6-sinf Ona tili №5 Mart 30, 2022Mart 30, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №5 ga fikr bildirilmagan. 0 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №5 HARAKAT NOMI HARAKAT NOMINING YASALISHI MUSTAHKAMLSH SIFATDOSH SIFATDOSHLARNING ZAMON SHAKLLARI .O’TGAN ZAMON SIFATDOSHI Mavzular yuzasidan testlar 1 / 50 Leksikografiya nimani o’rganadi? A) lug’at va uning turlarini B) so’z va uning ma’nolarini C) harf va belgilarni D) frazeologik iboralarni 2 / 50 Qanday so'zlar tub so'zlar deyiladi? A) tarkibida so'z o'zgartiruvchi qo'shimchasi bo’lmagan so'zlar B) tarkibida shakl yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan so'zlar C) old qo’shimchasi bo’lgan so’zlar D) tarkibida so'z yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan so'zlar 3 / 50 Bilim bilan kishining martabasi oshadi , ilmsizlik kishini tubanlashtiradi Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan ? A) 5 B) 4 C) 2 D) 3 4 / 50 Osmon mo’tabar otaxonlarimiz va onaxonlarimizning duolari singari oppoq va dilga yaqin. Ushbu gapda nechta lug’aviy shakl yasovchi qo’shimchalar ishtirok etgan? A) 3 B) 2 C) 4 D) 5 5 / 50 Fe’l asosida ifodalangan harakat —holat haqidagi xabar ma’nosini ifodalovchi fe’l shakli qanday shakl sanaladi? A) mayl shakli B) zamon shakli C) shaxs-son shakli D) nisbat shakli 6 / 50 Orttirma nisbat qo’shimchasi –dir haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri? A) jarangsiz undosh bilan tugagan fe’llarga-tir tarzida qo’shiladi B) –dir orttirma nisbat qo’shimchasi lug’aviy shakl yasovchi qo’shimcha hisoblanadi C) orttirma nisbat qo’shimchasi –dir kesimlik qo’shimchasi bilan omonim hisoblanadi D) jarangli undosh bilan tugagan bir bo’g’inli va ko’p bo’g’inli fe’llara doim- dir tarzida qo’shiladi 7 / 50 Qaysi gapda majhul nisbatdagi fe’l mavjud ? A) Tuguncha ichidagilar yerga to’kildi B) Bir pasda janjal boshlandi C) Uzoqdan suv ko’rindi D) Qo’riq yer ekin ekishga tayyorlandi 8 / 50 Harakat nomi ishtirok etgan gapni toping A) Uning dili siyoh bo’ldi B) Ko’kdagi qoramtir bulutlar asta-sekin tarqala boshladi . C) Sizlar uyga borib turinglar ,men dalani bir aylanib kelaman D) Amir Temurning hayoti va ijtimoiy –siyosiy faoliyatini o’rganish bizda endi boshlandi 9 / 50 Odatlanmoq fe’li qaysi nisbatdagi fe’l hisoblanadi ? A) aniq B) birgalik C) majhul D) orttirma 10 / 50 Harakat nomlarini aniqlang A) yuksalish, tanimoq , yashamoq,qurish B) qalam ,jasorat ,iroda ,maqsad C) tozalik,mashg’ulot ,jamoat D) chaqqon ,sabzavot ,poliz,suv 11 / 50 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan ? A) Shuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o’zidan –o’zi ko’ngildan chiqdi ketdi . B) “Hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani kuydirgan “,-deb oh chekdi . C) Temirchi degan kuyib kuyib temirchi bo;ladi-da. D) O’ktam yura – yura keng maydonga chiqib qoldi. 12 / 50 Qaysi gapda o’tgan zamon sifatdoshi qatnashmagan ? A) Salima yaxshi dars tayyorlagani uchun maqtovga sazovor bo’ldi. B) Bolalar o’ynab kelgani ko’chaga chiqdi C) Shuncha o’qisa ham, uning bilganidan bilmagani ko’p ekan. D) Yaxshi o’qigani uchun u mukofotlandi 13 / 50 Yo’lchi og’ir ho’rsindi Ushbu gapda qo’llangan fe’l qaysi nisbatda ? A) aniq B) birgalik C) o’zlik D) majhul 14 / 50 Bilgan topib so’zlar ,bilmagan qopib ,deganlaridek ,onangni aytmoqchio bo’lgan so’zi faqat shu edi Mazkur gapdagi sifatdoshlarning zamonini ,otlashgan sifatdoshni ko’rsating A) o’tgan zamon ,bilgan ,bilmagan B) o’tgan zamon,bilgan ,so’zlar C) o’tgan va kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar D) kelasi zamon ,bilgan ,so’zlar 15 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Poezd soat ikkilarda stansiyadan qo’zg’aldi . B) Muzdekkina tong shabadasi ochiq derazadan esadi C) Halimaning ko’zida sevinch chaqnaydi . D) Hayot yashash uchun kurashdan iborat . 16 / 50 Qaysi qatordagi fe’lga bir yo’la ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) Ahmadjon polkovnikni chaqirtirdi B) Kampir bemorning og’ziga suv tomizdi C) Chol maktubni Xayrinisoga o’qittirdi D) Boy shum bolani bozorga choptirdi 17 / 50 Harakat nomi qanday qo'shimchalarni olishi mumkin? A) kelishik B) barchasi to 'gr’i C) ko 'plik D) egalik 18 / 50 Bir fe’l o’zak negiziga qaysi nisbatning ikki uch qo’shimchasi ketma ket qo’shilishi mumkin ? A) majhul B) o’zlik C) aniq D) orttirma 19 / 50 O’tgan zamon sifatdoshi berilgan so’zlar qatorini aniqlang . A) bilimli ,siniq ,torgina B) gapirmoq ,bormoq ,aytmoq C) qizil ,pushti ,oq D) soqqan ,kechikkan ,qo’rqqan 20 / 50 Qaysi xususiyat harakat nomiga xos ? A) Harakat nomi fe’llar kabi tuslanadi B) Harkat nomlari zamonni ko’rsatadi C) Harakat nomlari shaxs son ko’rsatadigan fe’l shakllaridan hisoblanadi D) Harakat nomlari otlar kabi turlanadi 21 / 50 Fe’lning sifatdosh shakli qatnashgan gap qatorini belgilang A) Tabiat sirlarini bilish va aqlni o’stirish uchun odam har doim aqlini mashq qildirib turish kerak . B) Cho’lning sahro shamoli va cho’l quyoshidan qoraygan yuzida g’azab alomati yo’q edi . C) Teatr Yunonistonda paydo bo’lgan . D) Havo tebranishlari to’siqqa uchrasa xuddi koptokdek orqaga qaytadi . 22 / 50 Fe'lning harakat nomi shakli qo'shimchasi berilgan javobni toping. A) -gan B) -moq C) -ma D) –ib 23 / 50 Qaysi qatordagi gapda otlashgan sifatdosh qo’llangan ? A) Ko’z bilan ko’rgan eshitgandan afzaldir . B) O’qigan olim ,o’qimagan o’ziga zolim . C) Bilim –qaytarish va takrorlash mevasidir . D) Yaxshi xulq yaxshilik alomatidir . 24 / 50 Otlashgan sifatdosh qo’llangan gapni toping A) Men she’rga soldim aytar so’zimni ,Baxtiyor sezaman g’oyat o’zimni B) U bugungi pochtani indamay ko’ra boshladi C) To’tixon xatni ko’ziga surtar ,o’par ,hidlar edi D) Chaqirilganlar ro’yxatga tirkalgandir 25 / 50 Qaysi qo’shimchalar bilan yasalgan harakat nomi bo’lishsizlik ko’rsatkichi –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi ? A) –(u)v B) –(i)sh C) –moq D) qabul qilmaydi 26 / 50 Fe’ldagi nisbat qo’shimchalari qaysi qo’shimchalar turiga mansub ? A) so’z shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) fe’l yasovchi qo’shimchalar C) kichraytirish erkalash qo’shimchalari D) so’z o’zgartiruvchi qo’shimchalar 27 / 50 Harakat nomi qo’shimchalari to’g’ri berilgan qatorni belgilang. 1.-ish 2.-uv 3.-gan 4.-gani 5.-moq 6.-ar 7.-mak A) 1,2 B) 1,2,5,7 C) 1,2,3,4,5,6,7 D) 1,2,5 28 / 50 Otlashgan sifatdosh ishtirok etgan qatorni aniqlang . A) O’zaro kurashayotgan tomonlar tinchlik yo’lidagi sog’lom tashabbuslarni tushunishni istamayaptilar B) Arzimas narsa uchun xafa bo’laveradigan kishining do’stlari dushmanga aylanaveradi C) Hamma xonalar nihoyatda did bilan bezatilgan . D) Ayrilganni ayiq yer ,bo’linganni bo’ri yer . 29 / 50 Harakat nomi berilmagan gapni toping A) Botirlar qo’rquvni bilmaydilar . B) Bilim o’qish va takrorlash mevasidir . C) Maqsadimiz – tinch yashash ,o’qish va ishlash D) O’qish,o’rganish—hammaning burchi 30 / 50 Harakat nomi qanday sintaktik vazifa bajaradi? A) to'ldiruvchi B) Barcha gap bo'laklari vazifasida kela oladi. C) ega D) kesim 31 / 50 Yuvintirishdi fe’li qaysi nisbatdaligini aniqlang A) o’zlik B) orttirma C) majhul D) birgalik 32 / 50 Qaysi qatordagi gapda sifatdosh mavjud? A) A.Jomiy ---sharqning buyuk mutafakkiri B) Tong saharlab darvoza taqqilladi . C) Kecha yoqqan qor tezda erib ketdi D) Ko’klam kelsa ko’chat ek degan ekan mashoyihlar. 33 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli qaysi gap tarkibida qo’llangan A) Bilim olish va yuksalish sharafli burchingizdir . B) Suv shovullab oqmoqda . C) Manzuraxon mehmonxona eshigini sekin ochdi D) Haydar tayyor edi . 34 / 50 Sifatdosh qaysi javobda berilgan A) Bog’imizga gul ko’chati ekkani bordik . B) Ariqchada kumushdek suv shildurab oqmoqda C) Yangi qurilgan maktabning ochilishi bolalar uchun unutilmas bayram bo’ldi . D) Quyosh chiqquncha manzilga yetib borishdi 35 / 50 Berilgan gapdagi sifatdosh qaysi zamon ko’rsatkichini olgan ? Derazasi ko’chaga qaragan uy oynalaridan tashqariga chiroq yorug’i tarqalmoqda A) sifatdoshda zamon ko’rsatkichi bo’lmaydi B) o’tgan zamon C) hozirgi zamon D) kelasi zamon 36 / 50 O’qittirishdi fe’lida nechta nisbat qo’shimchasi mavjud? A) 3 ta B) 1 ta C) 4 ta D) 2 ta 37 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni ko’rsating A) Bolalar o’tloqqa chiqib olishdi B) Vohid ho’l sochlarini taray-taray bog’ga sho’ng’idi C) Laylakning ketishini emas ,kelishini kutishadi D) Esayotgan mayin shabada Komiljonga juda yoqimli tuyuldi . 38 / 50 Harakat nomlari gapda qanday bo’lak vazifasida keladi? A) ikkinchi darajali bo’lak vazifasida B) A, C C) bosh bo’lak vazifasida D) faqat ega vazifasida 39 / 50 Qaysi qatordagi fe’llarda ikkitadan nisbat qo’shimchasi mavjud ? A) surishtirdi,o’tkazdi,to’kildi B) yozdirildi,urishdi,o’zgartirdi C) qurdirdi ,bitkazdi,keltirdi D) sevintirdi ,yozdirildi ,so’rattirdi 40 / 50 Harakat nomi qatnashgan gapni toping A) Kimdir eshikni ohista taqillatdi . B) Sukunat ichra mashinaning ovozi eshitildi C) Hamma maktabga shoshilmoqda D) O’qishga kirish –mening oily maqsadim . 41 / 50 Yuvintirildi so’zidagi nisbatlar nomi qaysi qatorda tog’ri berilgan? A) majhul,o’zlik,aniq B) aniq,majhul, nisbat C) o’zlik,ortirma, majhul D) o’zlik,ortirma, birlik 42 / 50 Qaysi qatorda fe’lning sifatdosh shakli berilgan ? A) Bir kalima shirin so’z qilichni qiniga kiritar . B) Vahima –dushmanning yo’ldoshi C) Davlat –qo’shini fuqarolariga sadoqatli va fidoiyligi bilan qudratlidir D) Yozilgan narsa avlodlar xotirasida ,qilingan ishdan ham uzoq yashaydi 43 / 50 O'tgan zamon sifatdoshi qaysi qo'shimcha yordamida hosil qilinadi ? A) -gan B) -ydigan ,adigan ,-(a ) r C) - b(ib) D) - yotgan 44 / 50 Harakat nomi berilgan gapni toping A) qo’rqmoq ,o’qish ,yashash B) otgani ,sepganda ,mustahkamlash C) o’qimoq ,kulgan ,oqqach D) o’rganish ,topmoq,kelib 45 / 50 Birdan ortiq nisbat qo’shimchalarini olgan fe’llarning qaysi nisbatdaligi qanday belgilanadi ? A) o’zakka nisbatan eng yaqin joylashganligiga qarab B) nisbat hosil qiluvchi oxirgi qo’shimchaga qarab C) nisbat hosil qiluvchi birinchi qo’shimchaga qarab D) tarkibida birdan ortiq nisbat hosil qiluvchi qo’shimchalar bo’lgan fe’llar bir necha nisbatga oid bo’ladi 46 / 50 Qaysi javobdagi fe’llarda ikkita nisbat qo’shimchasi qo’shilgan ? A) so’ratasan,borilgan ,terilibdi B) kesilguncha ,tarqalsa ,ilg’ab olmoq C) uqtirdi ,to’kishdi ,ilindi ,olingan D) kiyintiribdi ,yozdirildi ,ko’rsatilgan 47 / 50 Harakat nomining qaysi shakli bo’lishsizlik ko’rsatkichi -ma qo’shimchasini qabul qiladi ? A) –u(v) shakli B) Harakat nomining uchala shakli ham –ma qo’shimchasini qabul qilmaydi C) –(i)sh shakli D) –moq, (i)sh shakli 48 / 50 Fe’lning harakat nomi shakli tarkibida qanday qo’shimchalar bo’lishi mumkin? A) nisbat shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar B) mayl shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar C) zamon shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar D) shaxs-son shaklini hosil qiluvchi qo’shimchalar 49 / 50 Harakat nomi berilgan qatorni aniqlang A) ko’chish ,o’qish ,turmush B) yayov bormoq ,hikoya qilmoq C) o’tov ,yaylov ,qatnov D) boshqaruv ,o’lchov ,tinglash 50 / 50 Qaysi qatorda sifatdosh yasovchi qo’shimchalar berilgan ? A) –ar ,-mas ,-yotgan B) –(i)b, -a ,-y ,-gan C) –gach ,-gani ,-qach D) –gan ,-moq ,-moqchi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili