6-sinf Ona tili №14 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №14 ga fikr bildirilmagan. 0 Tomonidan yaratilgan InfoMaster 6-sinf Ona tili №14 SONLARNING MA’NO GURUHLARI SANOQ SON DONA SON ,UNING YASALISHI CHAMA SON ,UNING YASALISHI JAMLOVCHI SON ,UNING YASALISHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 53 Muayyan predmet yoki voqea-hodisalar ta’riflangan , tavsiflangan matn …hisoblanadi ? A) muhokama matn B) hikoya matn C) rivoyat matn D) tasviriy matn 2 / 53 Tarkibida uchta qo’shimcha mavjud bo’lgan so’zni toping. A) faxrlanmoq B) sanalmoq C) odatlanmoq D) jonlanmoq 3 / 53 O’timsiz fe'l qanday gapda qo’llanilgan? A) Quyoshning darajasni g’ir-g’ir esgan shamol kesar edi. B) Bogdagi har birlnihol qonib-qonb suv ichdi. C) Eshik ochiq edi, xovlida nech kim ko’rinmas edi, D) Cho’pon qo’ylarni :sug’organi pastlikka haydaydi. 4 / 53 O’zlik nisbati shaklidagi fe’l qaysi gap tarkibida qo’llangan ? A) U soatiga qaradi ,besh yarim B) Feruza katta yo’lning toshlariga qoqilib ,idora binosiga yetib keldi C) …. texnika gektariga qarab bo’lib berildi D) Bir burchakda yoshlar gazeta va kitob o’qishadi 5 / 53 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) -moq B) –ib C) -ma D) -gan 6 / 53 Qaysi qatorda payt ravishdoshi ishtirok etmagan ? A) Toqqa yetgach ,qo'ylarni o'z holiga tashlab qo'ydi B) Kechga yaqinlashgach ,havo aynib ,shamol turdi C) Suv qaynayvermagach olovni pasaytirdi D) Aslida ,qosh qorayguncha yetib olish kerak 7 / 53 Harakatni bajarishga imkoniyat mavjudligi ma'nosini bildiradigan ko'makchi fe'l berilgan javobni toping. A) tashlamoq B) qo'ymoq C) olmoq D) yurmoq 8 / 53 Undosh bilan tugagan fe’l asoslariga kelasi zamonning qanday qo'shimchalari qo'shiladi? A) -a, -ar B) -y, -r C) -у, -ar D) -s, -y, -ar 9 / 53 Shart mayli edi , ekan to’liqsiz fe’llari bilan kelganda qanday ma’nolarni bildiradi? A) orzu – istak B) taxmin – gumon C) buyruq - istak D) xabar 10 / 53 Iste’dodli shoirlar: Suvon Soqiy ,Ismoil To’xtamishev, Rustam Musurmon, Sharofat Ashurova ,Rustam Ochil va boshqa ijodkorlar yangi –yangi she’rlari bilan kitobxonlar qalbiga kirib bormoqdalar Ushbu gapda nechta shaxs oti ishtirok etgan ,hamda ularning nechtasi yasama hisoblanadi ? A) 3ta shaxs oti ishtirok etgan ,ulardan 2 tasi yasama B) 5ta shaxs oti ishtirok etgan ,ulardan 5 tasi yasama C) 8ta shaxs oti ishtirok etgan ,ulardan 7 tasi yasama D) 5ta shaxs oti ishtirok etgan ,ulardan 2 tasi yasama 11 / 53 Kichraytirish va erkalash otlari berilgan qatorni aniqlang A) qo’zichoq , olchoq B) kelinchak , kitobcha C) kulgancha , uycha D) qizaloq , ovloq 12 / 53 Qaysi qatorda sifat+ot shaklidagi qo’shma sifatlar berilgan ? A) bodomqovoq, qirqoyoq,kunbotar B) ochko’z,sho’rtumshuq, balandparvoz C) toshbag’ir,sofdil,uzunquloq D) erksevar,sheryurak,devqomat 13 / 53 Qaysi gapdagi sifat otga ko’chgan ? A) Tez orada tuzalib ketasiz ,-dedi shifokor kasalga B) Hayyo yaramas ishlardan tiyadi C) Terimchilar ashula boshladilar D) Yaxshining so’zi qaymoq ,yomonning so’zi to’qmoq 14 / 53 Faqat jamlovchi son yasovchi qo’shimchalar qaysi qatorda berilgan. A) -ovlon, -lar. B) -lab, -lar. C) -(i)nchi, -larcha. D) -ov, -ala. 15 / 53 Chama sonlar berilgan qatorni toping. A) yuztacha, minglab. B) birinchi, yigirmanchi C) beshtadan, o’nta-o’ntadan. D) uchchov, beshovlon. 16 / 53 Qaysi gapda chama son qatnashgan? A) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi B) To’tiniso hovlini sotib, ikki yetimni o’z qishlog’i Rafqonga olib ketdi. C) Nafis chayqaladi bir tup na’matak, Yuksakda shamolning belanchagida. D) Anjumanda viloyatlardan o’ntacha vakil ishtirok etdi . 17 / 53 Qaysi qator faqat dona sonlardan iborat. A) o’nta , ikkita , uchta B) ikki-uch, uchtacha, uchta. C) beshov, olti, oltitacha. D) besh, beshinchi, bitta. 18 / 53 Qaysi gapda chama son qo’llangan? A) Biz bozordan kilolab baliq sotib oldik . B) U akasiga beyuzlarcha o’shqirib berdi . C) Uzoqdan besh-oltita otliq ko’rindi D) Grammlab yig’ilgan oltin obro’yim 19 / 53 Qaysi so’zdagi -ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin ? A) Ikkovlon yaxshi dam oldik B) Uchovlon botirlar g’ordan eshitilayotgan gaplarga diqqat bilan quloq tutishdi. C) Oltovlon ola bo’lsa, og’izdagini oldirar D) Har uchala gapdagi-ovlon qo’shimchasini -ala qo’shimchasi bilan almashtirish mumkin. 20 / 53 Qaysi qatordagi gapda jamlovchi son qo’llangan ? A) Bu xola yillab kutdi B) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud C) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi D) Ikkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi 21 / 53 Chama sonlar berilgan gap qaysi javobda ? A) Ikkovining maqsadi bitta edi B) XI asrda yashab o’tgan buyuk tilshunos olim Abulqosim Zamahshariy arab tiliga oid ellikdan ortiq asar yozdi C) Yig’ilishga yuz nafar odam to’plandi D) Birga –birga sayr etaylik 22 / 53 –ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchasi bilan birga qo’llanmaydi ? A) 2 shaxs ko’plik B) 2,3 shaxs birlik C) 1 shaxs ko’plik D) 1 shaxs birlik 23 / 53 U yoshi yetmishlarga borib qolgan dilkash chol edi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) tartib. B) chama. C) jamlovchi. D) miqdor. 24 / 53 Dona son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in. C) Menga ikki dona non bering. D) Ikkovining orasida hech qanday sir yotmaydi . 25 / 53 Dona son qatnashgan gaplarni aniqlang. 1.Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi. 2.Kecha tog’ang berib ketgan zog’oradan i kkitasini olib qo’yganman , birgalashib choy ichamiz. 3.Ikki hafta davomida erta tongdan qorong’u tushguncha loy tashishdi. 4.Hovlimizdagi atirgullarning uch donasi ochildi . A) 1,2,3,4 B) 2,4 C) 2 D) 4 26 / 53 O’zbekistonda yovvoyi mevali daraxtlarning 50 dan ortiq turi, 1000 ga yaqin navi bor. Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. A) chama. B) sanoq. C) jamlovchi. D) kasr. 27 / 53 Qaysi sonlardan jamlovchi sonlar yasalganda tovush tushishi hosil bo’ladi. A) ikki, to’rt, yetti. B) ikki, besh, olti, yetti. C) ikki, uch, olti. D) ikki ,olti, yetti. 28 / 53 Chama son yasovchi qo’shimchalarni belgilang. A) -larcha,-cha,-nchi B) –tacha,-lab,-larcha C) -ta,-tadan D) -ovlashib,-ov,-ala 29 / 53 Dona son ishtirok etgan gap qaysi qatorda qo’llangan? A) Paxtakorlarning uchdan biri jamoa xo’jaligiga o’tkazildi B) Shahrimizda o’nlab teatrlar bor C) Bu sinfda yigirma beshta o’quvchi ta’lim oladi D) Bir yil tut ekkan kishi yuz yil gavhar teradi 30 / 53 Ushbu gapda qo’llangan sonning ma'no turi qaysi javobda to’g’ri berilgan. Ikkalangiz devoriy gazetaga maqola yozing. A) tartib B) kasr C) chama D) jamlovchi 31 / 53 Sanoq son ishtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Laylak har yili uchtadan bola ochar ekan B) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qihloqda turar edik C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Bu sopol ko’za-chi so’zimga ishon , Sodiq xizmat qildi ming yil odamga . 32 / 53 Sonlar avvalo ikki guruhga ajratiladi: …. A) Hamma javoblar to'g'ri B) chama son,taqsaim son C) miqdor son ,tartib son D) jamlovchi son ,dona son 33 / 53 Chama son ishtirok etgan gapni toping. A) Bizning snfda 21 o’quvchi o’qiydi. B) Navoiy XV asrda yashagan. C) Quyosh atrofida to’qqizta sayyora aylanadi. D) O’zbekistonda har yili yuzlab turli soha mutaxasislari yetishib chiqmoqda. 34 / 53 7 -ov qo’shimchasi yordamida hosil qilingan jamlovchi sonlar qaysi egalik qo’shimchalari bilan doim birga qo’llanadi ? A) 2va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan B) 2 va 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan C) faqat 3 shaxs birlik va ko’plik qo’shimchalari bilan D) barcha egalik qo’shimchalari bilan 35 / 53 Chama sonlar qanday hosil qilinadi? A) sanoq songa –tacha,-lab qo’shimchalarini qo’shish bilan B) A, B, С C) sonlarga qo’shilgan ko’plik qo’shimchasi yordamida D) ikki sanoq sonni juftlab keltirish orqali 36 / 53 Jamlovchi son ishtirok etgan gap beritgan qatorni aniqlang A) Biz Turkiston tizma tog'ining etagida shahardan ikki-uch chaqirim naridagi qishloqda turar edik B) Shaharda bitta doktorxona bor C) Durroj ham Sherning so'zini ma'qul ko'rdi va shu o'rmonda ikkovi do'stona yashay boshladi. D) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in 37 / 53 Qaysi gapdagi sonni chama songa aylantirishda ko'plik shaklidan foydalaniladi? A) Mashrab bilan Akmal esa o'n besh-yigirma bolaga javobgar. B) Barvasta, yoshi ellikka borib qolgan bo'lsa ham, qomati sambitdek tik. C) Yo'q, uning oldida bundan besh-olti yil ilgarigi yarimta tana emas, katta qalb, katta hayot egasi go'zal hayot qo'shig'ini kuylardi. D) Bekatda o'n odam avtobus kutib turishardi. 38 / 53 Jamlovchi son ishtirok etmagan javobni tanlang. A) Shu oltovimiz bir tan, bir jon bo’lib kurashaylik. B) Qizlarning uchoviga ham mukofot berildi. C) Maktabda o’n chog’li bola yig’ilgan. D) To’rtovlari qotib-qotib kuldi. 39 / 53 Teshaboy ham ikki-uch og’iz gap qildi. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) tartib. B) jamlovchi. C) miqdor. D) chama. 40 / 53 Chama son qo’llangan gapni ko’rsating A) Oradan ming –ming yillar o’tsa hamki ,buyuklar yashayveradi B) A,B C) Oltovlon bir bo’lib ,sherga hamla qilishibdi D) Uch –to’rt kishi bir bo’lsangiz ,bitta shaftoliga kuchingiz yetmaydi 41 / 53 Bunaqasini birinchi marta eshityapman. Ushbu gapda sonning ma'no jihatdan qaysi turi qo’llangan. A) chama . B) miqdor. C) jamlovchi. D) tartib. 42 / 53 Sanoq sonlar juft holda qo’llanganda qanday ma’noni bildiradi ? A) ko’plik ma’nosini B) taxmin ,chama ma’nosini C) grammatik jamlikni D) tartib va miqdorni 43 / 53 Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi qo‘shimchalar qo‘shimchalarning vazifasiga ko‘ra qaysi turiga mansub boiadi? A) lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar B) so‘z yasovchi qo‘shimchalar C) old qo‘shimchalar D) sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar 44 / 53 Dona son hosil qiluvchi –ta qo’shimchasi o’rniga qaysi so’zlarni keltirish mumkin? A) tup B) yuqoridagilarning barchasi C) bosh D) nafar 45 / 53 Men ikkoviga bittadan ezilgan shaftoli beraman. Ushbu gapdagi sonning turi ...... A) sanoq son B) taqsim son C) dona son D) chama son 46 / 53 Chama son ihtirok etgan gap berilgan qatorni aniqlang A) Yetti o'lchab bir kes B) Besh -oltita tinish belgi kelib bugun o'tkazmoqqa qaror qildi jiddiy yig'in C) Shaharda bitta doktorxona bor D) Qulupnayning mevasi naviga qarab uch -saksontagacha ham bo'lishi mumkin 47 / 53 Jamlovchi son qaysi qatorda. A) Shunday qilib, to’rtala nomzod ham ro’yxatda qoldi. B) Patnisda to’rtta kulcha, ikki bosh oq uzum bor edi. C) Saida uyiga kech soat o’n birlarda qaytdi. D) So’rining shundoq yoniga ikki dona olma tushibdi. 48 / 53 Chama son berilgan qatorni toping. A) Shahrimizda o’nlab teatrlar, yuzlab kinoteatrlar bor. B) Siz bilan yana ko’p marta uchrashamiz. C) Botirlar birov eshitmasin deb, sekin –sekin qadam bosishdi D) Ming qatla shukrki katta bo’lib qoldim. 49 / 53 Donalab sanaladigan narsalarning turini ta’kidlash uchun qo’llanuvchi nafar suzi asosan qanday holatda ishlatiladi? A) har qanday donalab sanaladigan narsalarning miqdorini ko’rsatishda B) shaxslarga nisbatan miqdorni ko’rsatishda C) nima? so’rog’iga javob bo’luvchi barcha otlardan oldin kelib, uning miqdorini ko’rsatadi D) jonli narsalarni donalab sanashda 50 / 53 Qaysi qatordagi gapda chama son qo’llangan ? A) Qishlog’imizda o’nlab fermer xo’jaliklari mavjud B) kkala qumg’on sharaqlab bir vaqtda qaynadi C) Bu xola yillab kutdi D) Ular tonnalab bug’doy yetishtirib berishadi 51 / 53 Qaysi gapda sanoq son berilgan? A) Axir, o’n ikki yashar ukasini ko’rmaysizmi, shu yoshidan uloq chopmoqchi. B) Saida oltinchi qatorga borib o’tirdi. C) Shoikrom o’n kuncha ilgari ishga ketayotib birrov kirib ukasidan hol so’ragan edi. D) Yuzlab yigit va qizlar oliy o’quv yurtlarini bitirishdi. 52 / 53 Sanoq sonlar qatnashgan qatorni toping. A) Bolalar davrani ikki aylandi, qo’l berib ko’rishishdi . B) Bayroq dastasida, stanokda, g’ishtda ming-minglab qo’llar taftini sezaman . C) Rejaning uchdan ikki qismi bajarildi . D) Eshakning ustiga ikkitadan bo’lib mindik . 53 / 53 Sonlardagi -ta qo'shimchasi o'rnida qo'llanadigan so'zlarni ko'rsating. A) litr. gramm B) barchasi to 'g 'ri. C) tup, litr D) bosh, nafar 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili