaming xulosalari shundan dalolat bennoqdaki, odamzod dunyoga kelib neki topgan bo'lsa, hayo va ibo tufayli, neki yo'qotgan bo'lsa, hayosizlik va ibosizlik tufaylidir. Berilgan gapda ot turkumiga mansub nechta so'z qo'llangan? A) 8 ta B) 10 ta C) 9 ta D) 7 ta 25 / 50 Ertaga yomg’ir yog’sa kerak. Ushbu gapdagi shart mayli fe’li qanday ma’no ifodalayapti? A) gumon B) taajjub C) orzu - istak D) xabar 26 / 50 Yo’q, demang, aka. Biz ham tushunadigan odammiz. Xafa qilmaymiz, -Alimardonning o’ylanib turganin o’zicha tushundi. Ushbu gapda ostiga chizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to’g’ri hukmni aniqlang A) I shaxs ko’plik g`akli III shaxs birlik ma’nosida B) I shaxs ko’plik shakli II shaxs ko’plik ma’nosida C) I shaxs ko’plik shakli II shaxs birlik ma’nosida D) I shaxs ko’plik shakli I shaxs birlik ma’nosida 27 / 50 Otlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi? A) kim? nima? B) kim? nima? qayer? C) kim? nima? qayer? qaysi? D) kim? nima? qaysi? 28 / 50 Qaysi gapdagi fe'lning shaxs va son ma'nosi ko'chmagan? A) Kamina sizdan uzr so'raydi. B) Qani, mehmon, kelsinlar, kelsinlar! C) Keling, do'stim, to'rga o'ting! D) (O'qituvchi nutqidan) Bolalar, hozir diktant yozamiz. 29 / 50 Qaysi gapda buyruq-istak maylidagi fe’l qatnashgan ? A) Odam qahrlansa, bilimsiz bo’ladi, jahl kelsa, aql ketadi . B) Men unga ariqlarni tozalab qo’yishni. gulzorga suv quyishni buyurdim . C) Kabob uchun shaxardan zira-piralarni ham olib chiqib qo’ydik D) Kel, do’stim, yuragimni senga ochay . 30 / 50 Qaysi qatorda ot turkumiga mansub ma’nodosh so’zlar berilgan? A) keksa, mo’ysafid, qari B) kasallik, xastalik, bemor C) qiyinchilik, mashaqqat, zahmat D) oydin, ravshan, 31 / 50 Ichkari tarafdan keksa bir xodima — eshikochar xola ko'rinib, Gulshanga salom berdi va "Xush keldilar!" - dedi. Ushbu gapda ostiga ehizilgan birlikning shaxs-soni haqida ifodalangan to'g'ri hukmni aniqlang. A) III shaxs birlik shakli III shaxs ko'plik ma'nosida B) III shaxs ko'plik shakli III shaxs birlik ma'nosida C) III shaxs ko'plik shakli II shaxs birlik ma'nosida D) III shaxs ko'plik shakli II shaxs ko'plik ma'nosida 32 / 50 Xabar mayli shart mayli o'rnida qo'llangan gapni aniqlang. A) Kuling, do'stlar, umringiz uzoq bo'ladi. B) Awal qarzingni to'laysan, keyin aka-ukachilik bo'ladi. C) Biz ishlaylik-da, siz dam oling -shunaqami? D) Va'da berdingmi, bajar. 33 / 50 Ajdodlarim yotgan xokni, Bermagayman hech qachon! Bu zaminning har zarrasi, Qalbimga ildiz otgan. Ushbu she’riy parchada xabar maylidagi nechta fe’l mavjud? A) 2 ta B) Mavjud emas. C) 1 ta D) 3 ta 34 / 50 Qaysi qatorda shaxs – son shakllarining xususiyatlari noto’g’ri ko’rsatilgan? A) harakat va holatni bildiruvchi shaxsni ko’rsatadi. B) ismlarni kesimlik shakliga xoslaydi C) fe’lni kesim sifatida shakllantiradi D) fe’l-kesimni ega bilan bog’lab keladi. 35 / 50 Shart maylidagi fe’llarni toping A) ochilsa,ko’rsangiz ,sezmasak B) unutma ,uyg’otma,shoshilmaylik C) tozalaysan ,yig’ishtirasan ,tushuntirasan D) ketmoqdaman ,kuzatmoqdamiz,foydalanmoqdamiz 36 / 50 Murakkab otlarning qaysi biri ikki xil so’z turkumidan tashkil topishi mumkin A) qo’shma juft va takror otlar B) qo’shma va juft otlar C) faqat juft otlar D) faqat qo’shma otlar 37 / 50 Ot turkimiga oid so’zlar nutqda har doim qanday shaklda bo’ladi A) egalik shaklini olgan holda va birlik yoki ko’plik shkl;ilida B) birlik yoki ko’plik shaklida C) qaydir kelishik shaklida D) qaysidir kelishik shaklida va birlik yoki ko’plik shaklida 38 / 50 Qaysi gapdagi fe'l shaklan birinchi shaxsni, mazmiman ikkinchi shaxsni ifodalagan? A) Ishi o'ngidan kelarmikan, deb o'ylanib qoladi kishi. B) Shunaqa narsa bilan hazi! qiladimi odam? C) Bu borada kamina azr so'raydi, D) Qani, bolalar, yozamiz. 39 / 50 Shart mayliga orzu-istak ma'nolarini qo'shadigan vositalar berilgan javobni toping. A) emas B) kerak C) edi, ekan D) lozim 40 / 50 Shart mayli edi , ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma’nolarni bildiradi? A) orzu – istak B) xabar C) buyruq - istak D) taxmin – gumon 41 / 50 Qisqartma otlar qanday tuziladi A) Har bir so’zning bosh harflaridan B) A,B,C C) Har bir so’zning bosh qismlaridan D) Birinchi so’zning bosh qismi, keyingi so’zlarning bosh harflaridan 42 / 50 Bir turdagi narsa, voqea-hodisa harakat-holat, o’rin-joylarning birini yoki umumiy nomini bildirishiga ko’ra otlar qanday tasniflanadi? A) Kishi otlari, narsa otlari B) Mavhum otlar, aniq otlar C) Qavm-qarindoshlik otlari kasb-ko’riga ko’ra shaxs otlari D) Turdosh otlar, atoqli otlar 43 / 50 Juft otlar qanday asoslardan tarkib topadi? 1 bir-biriga yaqin mа’noli asoslardan; 2 bir-biriga qarama-qarshi та ’noli asoslardan; 3 bir-biriga shakldosh asoslardan. A) l,3 B) 1,2 C) 1,2, 3 D) 2, 3 44 / 50 Xabar mayli qanday shakllanadi? A) fe’l asosiga hech qanday qo’shimcha qo’shmagan holda B) fe’l asosiga sifatdosh va harakat nomi qo’shimchalari qo’shish orqali C) fe’l asosiga zamon va shaxs - son qo’shimchalarini qo’shish orqali D) fe’l asosiga ravishdosh va sifatdosh qo’shimchalarini qo’shish orqali 45 / 50 Shart maylidagi fe’llar ,kerak so’zi bilan birga qo’llanganda qanday ma’noni anglatadi? A) bajarilishi shart bo’lgan ish harakatni B) istak ma’nosini C) maslahat D) faraz 46 / 50 Nimadeysan, eyg'ayurinson? G'iybatlaring qildi meni qon. Sen ham bir kun o‘tarsan, inon, Mehr qolur, muhabbat qolur. Ushbu she’riy bandda kelasi zamon xabar maylidgi nechta fe’l mavjud? A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta 47 / 50 Juft otlar qanday so’zlardan tuzilishi mumkin A) sinonim va antonim so’zlardan B) A va B C) ko’chma ma’noli so’zlardan D) ma’nolari yaqin so’zlardan 48 / 50 Ot turkumiga xos gramatik ko’rsatgich ( kategoriya) lar qaysi javobda berilgan? A) bo’lishli va bo’lishsizlik B) daraja,nisbat C) kelishik,son,egalik D) mayl,zamon,nisbat,shaxs,son 49 / 50 Shaxs va son ma’nosi ko‘chgan fe’l qaysi qatorda qo’llanmagan? A) Aka, yana qachon kelasiz? B) Kamina o‘zini baxtli sanaydi. C) lye, mehmon, kelsinlar, kelsinlar. D) Ba’zi gaplarini eshitib, yoqa ushlaysan. 50 / 50 Shart maylidagi fe’l qatnashgan gapni toping. A) O’quvchilar bu gapni qiziqish bilan eshitdilar B) Akam institutning sirtqi bo’limida o’qiyapti C) Onam qo’shiq aytishni yaxshi ko’radi D) Olim bo’lsang, olam seniki 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili