6-sinf Ona tili №8 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №8 ga fikr bildirilmagan. 2 6-sinf Ona tili №8 FE’LLARNING ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARI O’TGAN ZAMON SHAKLLARINING YASALISHI O’TGAN ZAMON SHAKLLARIDA TO’LIQIZ FE’LNING ISHLATILISHI KELASI ZAMON SHAKLLARI MAYL SHAKLLARI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Olimlar kompyuterni inson miyasidan andaza olib yaratgan . O’ylaydi Hisob –kitob qiladi .Muammolar yechadi .Xulosa chiqaradi .Eslab qoladi …Faqat kompyuterning insondan bitta ustunligi bor :keraksiz axborotni xohlagan paytda xotirasidan o’chirib tashlash mumkin ... Odam esa yomon xotiralarni miyasidan o’chirib tashlolmay aziyat chekadi …( O’ Hoshimov ) Yuqoridagi matn matnning qaysi turiga mansubligini aniqlang . A) tasviriy matn B) rivoyat matn C) hikoya matn D) muhokama matn 2 / 50 Quyidagi so'zlarning qaysisi uchta ma'noli qismlarga bo'linmaydi? A) sevinch B) sog’inch C) yupanch D) o'tinch 3 / 50 Fe’llar tuzilishiga ko’ra qanday turlarga bo’linadi? A) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, takroriy fe’llar B) ) sodda fe’llar, qo’shma fe’llar, yasama fe’llar C) sodda fe’llar, qo’shma fe’lar, juft fe’llar,takroriy fe’llar D) sodda fe’llar va qo’shma fe’llar 4 / 50 Qaysi qatordagi gapda majhul nisbatdagi fe’l ishtirok etgan ? A) Uylar ,klublar ,kutubxonalar qurildi B) Tiniq ko’kda oq bulut parchalari ko’rindi C) O’qituvchimiz ko’rsatmasi bilan safga tizildik D) Erkin yosh havaskorlar to’garagiga yozildi 5 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi B) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. C) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi D) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. 6 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida hosil qilinadi ? A) –ma ,-(i)sh ,-(i)b B) edi ,emish ,emas,ekan C) yo’q ,emas,-ma ,-mas D) –magan ,_maydigan ,ekan 7 / 50 Davlat o’zbek tilining boyitilishi va takomillashtirilishini ta’minlaydi ,shu jumladan ,unga hamma e’tirof qilgan ilmiy-texnikaviy va ijtimoiy -siyosiy atamalarni joriy etish hisobiga ta’minlaydi .( O’bekiston Respublikasi “Davlat tili haqida”gi Qonunining 7-moddasi) Ushbu gapda nechta yasama fe’l ishtirok etgan? A) 3 B) 6 C) 5 D) 4 8 / 50 -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni bildiradi? A) Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi . B) Harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtida yuz berishini bildiradi . C) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi . D) So’zlovchining o’zi o’tgan zamonda bevosita ko’rgan harakat va holatni bildiradi 9 / 50 Ovqatni yedig-u, meni uyqu bosdi: - Dada, keling, uxlaylik. Berilgan gapdagi fe’llar qanday mayl shakllarida pkanini aniqlang. A) 1 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida B) 2 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak, 1 tasi shart maylida C) 3 tasi xabar, 1 tasi buyruq-istak maylida D) 2 tasi xabar, 2 tasi buyruq-istak maylida 10 / 50 O’tgan zamon shakllaridan qaysi biri so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatini ifodalaydi ? A) –di B) –a(r) C) -(i) b D) –gan( -kan,qan) 11 / 50 Qaysi so’z birikmalarida hozirgi zamon sifatdoshi mavjud ? A) tug’ilgan chaqaloq B) yurayotgan mashina C) oqar so’z D) ishlagan bola 12 / 50 0‘tgan zamon fe’lining qaysi shakli ilgari ro‘y bergan harakat va holatning so'zlovchi tomonidan eshitib bilinganini ifodalaydi? A) - di, -b(-ib) B) -di C) -gan (-kan, -qan) D) -b (-ib) 13 / 50 So’zlovchining istagi ,da’vati ,chaqirig’i ,buyrug’i kabi ma’nolarni ifodalash uchun qaysi fe’l shakli qo’llanadi ? A) shart mayli B) xabar C) buyruq istak mayli D) maqsad mayli 14 / 50 Fe’lning zamon, shaxs-son qo’shimchalarisiz qismi qaysi maylni ifodalaydi? A) І shaxs xabar maylini B) ІІ shaxs buyruq - istak maylini C) І shaxs buyruq - istak maylini D) ІІІ shaxs buyruq - istak maylini 15 / 50 Quyidagi shakllardan qaysi biri kelasi zamon hosil qiladi ? 1-(a ) y ; 2 –(a) r 3 –di 4 –moqda 5 –ajak 6- gandi 7- moqchi A) 2,3,6,7 B) 1,2,5,7 C) 1,4,5,7 D) 3, 5,6,7 16 / 50 Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) –qan B) –mas C) –ayotgan D) –ydigan 17 / 50 Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning qanday qo'shimchalari qo'shiladi? A) -у, -ar B) -y, -r C) -s, -y, -ar D) -a, -ar 18 / 50 Notiq so’zini tugatadi (qarsaklar) Hamma o’rnidan turadi. Ushbu gapdagi fe'l zamonini aniqlang. A) o’tgan zamon fe'li. B) hozirgi zamon davorn fe'li. C) kelasi zamon fe'li. D) hozirgi keiasi zarnon fe'!l 19 / 50 Ibrohimjonning ovozida zarracha shikoyat oxangi yo’q edi. Aksincha, u alohida g’urur bilan gapiradi. Ushbu gapdagi fe’l qaysi zamon ma’nosini ifodalagan? A) o’tgan zamon B) kelasi zamon C) hozirgi va kelasi zamon D) hozirgi zamon 20 / 50 Uzoq o’tgan zamon fe'lini hosil qiluvchi qo’shimchalar qaysl javobda to’liq berilgan? A) -moqchi edi, -yapman, -adi. B) edi, -ar edim. -mas edi. C) -di, -gan, -b edi. D) -gan, -kan, -qan, -gan edi 21 / 50 Kelasi zamon fe’llari yasaydigan qo’shimchalarni aniqlang A) -a, -y, -a (-r) B) -di, -ib C) -a, -yotib D) -yotir, -moqda 22 / 50 Kelasi zamon fe'llan qaysi javobda to’gri berilgan A) kuzatdilar. ko radllar, tushayapti. B) kurashmoqda, uxlamoqchi, yozganmiz. C) bormoqda, aytmoqchi edi, o’ylayapman D) so’zlamoqchi, keladigan bo’ldi. kutarman 23 / 50 aysi gapda ikki to‘liqsiz fe’l ketma-ket qo‘llangan? A) Bor ekan-da yo‘q ekan, och ekan-da to‘q ekan. B) Beshta yanga yig'ilib, bitta ona bo‘lolmas. C) Garchi jafo emaskan, Oshiq: “Kuydim”, - demaskan. D) Derlar: “Orzuga ayb yo‘q”, Meni sevib qolsayding. 24 / 50 -m, -ng, -k qo’shimchalari qaysi zamon shakllaridan so’ng qo’shiladi? A) sifatdosh shaklidan so’ng B) ravishdosh shaklidan so’ng C) o’tgan zamonninng -di hamda kelasi zamon shart mayli -sa shaklidan so’ng D) sof fe’l va ravishdosh shaklidan so’ng 25 / 50 Inson tirik ekan, hech qachon umidsizlanmasligi kerak? Ushbu gapda to`liqsiz fe’l qaysi turkumga oid so`z bilan birga qo`llangan. A) sifat. B) son C) ot D) ravsh 26 / 50 Fe'l asosiga zamon va shaxs-son qo'shimchalarini qo'shish bilangina hosil qilinadigan fe'l maylini ko'rsating A) A va B. B) shart C) buyruq-istak D) xabar mayli 27 / 50 Qaysi qo’shimchalar so’zlarga zamon qo’shimchalaridan keyin qo’yilishi mumkin? A) shaxs-son, mayl B) shaxs-son, bo’lishsizlik C) shaxs-son, nisbat D) faqat shaxs son 28 / 50 Qaysi gapda kelasi zamon fe’li qatnashgan ? A) Lekin ko’chada qatnov,qiy-chuv brogan sari kuchaymoqda B) Kelinbuvim ukalarim bilan uyga qaytdi C) Tolibjon gapning ma’nosini darrov tushundi D) Oddiy haqiqatni kimga isbot etmoqchisan 29 / 50 Kelasi zamon ma'nosini ifodalagan boshqa zamon fe'li qatnashgan gapni toping. A) U Buxoroga oqishga borar ekan. B) O’shanda birga sayr qillmoqchi bo’ldik. C) Nargiza musavvir bo’lgani o’qibdi . D) O’sha yerda ishlab yuribman. 30 / 50 Hozirgi zamon fe'llarning talaffuzi yozilishidan farq qiladigan qo’shimchasi berilgan javobni toping. A) -yotib B) -yap C) -yotir D) B,C 31 / 50 Quyidagi zamon hosil qiluvchi qo'shimchalardan qaysi biri harakat yoki holatning takrorlanuvchanligini ifodalaydi ? A) -gan B) -di C) -gandi D) -ardi 32 / 50 di qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’no bildiradi? A) ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi B) harakat va holatni ilgariroq bajarilganini C) harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi D) so’zlovchining bevosita o’zi ko’rgan harakat va holatni bildiradi 33 / 50 So'zlovcliining bcvosita o'zi ko'rgan harakat va holatni bildiradigan o'tgan zamon ishaklini yasovchi qo'sliimcha berilgan javobni-toping. A) -di B) -ib C) -gan D) -b 34 / 50 Kelasi zamon fe’li qatnashgan gapni toping . A) –Yaxshi tush ko’ribsan , -dedi oyisi . – Demak, uyga mehmon kelayotir . B) Kecha qarasam, tog’ang bilan ketayotgan ekansan . C) Qushlar sovuq tushishi bilan issiq o’lkalarga uchib ketadi . D) Men Sharqdan kelayotirman . 35 / 50 O’tgan zamon fe’li qatnashgan gapni toping. A) Maktabga boray, Siz aytgan narsani topay, keyin aytaman . B) Sen ko’rmayapsan, oshna, oy botib, yulduzlar birin-ketin so’nib borayapti . C) Daryoning suvi ko’paysa, baliqning chiqishi oson bo’ladi . D) Sinf rahbarimiz Hasan aka menga bildirmay G’anini uyga yuboribdilar. 36 / 50 Kelasi zamon fe’lining gumon, taxmin ma’nolari qaysi gapda mavjud? A) Ertaga mashina kelar, kelmasa yo’lga chiqmayman . B) Dalaga suv chiqarganman, ekinlar gurkirab, yashnab ketadi . C) Kunlarning sanog’ini bilmay qolasan . D) Mening akam kollejda o’qiydi. 37 / 50 So’zlovchining gapirayotgan onidan avval bajarilgan ish harakat.... oid bo’ladi. A) kelasi zamon. B) o’tgan zamon C) payt ravishdoshi D) hozirgi zamon. 38 / 50 Qaysi gapda fe’lning zamon ma’nosi ko’chgan? A) Nasiba o’qishga kirish uchun hujjat topshiryapti. B) Bolalar bog’da yosh nihollarni parvarish qilyapti. C) Yuqoridagi gaplarda fe’lning zamon ma’nosi ko’chmagan . D) Zamon zamonligini qilmoqda. 39 / 50 Fe’l va fe’l bo`lmagan so`zlar bilan qo`llanilib turli ma’nolar ifodalovchi yordamchi vazifalarda qo`llanuvchi fazifalarda qo`llanuvchi fe’llar qanday nomlanadi? A) ko`makchi fe’llar B) harakat nomi C) mustaqil fe’llar D) to`liqsiz fe’llar 40 / 50 Shaxsi va mayli ko’chgan holda qo’llangan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan ? A) Olimjon akam keldilar . B) Biz G’irvonga A.Qodiriy izidan keldik , U kishi bundan 40 yil ilgari ocherk yozish uchun shu yerga kelgan ekanlar C) Qani yozamiz ,bolalar . D) Kechirasiz,sizni birinchi ko’rishim ,kolzozga yaqinda keldingizmi ? 41 / 50 Fe’l asosiga zamon va shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan shakllanadigan maylni belgilang. A) shart B) buyruq-istak C) xabar D) Barcha fe’l mayallarya zamon va shaxs-son qo’himchalarini qo`shish bilan shakllanadi. 42 / 50 Qaysi qatorda qo’shma fe’l hozirgi zamonda? A) Barglar sarg’ayib to’kilmoqda B) Yomg’ir tobora kuchayib borayotir C) Shamol kuchayib ,daraxtlarning shoxlarini egib borayotir D) Majnuntol suvga egilib salom berayotir 43 / 50 So’zlovchining so’zlayotgan vaqtdan so’ng bajariladigan ish…. A) kelasi zamon. B) o’tgan zainoa. C) hozirgi zamon. D) fe’l mayli 44 / 50 Fe’lning qanday mayl shakllari mavjud? A) xabar, istak va shart mayli B) xabar, buyruq-istak va shart mayli C) xabar, buyruq va istak mayli D) buyruq, xabar va shart mayli 45 / 50 Fe’lning mayli ko’chgan gap qaysi qatorda berilgan? A) Yomg’ir to’xtasin, yo’lga chiqamiz B) Hammasini bilasan, lekin imtihonda shoshib qolasan C) Sizga nima bo’ldi, amaki? Signal berdim, eshitmadingiz D) Otam bordilar 46 / 50 Boshqa bir harakat va holatning bajarilishi yoki bajarilmasligi uchun shart bo’lgan harakat va holat, shuningdek, istak-xohishni bildiradigan fe’l shakli ... A) shart mayli B) buyruq-istak va shart mayli C) buyruq-istak mayli D) xabar mayli 47 / 50 Fe’l o’zagi hech qanday grammatik ko’rsatkichlarsiz qo’llansa ,ular qaysi mayldagi fe’llar hisoblanadi A) buyruq –istak B) maqsad C) shart D) xabar 48 / 50 To’liqsiz fe’lning qisqargan shakli ishtrok etmagan gapni toping? A) O’g’limning bu ishlaridan faxrlandim B) Ayol yuziga rumolini tushurib piq-piq yig’larmish C) Cholning ikki ko’zidan o’t chaqnardi D) Mehmonni kutishga bozorlik qilib qo’ygandim 49 / 50 Fe’l asoslariga -di, -b, -gan qo’shimchalarini va ulardan so’ng shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish bilan qanday birlik hosil bo’ladi? A) kelasi zamon shakllari B) buyruq –istak mayl shakllari C) hozirgi zamon shakllari D) o’tgan zamon shakllari 50 / 50 Bir kun qarasam, darchani buzaman deb bolta ko’tarib kelayotibdi Gapda qaysi zamon ma'nosi ifadalangan. A) hozirgi kelasi zaraon leli. B) kelasi zamon fe'ii. C) o’tgan zamon fe'ii. D) hozirgi zamon fe'li. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili