6-sinf Ona tili №6 Mart 30, 2022Mart 30, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №6 ga fikr bildirilmagan. 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №6 HOZIRGI VA KELASI ZAMON SIFATDOSHLARI SIFATDOSHNING BO’LISHLI VA BO’LISHSIZ SHAKLLARI RAVISHDOSH RAVISHDOSHLARNING MA’NO TURLARI RAVISHDOSH YASOVCHI QO’SHIMCHALAR TALAFFUZI VA IMLOSI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Bunday bo’g’in unli bilan tugaydi yoki bir unlidan iborat bo’ladi Ushbu izoh quyidagi qaysi tushunchaga taaluqli? A) yopiq bo’g’inga B) berkitilgan bo’g’inga C) berkitilmagan bo’g’inga D) ochiq bo’g’inga 2 / 50 Namgarchilikda so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) 5 B) З C) 2 D) 4 3 / 50 Harakatning bajaruvchisi deganda nima nazarda tuliladi? A) В va C. B) fa 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi narsa C) fe 'llardan anglashilgan holatni hajaruvchi narsa D) fe 'llardan anglashilgan harakat va holatni bajaruvchi shaxs 4 / 50 Majhul nisbatdagi fe’l qatnashgan gapni aniqlang A) Sizning matonatingiz tufayli bu ishlar vaqtida qilindi B) Qishloqda katta bog’ barpo etildi C) Sardorbek kiyindi . D) Navoiy sehrli sadolarga berildi 5 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash B) o’tov ,yaylov ,qatnov C) yayov bormoq ,hikoya qilmoq D) ko’chish ,o’qish ,turmush 6 / 50 Qaysi qatorda payt ravishdoshi ishtirok etmagan ? A) Kechga yaqinlashgach ,havo aynib ,shamol turdi B) Aslida ,qosh qorayguncha yetib olish kerak C) Suv qaynayvermagach olovni pasaytirdi D) Toqqa yetgach ,qo'ylarni o'z holiga tashlab qo'ydi 7 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Asta sekin tong ota boshladi. B) U voqea hech qachon yodimdan ko’tarilrnaydi . C) Nur sochib oy chiqadi yorga boqqani. D) Allaqayerda bo’rilar uvullashi eshitildi. 8 / 50 Fe’ldan anglashilgan ish harakatning bajarilgan yoki bajarilmaganligini bildiruvchi grammatik xususiyat qanday nomlanadi ? A) bo’lishli ,bo’lishsizlik B) zamon C) mayl D) nisbat 9 / 50 Quyidagi qo’shimchalar qaysi biri sifatdoshning bo’lishsizlik shaklini hosil qiladi. A) –mas B) –mayin C) –maslik D) –may ,-masdan 10 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi qatorda ? A) qiziqmoq ,kiyinmoq,bajarmoq B) uvullamoq ,to’xtamoq,eslamoq C) bormoqchi emas ,ko’rgan emas ,yirtmayman D) egallamoq ,aytmoq ,yozmoq 11 / 50 Yodgor kelib-kelmay hasharni adog’iga yetkazdi. Ushbu gapda ravishdoshning qanday ma’no turi bor? A) sabab B) maqsad C) holat D) payt 12 / 50 Ravishdosh so’z birikmalari berilgan qatorni belgilang. A) ko’m-ko’k dalalar , sho’x musiqa. B) chaqqon sakramoq, tez yugurmoq. C) mayin shabada, sokin tun. D) to’lqillanib gapirmoq, hayratlanib qaramoq. 13 / 50 Bo’lishsiz fe’l qo’llangan gap qatorini belgilang A) Giloslar qiyg’os gullagan B) Mayin shabada esmoqda C) Birovga xolis xizmat qilib o’rganmaganman. D) Uzoqdan yoqimli kuy eshitilardi 14 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsizlik ma’nosi ifodalangan ? A) B,C B) Kampir qishlog’iga qaytib ketdi C) Boraman –a ,boraman ,borib bo’pman D) Hali tong otganicha yo’q 15 / 50 Bo’lishsiz fe’llar qaysi vositalar yordamida hosil qilinadi ? A) edi ,emish ,emas,ekan B) –ma ,-(i)sh ,-(i)b C) –magan ,_maydigan ,ekan D) yo’q ,emas,-ma ,-mas 16 / 50 Kelasi zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi A) -(a) yotgan B) —ydigan „adigan ,-(a ) r C) gan D) —b(ib) 17 / 50 Qaysi qatordagi ravishdosh holat ma’nosini ifodalagan? A) Bobur gulni yana bir hidlab, boshidagi sallasining qatiga qistirib qo’ydi. B) Murodxonlarnikiga qarab sekin yo’lga tushdim. C) Gapni bilib - bilmay gapirmaslik kerak. D) Toqqa chiqqach, osmonning pastligini his qildi. 18 / 50 Tuslanmaydigan .ravishdoshlar qaysi qatorda berilgan. A) o’qiy , yoza. B) barcha ravishdoshlar tuslanadi. C) o’qigani , yozgani D) olib, yozib. 19 / 50 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi qo’shimchalari qo’shiladi? A) –qach, -quncha, -qani B) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi C) –kach, -kuncha, -kani D) –gach, -guncha, -gancha 20 / 50 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni aniqlang. A) -gani, -moq , -sa, -y, -kuncha. B) -guncha, -y, - ib, -gan, -gani. C) -gach, -gani, -guncha, -y, -b. D) -y, -gali, -yapti, -clia, -a. 21 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Yaxshi ko’rgarimni bilasiz-da. B) Men gulxan atrofida o’tirganlarni yilqi boquvchilar deb yanglishgan ekanman. C) Bemor otamni korgani kasalxonaga bordim. D) Ko’rganni eshitgan yengadi. 22 / 50 Sifatdoshning qaysi shakliga bo'lishsizlik qo'shimchasi qo'shilganda tovush o’zgarishi yuz beradi? A) - (a)r B) -(a)digan C) -gan D) -(a)yotgan 23 / 50 Unli va jarangli undoshlar bilan tugagan fe’l asoslariga ravishdoshning qaysi o’shimchalari qo’shiladi? A) –kach, -kuncha, -kani B) –qach, -quncha, -qani C) yuqoridagilarning barchasi qo’shiladi D) –gach, -guncha, -gancha 24 / 50 Ravishdosh haqida aytilgan qaysi fikr to’g’ri? 1.Ravishdosh fe’lning ravishga xoslangan shaklidir .2.Ravishdosh harakatning belgisini bildiradi . 3.Ravishdosh gapda hol bo’lib keladi . 4.jarangli undosh bilan tugagan fe’l asoslariga –gach, -guncha, -gani qo’shimchalari qo’shilib, -kach, -kuncha, -kani tarzida yoziladi . A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 1, 2, 3, 4 D) 1, 2, 3 25 / 50 Qaysi gapda bo’lishsiz fe’ldan tasdiq ifodalangan? A) Ish hech kimni o’ldirmaydi B) Bu gap aytilmay qolmaydi . C) Hech kimga munofiqlik qila ko’rma D) Bu yerda uni ko’rgan emasman 26 / 50 Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo’lishsizlik shakli bilan omonim bo’lolmaydi ? A) qo’llanma (kitob) B) qaynatma (sho’rva) C) suzma (qatiq) D) sochma (o’q) 27 / 50 Qaysi qatorda maqsad ravishdoshli birikmalar berilgan ? A) suvga tikilganpha o'ylanib qoldi, yig'lay-yig'lay uxlamoq B) qaynayvermagach olovni kuchaytirdi, qo'rqib kirmadi C) ko'rgani bormoq ,gaplashgani to'planganmiz D) musiqa tingach, qorong'u tushguncha 28 / 50 Bo’lishlilik shakli orqali bo’lishsizlik ifodalangan gapni toping A) Tez orada uncha - muncha mexanikka gap bermay qo’yadi . B) Yordam bersangiz ,kolxozni ko’tarish uchun kuch –quvvatimni ayarmidim ?! C) Bu hol qishloqda sezilmay qolmaydi D) Men xalqni aldamoqchi emasman ! 29 / 50 Qaysi qatorda bo’lishsiz ma’noli harakat nomlari qatnashgan ? A) Tanlovda Omon Turdi kuyini juda ta’sirli chaldi B) Bolalarning o’quv qurollarini avaylab asrashni ota –onalariga moddiy yordamdir . C) Tilni qunt bilan o’rganish nutqni boyitib borish demakdir D) Bilmaslik ayb emas ,lekin bilishni istamaslik ayb . 30 / 50 Fe’lning ravishdosh shakli haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) barcha javoblar to’g’ri B) -gancha (-kancha, -qancha) qo’shimchali ravishdosh harakatning holatini anglatadi C) -gani (-kani, -qani, -gali) qo’shimchali ravishdosh harakatning maqsadini bildiradi D) -b (-ib), -a (y) shakllari harakatning paytini ham anglatadi 31 / 50 Fe'lning ravishdosh shakli mavjud bo’lgan gapni toping. A) Dushman navkari bizga qarshi qilich ko’tardi. B) Baliq chiqdi ilinib ,tumshuqlari tilinib . C) Bizdan ozod va obod vatan qolsin. D) Qadimiy Turon zaminida yashagan avlodlarimiz bir buloqdan suv ichganlar . 32 / 50 Qaysi javobdagi ravishdoshlar ish harakatning paytini bildiradi. A) shoshgancha, kiygani, yurgach. B) kuchayguncha, tuqqach, ichikkuncha. C) oqquncha, topgani, ezilib D) topgani, bo’linib, yura-yura 33 / 50 Fe'lni hol vazifasiga ixtisoslashtiradigan maqsus shakl qaysi qatorda berilgan? A) harakat nomi shaili. B) sifatdosh shayli. C) ravishdosh shakli. D) bunday shakl mavjud emas.. 34 / 50 Ravishdoshninng -b ,ib ,-a ,-y shakllari asosan qanday ma'noni bildiradi 1 sabab 2 payt 3 holat 4 vosita 5 chegara A) 1,2 B) 1,2,3,4,5 C) 4,5 D) 3 35 / 50 Ravishdoshning sabab ma'nosini ifodalaydigan turi berilgan javobni toping. A) yig'lay-yig'lay uxlamoq, tikilgancha o'ylanibqolmoq. B) qo'rqib kirmadi, qaynayvermagach kuchaytirdi C) musiqa tingach, ko'rgani bormoq D) qoroni tushguncha, yugurib kelmoq 36 / 50 Qaysi qo’shimchalar yordamida maqsad ma'nosini bildiruvchi ravishdosh hosil bo’ladi ? A) -b, -ib. B) -gan, -kan, -qan.. C) -a , (-y). D) -gani, -kani, -qani. 37 / 50 Hozirgi zampn sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) -(a) yotgan B) —b(ib) C) gan D) —ydigan ,adigan ,-(a ) r 38 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) U boshini nomiga emas, balki tang’ib bog’ladi. B) Boshi bog’langani ish qilmaslik uchun bahona bo’ldi C) U ataylab boshini bog’lab oldi. D) U boshi bog’langan holda hovliga chiqdi. 39 / 50 Ravishdosh ko’rsatkichlaridan iborat bo’lgan qatorni anlqlang. A) -(i) b, -gach, -kacli, -di, -gan. B) -gan, -yotgan, -ar, -mas. C) -di, -gan, -(i)sh, -moq. D) -gach, -gani, -(i)b, -a, -y. 40 / 50 Ravishdoshlarning qandy ma’no guruhlari mavjud? 1.holat 2.payt 3.maqsad 4.sabab 5.daraja-miqdor 6.o’rin A) yuqoridagilarning barchasi B) 1, 2, 4, 5, 6 C) 1, 2, 4, 6 D) 1, 2, 3, 4 41 / 50 Uning ko’rmagan va eshitmagan hodisasi yo’q edi . Sifatdoshning bo’lishsiz shaklini ko’rsating A) ko’rmagan, eshitmagan, hodisasi yo’q edi B) ko’rmagan C) ko’rmagan, eshitmagan, yo’q edi D) ko’rmagan, eshitmagan 42 / 50 Bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan qatorni aniqlang A) U na o’qiydi ,na yozadi B) Otaqo’zi shaharga kelsa ,kirmay ketmaydi C) Bugungi ishni ertaga qo’yma D) Gapiradi-ya ,gapiradi ,gapirib bo’pti 43 / 50 Qaysi qatorda bo’lishlilik ma’nosi ifodalangan ? A) aytma ketma B) aytmay ketma C) aytmay ket D) aytib ketma 44 / 50 Berigan gapda ravishdosh qanday ma'noni anglatyapti. Lom-lim demay chirqillab yig’layoftgan bolalarni kursiga o’tqazib qo’ydi. A) holat B) maqsad. C) sabab. D) payt. 45 / 50 Qaysi qatordagi gapda ravishdosh yasovchi qo’shimcha yetakchi fe'l bilan ko’makchi fe'lni bog’lashga xizmat qilgan ? A) Dadasi yangi uy pchun kerakli jihozlarni olb keldi. B) Sayohatchilar qorong’u tushguncha yetib oldilar. C) Sarvar devordan oshib tushdi . D) Usta Alim qo’shnisining yerini sotib oldi. 46 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan ravishdoshlar takrorlanib ishlatiladi. A) faqat -a, -y. B) -b, -ib, -a, -gani. C) -b, -ib, -a, -y D) faqat -b, -ib. 47 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang . A) Ovozi shovqinda zo’rg’a eshitildi.. B) Vaqtni o’g’irlamoq- baxt o’g’irlamoq. C) Navoiy kuy eshitilayotgan tomonga ildam yurdi. D) Ko’klamda ko’katlar gurkirab o’sadi. 48 / 50 Harakatning holatini anglatuvchi ravishdoshlar qaysi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi? 1)-(i) b 2- a(-y); 2) –gancha; 3) –gani; A) 2,3 B) 1,4 C) 3,4 D) 1,2 49 / 50 Tiz cho’kib turguncha tik turib, o’lmoq yaxshiroq. Gapdagi ravishdosh anglatgan ma'noni aniqlang. A) qiyos. B) payt. C) harakat belgisi. D) maqsad. 50 / 50 Ravishdosh qatnashgan gapni aniqlang. A) Alisher mehmonxonaga eng lazzatli taomlardan tortishni buyurdi. B) Ichkaridan muzika ovozi eshitilib turardi. C) Teparoqda sarvqomat bir terak qarsillab sinib tushdi. D) Tirnoqqa zor bo’lib yurgan Yusuf ota qarshisidan kelayotgan qizchaga tikilib qoldi. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili