6-sinf Ona tili №2 Mart 29, 2022Mart 29, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan 6-sinf Ona tili №2 ga fikr bildirilmagan. 4 Vaqtingiz tugadi! 6-sinf Ona tili №2 MATN VA MAVZU II MORFOLOGIYA SO’Z TARKIBI ASOS VA QO’SHIMCHALAR SO’Z YASOVCHI QO’SHIMCHALAR TUB VA YASAMA SO’ZLAR Mavzular yuzasidan testlar 1 / 44 Tasviriy matn haqida berilgan qaysi hukmlar to’g’ri ? 1 Tasviriy matn darsliklarda ko’proq qo’llaniladi . 2 Tasviriy matn badiiy adabiyotda ko’proq qo’llaniladi . 3 Tasviriy matn ilmiy adabiyotlarda ko’proq qo’llaniladi . A) 1,2 B) 1,3 C) 1,2,3 D) faqat 2 2 / 44 Qaysi javobdagi so‘zlar imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan? A) tehnika, raxbar B) jabha, juziy C) muhrdor, hamrox D) taajjub, masjid 3 / 44 jo’ja va jirafa so’zlaridagi j tovushlari qaysi jihatdan o’zaro farqlanadi? A) jarangli va jarangsizligiga ko’ra B) portlovchi va sirg’aluvchiligiga ko’ra C) til qismlarining harakatiga ko’ra D) talaffuzida labning ishtirokiga ko’ra 4 / 44 Qaysi so‘z imlosiga ko‘ra xato yozilgan? A) burushmoq B) badhazim C) boshboshdoq D) boshmaldoq 5 / 44 Yopiq bo'g'inlarni toping A) gul-chi,so-at,pesh-voz B) yu-bor,ham-dam,ol-ma C) os-mon,mak-tab,tok-zor D) qu-loq,so-ya,jang 6 / 44 Qanday so'zlar tub so'zlar deyiladi? A) old qo’shimchasi bo’lgan so’zlar B) tarkibida shakl yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan so'zlar C) tarkibida so'z o'zgartiruvchi qo'shimchasi bo’lmagan so'zlar D) tarkibida so'z yasovchi qo'shimchasi bo'lmagan so'zlar 7 / 44 Tub so'zni aniqlang. A) sanamoq B) ranjimoq C) ushla D) tunamoq 8 / 44 qarsak so'zi o'zagini toping? A) qar B) qarsak C) qarsa D) qars 9 / 44 Qaysi so'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) qavariqroq B) suvoqchilik C) qochirim D) chidamli 10 / 44 "qoramtir" so'zida nechta so'z yasovchi qo'shimch bor? A) 1 ta B) 2ta C) Bu tub so'z D) 3ta 11 / 44 Asabiylashtirmoq so'zi tarkibidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping, A) 2ta B) 3ta C) 4ta D) 1ta 12 / 44 Namgarchilikda so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) 4 B) 2 C) 5 D) З 13 / 44 Qaysi gapda sodda yasama so’z mavjud? A) Vatanni sevmoq iymondandir. B) Mashina yigitcha turgan yerga kelib to’xtadi. C) Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o’ynamoqda. D) Dunyoning ishlariga hayron qolmay ilojing yo’q. 14 / 44 Tarkibida yasama so’z mavjud bo’lgan gapni toping. A) Teg desam tegmaydi, tegma desam tegadi B) Uning so’zlaridan bezor bo’ldim C) Yurtimiz bog’lari doimo gullar D) Musobaqa g’oliblariga yaxshi sovg’alar topshirildi 15 / 44 “o’ynatdim “so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 5 ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta 16 / 44 Suvoqchilarni so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 4 ta B) 2 ta C) 1 ta D) 3 ta 17 / 44 Tarkibida uchta qo’shimcha mavjud bo’lgan so’zni toping. A) faxrlanmoq B) odatlanmoq C) sanalmoq D) jonlanmoq 18 / 44 Yasama so’z berilgan qatorni toping. A) bitirmoq B) to'latmoq C) o'sib bormoq D) sezmay turdi 19 / 44 Dehqonchilikdan so'zida nechta morfema (ma'noli qism) bor? A) 5 B) 2 C) 4 D) 3 20 / 44 Sodda yasama so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) alirgul, o'rinbosar, oqqush B) tok qaychi dunyoqarash tomorqa C) serhosil, o'xshovsiz, noto'g'ri D) yerto'la. belbog', mingoyoq 21 / 44 Boshlangich ta’lim bilimlar poydevori hisoblanadi. Berilgan gapda jami nechta qo‘shimcha qo’llangan? A) 11 ta B) 10 ta C) 9 ta D) 8 ta 22 / 44 Tub so'zni aniqlang. A) boylik B) sana C) yuksak D) aqlli 23 / 44 O'zak nima? A) So'zda albatta ishtirok etadigan,lug'aviy ma'no ifodalaydigan morfemadir B) Qo'shimchalar qabul qilmaydigan morfemaning yaxlit shakli C) So'z yasash va o'zgartirish uchun xizmat qiluvchi morfema D) Mustaqil holda lug'aviy ma'no ifodala olmaydigan morfema turi 24 / 44 Tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimchasi mavjud bo'lgan so'zni toping A) ozroq B) shildiroq C) isitma D) chanqoq 25 / 44 Bilim bilan kishining martabasi oshadi , ilmsizlik kishini tubanlashtiradi Ushbu gapda nechta so’z yasovchi qo’shimcha ishtirok etgan ? A) 4 B) 2 C) 3 D) 5 26 / 44 to’quvchilik so’zida nechta ko’makchi morfema bor ? A) 1 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 27 / 44 Olaverasizmi so'zi nechta ma'noli qismga ajraladi? A) 4ta B) 6ta C) 5ta D) 3ta 28 / 44 Tarkibida ikkita qo’shimcha mavjud bo’lgan so’zni toping. A) odatlandi B) barcha so’zda uchta qo’shimcha mavjud C) pullashdi D) ishlashdi 29 / 44 Qush qoidalari bilan yuksaklikka ucha olmaysan. Qo'shimchalar sonini aniqlang. A) 8ta B) 7 ta C) 6 ta D) 5ta 30 / 44 Qaysi zo'z tarkibida ikkita so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) mehnatkashlardan B) boshladik C) sersuvroq D) tinchlikni 31 / 44 Insoniyat qadimdan go’zallikni ulug’lab kelgan.Ushbu gapda so’z yasovchilar soni nechta ? A) 5 B) 2 C) 3 D) 4 32 / 44 Saylov ,uyum so'zlarini o'zagini aniqlang? A) sayl, uyum B) saylov uyim C) sayla, uy D) saylov , uy 33 / 44 Asosdosh so'zlar berilgan qatorni aniqlang. A) ) so'z, so'zim, so'zlar B) tinch, tintuv, tingan C) yig'im, yig'iq, yig'indi D) sig'gan, sig'inish, sig'im 34 / 44 Qaysi so'z tarkibida uchta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud A) ko'pchilik B) ishlarmiz C) etikdo'z D) terimchilik 35 / 44 Xato bilimdonlikdan bilimsizlik afzal. Ushbu gapdagi bilimdonlikdan so'zidagi so'z yasovchi qo'shimchalar miqdorini toping. A) 4 B) 3 C) 5 D) 2 36 / 44 Bilimdon'likdan so'zida nechta morfema (ma'noli so'z) bor? A) 4 B) 2 C) З D) 5 37 / 44 Tub so'z qaysi qatorda berilgan? A) tiniq B) og'riq C) yamoq D) loyiq 38 / 44 Kamtar bo’l, barchani etgil bahramand, Sening ham martabang bo‘lg‘usi baland. (A. Jomiy) Ushbu baytda nechta qo‘shimcha ishtirok etgan? A) 6ta B) 4ta C) 5 ta D) 7ta 39 / 44 Siz eng tekis yo‘ldan kelasiz, biroq Sizning yo‘lingizdan so‘qmoq yaxshiroq. Berilgan jumlada jami nechta affiks qo‘llangan? A) 6 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 7 ta 40 / 44 Quyidagi so'zlarning qaysisi uchta ma'noli qismlarga bo'linmaydi? A) sevinch B) sog’inch C) yupanch D) o'tinch 41 / 44 Quyidagi so’zlarning qaysilarida so’z yasovchi qo’shimcha mavjud? 1.so’lim 2. qo’lim 3. bo’lim 4. kesim 5. elim 6. bo’rim 7. bosim 8. bitim 9.tunim A) 3,7,8 B) 2,3,8,9 C) 3,4,7,8 D) 3,4,5,7.9 42 / 44 Qaysi qatorda yasama so’z berilgan? A) yaxshiroq B) iliqroq C) dasturxonimizda D) maqtanmoq 43 / 44 Qaysi qatorda tub so'z bor? A) iliq B) porloq C) savala D) sharshara 44 / 44 Qaysi qatorda o'zakdosh so'zlar berilgan ? A) kasbdosh ,sinfdosh ,maslakdosh B) namunali ,odobli ,zehnli C) yurtdosh ,yurtim ,yurtga D) guldon ,siyohdon ,qalamdon 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86%-100% 5 baho 71%-85% 4 baho 56%-70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster 6-sinf Ona tili