6-sinf Ona tili №11 Mart 31, 2022Mart 31, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №11 ga fikr bildirilmagan. 0 6-sinf Ona tili №11 OTLARNING LUG’AVIY SHAKLLARI .SON SHAKLLARI OTLARNING KICHRAYTIRISH VA ERKALASH OTLARI MUSTAHKAMLASH SIFAT SIFATLARNING YASALISHI SIFAT YASOVCHI QO’SHIMCHALAR VA ULARNING IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Lablangan unlilar qatorini aniqlang A) barcha unlilar B) o’,o,u C) a,i D) a,i e 2 / 50 Tarkibida yasama so’z mavjud bo’lgan gapni toping. A) Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi B) Uning so’zlaridan bezor bo’ldim C) Yurtimiz bog’lari doimo gullar D) Musobaqa g’oliblariga yaxshi sovg’alar topshirildi 3 / 50 Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan birida sodir bo’lishini bildiruvchi shakllar ... deyiladi. A) zamon shakllari B) mayl shakllari C) B, C D) shaxs-son shakllari 4 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchasi –dir haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli va ko’p bo’g’inli fe’llara doim- dir tarzida qo’shiladi B) –dir orttirma nisbat qo’shimchasi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi C) orttirma nisbat qo’shimchasi –dir kesimlik qo’shimchasi bilan omonim hisoblanadi D) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga-tir tarzida qo’shiladi 5 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) A, C B) faqat ega vazifasida C) bosh bo’lak vazifasida D) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida 6 / 50 Qaysi qatorda bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan ? A) aytma ketma B) aytib ketma C) aytmay ketma D) aytmay ket 7 / 50 Qaysi gapda bo ‘lmoq so‘zi qo‘shma fe’l hosil qilgan? A) Ha, men o‘sha kasal bo’laman. B) Men, albatta, siz aytgan joyda bo’laman. C) Meni xavotirga solgan voqea, nihoyat, bo‘ldi. D) Bu yurishda men kasal bo‘laman. 8 / 50 -gan qo’shimchasi bilan yasalgan o’tgan zamon shakli qanday ma’noni bildiradi? A) Ilgari ro’y bergan harakat va holatning so’zlovchi tomonidan eshitib bilganini ifodalaydi . B) So’zlovchining o’zi o’tgan zamonda bevosita ko’rgan harakat va holatni bildiradi C) Harakat va holatning ilgariroq bajarilganini bildiradi . D) Harakat va holatning gap aytilayotgan vaqtida yuz berishini bildiradi . 9 / 50 Xabar mayli qanday shakllanadi? A) fe’l asosiga sifatdosh va harakat nomi qo’shimchalari qo’shish orqali B) fe’l asosiga zamon va shaxs - son qo’shimchalarini qo’shish orqali C) fe’l asosiga hech qanday qo’shimcha qo’shmagan holda D) fe’l asosiga ravishdosh va sifatdosh qo’shimchalarini qo’shish orqali 10 / 50 Qaysi qatordagi qo’shimchalar shaxs oti yasovchi qo’shimchalar hisoblanmaydi? A) -dor, -хo’r B) -don, -gich. C) -gar, -xon. D) -soz, -dosh, 11 / 50 Qaysi qatorda sifat yasovchi sinonim qo’shimchalar berilgan? A) be-, bo-, ba- B) -li, ser-, ba C) -chan,-gir,-dor D) -ag’on,-qir, -simon 12 / 50 Ko’plik shakli hurmat ma’nosini ifodalaganda,ko’plik va egalik qo’shimchasi qanday o’rinlashadi? A) hurmat ma’nosini ifodalagan ko’plik shakli hamma vaqt egalik qo’shimchasidan oldin keladi B) ko’plik qo’shimchasi hurmat ma’nosini ifodalaganda,egalik qo’shimchasining qo’llanish-qo’llanmasligi ahamiyatga ega emas C) ko’plik qo’shimchasi hurmat ma’nosini ifodalaganda,qaysi shaxsdagi egalik qo’shimchasi bilan qo’llanishiga ko’ra undan oldin yoki keyin kelishi mumkin. D) hurmat ma’nosini ifodalangan ko’plik shakli hamma vaqt egalik qo’shimchasidan keyin keladi 13 / 50 Jamlovchi otlar berilgan qatorni toping. A) xalq, armiya, to’da B) bola, mashina, non. C) gul, qalam, olma D) kitob, uy, daraxt. 14 / 50 Asosda ifodalangan-belgiga egalikni ifodalovchi qo'shimchalar berilgan javobni toping. A) -gi, -simon, -iy B) -ma, -mand, ba- C) -li, -dor, ser- D) A va C. 15 / 50 Ko’plik ma'nosini ifoda etuvchi birlik sondagi ot berilgan gap qaysi qatorda ko’rsatilgan. A) «Qutlug’ qon» romanida 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni haqqoniy aks ettiriladi. B) Og’riqdan ko’zlarim tinib ketdi. C) Amakimlar dadamga juda o’xshaydilar. D) Sayyoralar bizdan bir sinf yuqorida o’qishardi. 16 / 50 Jahonda nimaiki oq, unga ona suti timsol; nimaiki jo'shqin, unga ham ona mehri timsol; nimaiki chidamli, sabr-toqatli, unga ham ona irodasi timsol; kimki pok muhabbat, mehridaryolik da’vo qilsa, onaning pok qalbi timsol. Berilgan gapda sifat turkumiga oid so'zlar necha o'rinda qo'llangan? A) 6 B) 5 C) 7 D) 4 17 / 50 Yasama sifat qatnashgan gapni toping. 1.Otin bibi qari, jiddiy, savlatli xotin. 2.Orzu millatga hayotbaxsh ruh bag’ishlaydi. 3.U yo’lni piyoda bosib o’tdi. 4.Oqqo’rg’onning anjir va uzumlari hil-hil pishdi. A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 2,3,4 18 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari qaysi qatorda qo’llangan ? A) ko’chagacha , oyog’igacha , markazgacha B) osmondagi ,qirdagi , qishloqdagi C) o’rdakcha , qizaloq , baliqcha D) dadamlar ,tog’amlar , ammamlar 19 / 50 Qaysi gapda fe’ldan yasalgan sifat qo’llangan? A) Sog’lom tanda sog’lom aql bo’ladi. B) Biz mehnatkash odamlarni mukofotlaymiz. C) Avval zaruriy ishlarni bajaringlar. D) Qish kelib, zerikarli tunlar boshlandi. 20 / 50 Faqat birlikda qo’llanadigan otlar qatorini toping. A) ko’z, quloq, burun, g’ildirak. B) sport, qo’zg’olon, muallim. C) bola, o’quvchi, temir, mis. D) Toshkent, Farg’ona, Qo’qon, Qarshi. 21 / 50 Kichraytirish va erkalash otlari berilgan qatorni aniqlang A) qizaloq , ovloq B) kulgancha , uycha C) kelinchak , kitobcha D) qo’zichoq , olchoq 22 / 50 Qaysi sifat yasovchi qo'shimcha payt bildiruvchi otlarga qo'shilib paytga xos belgini bikliradi ? A) -simon B) li C) –(v )-iy D) -gi ,-ki 23 / 50 Bir to‘da odam Ko‘plik ma’nosi qanday usulda hosil qilingan? A) semantik usulda B) morfologik usulda C) leksik usulda D) leksik-morfologik usulda 24 / 50 -lar qo’shimchasi qaysi gapda kesatiq, kinoya ma'nosini ifodalagan. A) Og’a , sog’ borsangiz, avval dadamlarga solom ayting. B) U qanday azoblarni boshidan kechirmadi. C) O’zlariyam qadam ranjida qilibdilar-da. D) Bu yerda bir paytlar xaroba uylar bor edi. 25 / 50 Otga bog’lanib uning belgisini bildiradigan so’z... A) ravish B) sifatdosh C) ravishdosh D) sifat 26 / 50 Turdosh otdan vujudga kelgan atoqli otlar qatorini aniqlang A) To’xta , Turdi , Tursun , Berdi B) Shirin , O’tkir , Majnun , Muborak C) Olmos ,Yashin , Sulton ,Jo’ra D) rentgen , Bo’ston , Xosiyatxon ,amper 27 / 50 Ko’plik ma'nosi morfologik yo’l bilan ifodalangan qatorni belgilang. A) uylar B) o’nta kitob C) dasta-dasta gul D) to’da 28 / 50 Quyidagi –cha qo’shimchasi bilan shakllangan so’zlarning qaysi qatorda kichraytirish ma’nosi ifodalanmagan ? A) yulduzcha , bog’cha ,kitobcha B) qizcha ,ko’zacha , daftarcha C) qushcha , bolg’acha ,zarracha D) novcha , yangicha , o’zgacha 29 / 50 Qaysi sifat yasovchi o'xshashlik ma'nosidagi sifat yasaydi ? A) -gi ,-ki B) li C) -(v ) iy D) -simon 30 / 50 -gi (-ki) ,-simon,-iy sifat yasovchi qo’shimchalari qanday belgi bildiruvchi sifatlar yasaydi ? A) ortiqlik va o’xshatishni bildiruvchi B) rang-tus,maza-ta’m va o’rin bildiruvchi C) payt, o’xshatish va xoslik bildiruvchi D) egalik va shakl-hajm bildiruvchi 31 / 50 Chuqur va xayolchan ko’zlarida sirli va sehrli bir holat aks etadi. Ushbu gapda nechta yasama sifat mavjud? A) 1 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 2 ta 32 / 50 Qaysi qo'shimcha xoslik belgisini.bildiruvchi sifat yasaydi ? A) -gi ,-ki B) –(y )iy C) li D) -simon 33 / 50 no-, -siz, be- qo’shimchalari qaysi belgiga egalik bildiruvchi qo’shimcha bilan ziddosh bo’la olmaydi? A) ser- B) –mand C) -li D) -dor 34 / 50 Atoqli ot asosida paydo bo’lgan turdosh otlar qatorini belgilang A) rentgen ,xosiyatxon ,michurinchilar B) asal ,rayhon , arslon ,muhabbat C) anor , lola , shirin , to’qson D) yetmish , bultur , turdi , ra’no 35 / 50 Qaysi qatordagi otlarga qo’shilgan -lar qo’shimchasi ma'noni kuchaytiradi. A) maysalar, daraxtlar, tog’lar. B) farhodlar, oybeklar, matrosovlar. C) yog’lar, suvlar, unlar. D) ko’ngillar, baxtlar, uyqular. 36 / 50 Ko’plik qo’shimchasi chama tahmin ma’nolarni ifodalagan misolni aniqlang. A) Quvnashdi havasdan ko’p bilan ko’ngillar. B) Vatandoshlarim bilan quvonaman. C) Kechqurunlari bo’sh bo’laman, keling suhbatlashamiz. D) Onda-sonda ochilgan chanoqlar bu ko’k dengizda sadafdek yaltirardi. 37 / 50 Quyida berilgan gapdagi sifat turkumiga oid so’zlar sonini aniqlang. Auditoriyaga qomatli, xushbichim, o’ziga yarashgan kostum-shim, ustidan yupqa qavilgan beqasam to’n kiygan, oyog’ida zamonaviy tufli, bo’ynida chiroyli galstugi, ko’zida tilla gardishli ko’zoynagi bor, kalta mo’ylov qo’ygan, moshrang do‘ppili kishi viqor bilan kirib keldi. A) 11 ta B) 10 ta C) 8 ta D) 9 ta 38 / 50 Sifat yasovchi -li qo'shimchasi quyidagi qaysi qo'shimchalar bilan ma'nodoshlik munosabatidabo'ladi ? 1 -dor 2 -mand 3 -zor 4 -ba 5-siz A) 1,2,4,5 B) 1,2,4 C) 1,3,5 D) 1.2.3.4 39 / 50 Quyidagi gapda -lar qo’shimchasi qanday ma'noni anglatgan. O’rikning ertapishar navi may oylarining oxirlarida pishadi. A) kuchaytirish, takid ma'nosini. B) taxmin, chama ma'nosini. C) sof ko’plik ma'nosini. D) tur ma'nosini. 40 / 50 Fe’ldan yasalgan sifatlar qatorini belgilang. A) siniq,sayroqi B) terish ,sinish C) o’qigan ,termulgan D) chiziq,ekin 41 / 50 Qaysi qator faqat kichraytirish va erkalash otlaridan iborat ? A) kelinchak , bo’taloq , kitobcha B) tugunchak, yalinchoq ,qo’g’irchoq C) ko’rpacha ,toychoq , qizilcha D) yulduzcha , archa , cho’pchak 42 / 50 Qaysi qatordagi ko’plik ma'nosi leksik morfologik usul bilan hosil bo’lgan. A) Xalq dengizdir, xalq to’lqindir, xalq kuchdir. B) Dasta-dasta gul tutay. C) Majlisga ko’p ota-onalar kelishdi. D) Ig’vo-yu , nizolar umr yo’lini qisqartiradi. 43 / 50 Qanday otlarga ko‘plik qo'shimchasi qo'shilganda kuchaytirish, ta’kidlash ma’nosi anglashilmaydi? A) donalab sanalmaydigan otlarga B) mavhum otlarga C) odamning toq a’zolari nomiga D) odamning juft a’zolari nomiga 44 / 50 Kichraytirish qo’shimchalari qaysi turkumga oid so’zlarga qo’shiladi ? A) faqat otlarga B) faqat sifatlarga C) sonlarga D) otlarga ,sifatlarga 45 / 50 Erkalash otlari berilgan qatorni ko’rsating A) qizgina ,shugina B) Sardorbek,Manzuraxon C) bolaginam ,onajonim D) Barnoxon ,kitobxon 46 / 50 -iq qo’shimchasi bilan yasalgan sifatlar qaysi qatorda berilgan? A) qichqiriq, chiziq B) chiziq, yo’riq C) to’liq, yopiq D) chiniq, yo’liq 47 / 50 Qaysi qatordagi so’z jamlovchi otlarga mansub emas? A) xalq B) guruh C) armiya. D) daraxt. 48 / 50 Ko’plik qo’ shimchasi -lar qaysi qatorda hurmat ma'nosini bildirmoqda. A) Aya, aya dadamlar keldi. B) A, B, C C) Togamlar bugun ertalab keldilar. D) Katta opamlar zardo’zlik fabrikasida zardo’z bo’lib ishlaydilar. 49 / 50 Kichraytirish otlarini yasovchi qo’shimchalar qo’shilgan so’zlarni toping A) uycha , ko’zacha B) o’zicha ,archa C) yangicha , eskicha D) novcha , o’zbekcha 50 / 50 Un, yog’ ,suv kabi so’zlarga lar qo’shimchasi qo’shilganda qanday ma'no ifodalanadi? A) grammatik ko’plik. B) kuchaytirish va takid. C) jamlik va to’da D) hil, nav, mo’llik. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili