6-sinf Ona tili №17 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №17 ga 1 fikr bildirilgan 3 6-sinf Ona tili №17 MIQDOR –DARAJA RAVISHLARI MUSTAHKAMLASH FE’L BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH OT BO’YICHA O’TILGANLARNI TAKRORLASH Mavzular yuzasidan testlar 1 / 55 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) yopiq bo’g’inga B) berkitilgan bo’g’inga C) ochiq bo’g’inga D) berkitilmagan bo’g’inga 2 / 55 Tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimchasi mavjud bo'lgan so'zni toping A) chanqoq B) isitma C) ozroq D) shildiroq 3 / 55 Mehnatdan kelsa boylik, turmush bo’lar chiroyli. (Maqol) Gapdagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar soni qaysi bandda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta 4 / 55 Birgalik nisbat shaklidagi fe’lni aniqlang A) birlashmoq B) bellashmoq C) kuylashmoq D) do’stlashmoq 5 / 55 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –gan ,-moq ,-moqchi B) –ar ,-mas ,-yotgan C) –gach ,-gani ,-qach D) –(i)b, -a ,-y ,-gan 6 / 55 Qaysi qatordagi gapda ravishdosh yasovchi qo’shimcha yetakchi fe'l bilan ko’makchi fe'lni bog’lashga xizmat qilgan ? A) Usta Alim qo’shnisining yerini sotib oldi. B) Sayohatchilar qorong’u tushguncha yetib oldilar. C) Dadasi yangi uy pchun kerakli jihozlarni olb keldi. D) Sarvar devordan oshib tushdi . 7 / 55 Fe’lning munosabat shakllariga qaysilar kiradi? 1.zamon shakli 2.mayl shakli 3.shaxs-son shakli A) 1, 2, 3 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 2 8 / 55 Hozirgi zamon sifatdoshi hosil qiluvchi qo’shimchani toping. A) –mas B) –ydigan C) –ayotgan D) –qan 9 / 55 Fe’llarning І va ІІ shaxsi maxsus shakllar orqali ifodalanadi ? ІІІ shaxs-chi ? A) –lik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi B) ІІІ shaxsda shaxs ma’nosini ifodalovchi maxsus shakl yo’q. C) –lar ko’plik qo’shimchasi ІІІ shaxs ma’nosini ifodalaydi D) ІІІ shaxsdagi zamon qo’shimchasi shaxs ma’nosini ham ifodalaydi. 10 / 55 Qaysi gapda yasama shaxs otlarining miqdori ko’proq? A) Uloqchilargina emas, hatto otlar ham bu tortishuvning zavqini anglagandek, shavq bilan chopadi. B) Aravakash mo'mingina, muloyim, kamgap kishi. C) Baqqollar, nosvoychilar, samovarchilar issiqdan garang. D) Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. 11 / 55 Yasama sifat qatnashgan gapni toping. 1.Otin bibi qari, jiddiy, savlatli xotin. 2.Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 3.U yo’lni piyoda bosib o’tdi. 4.Oqqo’rg’onning anjir va uzumlari hil-hil pishdi. A) 2,3,4 B) 1,2,3 C) 1,2 D) 1,2,3,4 12 / 55 Orttirma darajadagi sifatlar berilgan qatorni toping. A) yam-yashil, chiroyliroq, nim pushti. B) sarg’ish, ko’kimtir, qoramtir. C) yumshoqqina, och yashil, to’q ko’k. D) g’irt yolg’on, hammasidan kichik, biram yoqimli. 13 / 55 Ki hisob ichra bor edi o’n lak, Har laki o’n tuman kelib beshak (Navoiy). Navoiyning misralarida qo’llangan bir lak nechaga teng. A) yuz B) ming C) million. D) yuz ming 14 / 55 Ruxsat bersangiz, oilamiz haqida ham... og‘iz so'zlabo‘tsam. Nuqtalar o‘rniga qanday son mos kelishi mumkin? A) taqsim son B) jamlovchi son C) chama son D) dona son 15 / 55 Qaysi qatorda butunning,, guruhning yoki to'daning qismini hisoblash uchun ishlatiladigan so‘zlar keltirilgan? A) og‘iz, luqma, siqim, tilim, quchoq B) burda, para, karch, chimdim, dasta C) tomchi, qatra, nimta, qultum, hovuch D) to‘g‘ram, poy, bo’lak, shingil, chaqmoq 16 / 55 Musobaqa g’olibi minbararga ko’tariladi (qarsaklar) Mustaqil (O’zbekiston madhiyasi yangraydi. Ushbu gapdagi fe'l zarnonini aniqlang. A) hozirgi zamon fe'li. B) o’tgan zamon fe'Ii. C) hozirgi kelasi zamon fe'li. D) kelasi zamon fe’li. 17 / 55 Qaysi qatorda ko’makchi fe’llar berilgan? A) sotib olmoq, bunyod qilmoq B) tarbiya qilmoq, chirs etmoq C) o’qiy boshlamoq, o’qib chiqmoq D) borib kelmoq, oshib tushmoq 18 / 55 Ravish turkumiga oid so’z qatnashgan gapni toping A) …teraklarning bo’ylari balandroq ,adlroq ko’rinadi B) Qudrat unga xatni o’qitdi ,so’ng tortinibgina so’radi C) Bu xatlarga samimiy ,insoniy ,tuyg’ular bitilgan edi D) Saida bo’lib o’tgan hangomalarni kula –kula gapirib berdi 19 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Sayohatchilar yana yuqoriga ko’tarilib qarag’ayzor va archazorga yetdilar B) Birniki mingga ,mingniki tumanga C) Oldingdan oqqan suvning qadri yo’q D) Kecha havo bulut bo’lib ,kun bo’yi yomg’ir yog’di 20 / 55 Bajaruvchining harakat va holat jarayonida qay darajada ishtirok etishini bildiruvchi fe’l shakllari nima deb ataladi? A) fe’l mayli shakllari B) fe’lning nisbat shakllari C) fe’lning harakat tarsi shakllari D) fe’lning ma’noviy shakllari 21 / 55 Darja -miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Fidokorona mehnat qilayotgan odam doim niyati tomon intiladi B) Ulg’aygach kashfiyotlar qilamiz ,kurashamiz va g’alaba qozonamiz C) Eshik sal ochildi D) Maqsadimiz –tinch yashash ,o’qish va baxtli bo’lish 22 / 55 Qaysi gapda qiyosiy darajadagi ravish ishtirok etgan? A) Munira Akramning kelayotganini ko’rib, qadamini tezlatdi . B) Bu yil O’zbekiston mexanizatorlari juda ko’p paxta terdilar. C) U dalada ishlab, juda-juda charchadi . D) Majlisga Karimning otasi oldinroq keldi . 23 / 55 aqindan musiqa ovozi eshitildi Ushbu gapda qatnashgan ravishni aniqlang A) ovozi B) musiqa C) yaqindan D) eshitildi 24 / 55 Daraja-miqdor ravishi ishtirok etgan gapni toping A) Oldinda Sirinbuloq qihlog'i butun bo'y basti bilan yastanib yotardi B) Uzoqdan kelgan mehmonlar chaqiriiib katta ziyofat berilibdi? C) Ko'p yaxhi o'ylabsiz ammo saltanatingiz uzoqqa bormasa kerak D) Kun kech bo'ldi .Ertaga erta bilan yo'lga chiqamiz 25 / 55 Qaysi qatorda holat ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) musiqa -tingach. qorong'u tuhmmcha B) ko rgani bormoq gaplashgani to'planganmiz. C) suvga tikilgancha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq D) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi 26 / 55 Orttirma nisbat shaklidagi fe’llarni hosil qiluvchi qo’shimchalarni belgilang A) –n ,-in B) –sh ,-ish C) –l ,il D) –dir,-giz,-t 27 / 55 –lar qo’shimchasi qaysi qatorda ma’noni kuchaytirish uchun xizmat qilgan A) ….”o’rta “ baho oldilar ,shekilli B) O’rtangan shirinlarning fojialari ,yor vaslini biyobonlardan izlagan majnunlarning sarguzashtlari xayolimda C) Sizga qarab ,zavqlarim toshib ketdi D) Do’konlarda unlar va yog’lar sotilmoqda 28 / 55 Faqat ravishlar berilgan qatorni aniqlang. A) tiklab, pag’alab , mo’ylab B) haftalab ,kilolab ,saharlab C) o’nlab ,yuzlab ,minglab D) uyalab , boshlab , matlab 29 / 55 Miqdor-daraja ravishlari berilgan qatorni aniqlang . A) ataylab, jo’rttaga, qasddan B) ancha, ko’p, xiyol C) qatorasiga, yonlamasiga, tikkasiga D) hamon, hanuz, hamisha 30 / 55 Qaysi qatordagi gap tarkibida o’zlik nisbati shaklidagi fe’l mavjud ? A) Biz ajdodlarimiz bilan faxrlanamiz B) O’ksinib ,xo’rsinib yig’lar yuragim C) Bolalar hikoyani zavqlanib tingladilar D) Yigit bo’lib o’tgan voqealarni o’kinib so’zlab berdi 31 / 55 Qaysi bandda berilgan gapda miqdor-daraja ravishi ishtirok etmagan? A) Suyunib cho‘ntagiga solib, biroz yuribdi. B) Mehmondorchilik tugagach, u uzundan-uzun duo qilib o‘rnidan turibdi. C) Ikkita tuxum topib olibdi. D) Dehqon: «Hay, mayli, ustki qismi oz boisa ham bizga qola qolsin», — dedi. 32 / 55 Ko’z va lab so'zlariga qo'shilgan -lar qo'shimchasi qanday ma'noni ifodalaydi? A) hurmat B) kuchaytirish C) ko'plik D) umumlashtirish 33 / 55 -lar qo’shimchasi taxmin ma'nosini anglatgan gapni aniqlang. A) Qishloqqaham o’n chaqirimlar bor. B) Karimlar uylariga endi ketishdi. C) Oyoqlarim zirqirab og’riyapti. D) Oyimlar ancha kech qaytdilar. 34 / 55 Qaysi gapda -lar qo‘shimchasining umumlashtirish ma’nosini anglatishiga misol keltirilgan? A) Nigora Saidlamlkiga kirganda uyning chiroqlari yoqilgan edi. B) Barcha hayvonlar o‘z ov qilish usuliga ega. C) Ko'zlarim hali harf tanimas edi, qalam ushlolmasdi hali qo'Ilarim. D) Ey farzandlar- g'unchalar! Sizga mehrim shunchalar. 35 / 55 Sifadosh qatnashgan gapni toping A) Oyqiz keksa bog’bonning yelkasidan ushlab ,mehribonlik bilan o’tkazdi B) Rashanlik tilning asosiy fazilati hisoblanadi C) Sabr qiling ,hurmatli kitobxon ,oldin qishloq bilan tanishaylik D) Men o’ylaymanki,bugungi kun sizning hayotingizda o’chmas iz qoldiradi 36 / 55 Miqdor-daraja ravishi qatnashgan gapni aniqlang . A) Uzoqdan – kunbotish tomondan, g’ira-shira uchqun ko’rinib qoldi . B) Chol va kampir behad sevinishibdi . C) Oldinda Shirinbuloq qishlog’i butun bo’y basti bilan yastanib yotardi . D) Orqasiga qarasa, uzoqdan bir ho’kiz uni to’xtovsiz chaqirib kelyapti. 37 / 55 Mana shunday sharoitda har jihatdan bilimdon va til biladigan kishini ko'rsangiz, og‘zingiz ochilib qolishi turgan gap edi.Berilgan gapda fe’lning qanday vazifa shakllari qo'llangan? A) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh B) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l C) 1 ta harakat nomi, 2 ta sifatdosh, 1 ta sof fe’l D) 1 ta harakat nomi, 1 ta sifatdosh, 1 ta ravishdosh, 1 ta sof fe’l 38 / 55 Daraja -miqdor ravishi qatnashgan gap berilgan qatorni toping A) Bo'ying sal cho'zilsin bironta duradgor usta topilsa shogirdlikka boramiz. B) O'rtancha botir qo'rqmadi.jim turdi C) Tahqariga chiqib G'ofurjon boydan ketishga izm so'radi D) Yarim kechadan keyin olmon otaning uyqusi butunlay qochdi 39 / 55 Har lahza zamonlar umridek uzun. Asrlar taqdiri lahzalarda hal. Umrdan o‘tajak har lahza uchun Qudratli qo’l bilan qo‘yaylik haykal. Ravishlar miqdorini aniqlang. A) 2 ta B) 1 ta C) 3 ta D) Ravish qo‘llanmagan. 40 / 55 Qaysi qatordagi gapda ravish qatnashgan ? A) Bozorda qari cholni o’g’ri deya tutdilar Ura-sura sho’rlikni podsho sari eltdilar B) Bitta emas qo’ling qizim ,ikkita-ku sanab boq,Sanab ko’rar yana jim C) Agar Oftobxon ko’rib qolmasa ,onangdan ajrala yozgan ekansan D) Surishtirib qarasa ,Jonfig’on faqat o’n yeti kun ishlabdi xolos 41 / 55 Ravish qaysi qatordagi gapda harakat belgisini darajalab ko’rsatgan ? A) U ancha jo’yaklarni oralab chiqdi B) Majlisga ko’proq ota-ona kelsa ,yaxshi bo’ladi C) Bahodir darsdan ertaroq qaytdi D) Majlis kech tugadi 42 / 55 Yuzma –yuz uchrashuvda bo’lib o’tgan voqealarni kotiba to’g’ridan –to’g’ri ,naridan beri ,so’zma –so’z yozib berdi Mazkur gapdagi ravishlarni ko’rsating A) A,B ,C B) naridan –beri C) to’g’ridan to’g’ri , so’zma –so’z D) yuzma –yuz 43 / 55 Sobiq dengizchi Rinaldo Seldstrem gazetalarda “dengiz kasalligi” dan qutulishning bezarar ,oson ,arzon ,yuz foiz kafolatlangan usulini bilishini yozgan va bor-yo’g’I uch kronaning bahridan kechishga rozi bo’lganlarning barchasiga yuborishni va’da qilgan Berilgan matnda fe’lning vazifa shakllari miqdorini toping A) 9 ta B) 7 ta C) 6ta D) 8 ta 44 / 55 “Manmanlik insonga yarashmaydi, birlik doimo kishini kamolot sari etaklaydi”,-deydi bobo sevinchdan ko’zlari chaqnab. Berilgan gapdagi mavhum otlar qaysi so’z turkumidan yasalgan? A) ot, sifat B) olmosh, ot, sifat. C) olmosh, son, sifat, fe’l D) sifat, son, ot, fe’l 45 / 55 Agar ahil bo’lib yashasangiz , sizni hech qanday kuch yenga olmaydi Misolda berilgan shart maylidagi fe’l qaysi ma’noni ifodalash uchun qo’llangan ? A) shart B) iltimos ,maslahat C) faraz ,gumon D) sabab 46 / 55 Yig’lasa, yig’lablar ketmaydimi?! gapidagi -lar qo’shimchasining vazifasini aniqlang. A) hurmatni ifodalash. B) ko’plikni anglatish. C) ma'noni kuchaytirish. D) tahmin chamani bildirish. 47 / 55 Qaysi qatorda qo'shma fe'l ishtirok etmagan ? A) Pul ,mol -dunyoga ruju qo'ymang ,ilm va ma'rifatni egallashga harakat qiling B) Rahimjon savol berdi ,Durdona javob berdi C) Azob chekmaguneha ,mehnat qilmaguncha ,rohat ko'rmaysan D) Saidaxon maqolani o'qiy boshladi 48 / 55 Daraja- miqdor ravishi qatnashgan gapni aniqlang A) Mashinaning ustini yuvish mayli –yu ,ichini tozalash odamni toliqtirib yuboradi B) Odam o’ziga yaqin kishining qilcha o’zgarishini ham darrov sezadi C) Domla Sirojiddinning ilmiy ishiga chindan jon kuydirmasa ham ,o’ziga yordam berdi D) Bu yoqda domla otalik qildi-yu ,uni aspiranturada olib qoldi 49 / 55 Mavhum otlarni toping. A) suyanch, duradgorlik, samimiyat B) yupanch, ustachilik, qabohat C) ishonch, dehqonchilik, haqiqat D) qo’rqinch, odamiylik, tarovat 50 / 55 Gul ochildi. 2. Yig’ilish ochildi. Ushbu gaplardagi fe’llarning nisbatini aniqlang. A) Har ikkala gapda, majhul nisbat B) 1-gapda aniq nisbat, 2-gapda majhul nisbat C) 1-gapda majhul nisbat, 2-gapda o’zlik nisbat D) 1-gapda o’zlik nisbat, 2-gapda. majhul nisbat 51 / 55 Otga bog’lanib kelgan ravish qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) Yigitning ko’ngli tinchidi va aybdorlarcha tabassum bilan qizga qaradi B) Men qo’lim bilan shiringina taom qilib beraman C) Toshpo’latning yordamchilari birin-sirin kelishdi D) U ovoz kelayotgan tomonga borarkan kuy to’satdan o’zgardi 52 / 55 Belgining belgisini bildirgan ravish keltirilgan qatorni toping A) Uzoqdan nayning mayin ovozi eshitila boshladi B) Uning so’zlari bolalarcha sodda ,samimiy ,lekin aniq va ravshan edi C) Oqshom paytida shamol birdan to’xtadi D) Mashina tezroq yura boshladi 53 / 55 Tushum kelishigidagi so’zlar bilan bog’lanmaydigan fe’llar ... A) bo’lishli fe’llar B) o’timli fe’llar C) o’timsiz fellar D) bo’lishsiz fe’llar 54 / 55 Qaysi gapda –lar qo’shimchasi grammatik ma’no ifodalagan ? A) Bu ishlarning boshida G’ulomjon ,Qudrat ,Olim buvalar turishdi B) Oradan besh kunlar o’tdi C) Sening xotirangni unutmas aslo ,mening yuraklarim O’rta Osiyo D) Avazlarning bir cheti chorbog’ga tutashgan kattagina hovlisi bor 55 / 55 1.Tong yaqinlashib qolyapti, bu yerdan tez ketishimiz kerak. 2.Choy ichib olgach, biroz yuribdi. 3.Chol-u kampir behad sevindilar. 4.Otamizning o'lganiga anchayil bo 'lib ketdi. Qaysi gaplarda miqdor-daraja ravishlari ishtirok etgan? A) 1,2,3 B) 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 1,2, 3,4 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili