Biologiya attestatsiya №8 Mart 11, 2022Mart 11, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Biologiya attestatsiya №8 ga fikr bildirilmagan. 0% 28 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Biologiya fanidan attestatsiya savollari №8 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 Modda va energiya almashinuv manbayi nima? A) Energiya B) Quyosh nuri C) Atom D) Ozuqa 2 / 40 Qanday genotipli odamlarning sochi taram taram boʻladi A) Retsessiv gomozigota B) Gomozigota dominant C) A va B D) Geterozigota dominant 3 / 40 Gipofez bezining gormonlari qaysi organga ta’sir ko’rsatishi bilan juftlab ko’rsating. 1) tireotrop 2) gonadotrop 3) adrenokortikoid a) qalqonsimon bez b) buyrakusti bezi c) jinsiy bezlar f) epifez bezi A) 1-a, 2-c, 3-c B) 1-a, 2-b, 3-c C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 4 / 40 Quyidagilardan xromosomasi 24 taga tenglarini aniqlang? a)qalampir arxeosporasidagi metafaza I da b)diploid navli tamaki mikrosporasini anafazasida c)olxo`ri arxeosporasida meyozdan so`ng d)tetraploid navli tamaki arxeosporasini profaza II da e) no`xatni mikrosporasini anafazasida autosomalari A) a, b B) c, d, e C) b, c, d D) a, d 5 / 40 Martishkaga xos bo’lgan belgilar qaysi javobdato’g’ri keltrilgan ? 1)sutemizuvchilarning issiq qonli vakili; 2) uzundumli, keng burunli maymun; 3) o’mrov suyagi ayri shaklda; 4) ko’zlari boshining ikki yonida joylashgan; 5) primatlarning tor burunli maymunlar guruhigakiradi; 6) barmoqlari yungsiz, tirnoqlari yassi; 7) klaokaga ega, tuxum qo’yib ko’payadi 8) sutemizuvchilar sinfining xaltalilar kenja sinfigamansub; A) 2.6 B) 4.6 C) 3,5,7 D) 1,3,8 6 / 40 So‘lak tarkibidagi (a) , oshqozon shirasi tarkibidagi (b) va jigar ishlab chiqaradigan (c) ko‘pchilik mikroorganizmlami yo‘q qiladi. A) a- lizotsim b- xlorid kislota c- o‘t suyuqligi B) a- lizotsim c- xlorid kislota b- o‘t suyuqligi C) b- lizotsim a- xlorid kislota c- o‘t suyuqligi D) c- lizotsim b- xlorid kislota a- o‘t suyuqligi 7 / 40 Tog` jinslarining yemirilishiga (a), temir rudasining to`planishiga(b), tuproqni azotli birikmalarga boyitishda (c), atomlarning biogen migratsiyasi(d) ga sabab bo`luvchi bakteriyalarni belgilang. 1-temir bakteriyasi, 2- oltingugurt bakteriyasi, 3- xemosintezlovchi bakteriyalar. 4- nitrifikator bakteriyalar A) a-2, b-1, c-3, d-4 B) a-2, b-1, c-4, d-3 C) a-3, b-1, c-4, d-2 D) a-1, b-2, c-4, d-3 8 / 40 Jinsiy bezlar funksiyasi va faoliyatiga xos xususiyatlar to’g’ri ifodalangan javobni aniqlang. A) tuxumdonlar tuxum hujayralar hosil qiladi va qonga estrogen gormonlari ishlab chiqaradi B) tez-tez shamollash, va infeksiya kasalliklari tuxumdonlarning yallig’lanishi hamda bepushtlikka sabab bo’lolmaydi C) erkaklarning jinsiy bezlari bir juft urug’donlar-moyaklardan iborat. Ular jinsiy yo’llarga tuxum hujayralar va androgen gormonlari ishlab chiqaradi D) tuxumdonlar bachaqon orqasida, katta chanoq bo’shlig’ida joylashgan 9 / 40 Qaysi javobda bukuvchi muskullar to'g'ri ko'rsatilgan? 1) yelkaning uch boshli muskuli; 2) boldirning orqa sohasi muskullari; 3) yelkaning ikki boshli muskuli; 4) bilakning orqa sohasi muskullari; 5) boldirning old sohasi muskullari; 6) kaftning tashqi yuzasidagi muskul; 7) sonning sohasidagi muskul A) 2, 3, 7 B) 1, 4, 6 C) 3, 4, 6 D) 2, 3, 5, 7 10 / 40 Umurtqalar soni 33 ta bo`lgan katta yoshli odamning tabiiy egilishlarda ishtirok etmagan umurtqalar soni nechta? A) 3 B) 5 C) 4 D) 29 11 / 40 Hayotiy shakliga ko’ra yalpizdan farq qiluvchi lekin hayotiy shakli bir xil bo’lgan o’simliklar qatorini ko’rsating. 1) sarsazan; 2) iloq; 3) momaqaltiroq; 4) zig’ir; 5) uchqat; 6) sallagul; 7) kanakunjut; 8) isiriq; A) 3,4,7 B) 2,4,8 C) 1,2,6 D) 4,6,7 12 / 40 Liftok (a), qo’ng’irbosh (b), yasmiq (c) qaysi oila vakillari hisoblanadi. A) a-tokdosh; b-karamdosh; c-ituzumdosh; B) a-ra’nodosh; b-ituzumdosh; c-burchoqdosh; C) a-qovoqdosh; b-sho’radosh; c-bug’doydosh; D) a-tokdosh; b-bug’doydosh; c-burchoqdosh ; 13 / 40 Ulotriksni jinsiy va jinssiz ko`payishida 256 ta izogameta va 40 ta zoospora hosil bo`lgan bo`lsa, izogametalarninng 50% dan zigota hosil bo`lib ulardan ulotriks iplari hosil bo`ldi. Jinsiy ko’payish natijasida qancha ulotriks iplari hosil bo`lgan. A) 256 B) 296 C) 328 D) 212 14 / 40 Qo’ng’ir ayiq va ilvirs uchun umumiy bo’lmagan sistematik birliklarni aniqlang. 1) tur; 2) urug’; 3) oila; 4) turkum; 5) sinf; 6) tip; 7) dunyo; A) 5, 6, 7 B) 1, 2, 3 C) 1, 3, 6 D) 2, 4, 6, 7 15 / 40 Hayvonlar orasidan yuragida faqat venoz qon bo’ladiganlarini toping.1) yo’lbars; 2) tovus; 3) manta; 4) triton; 5) kaltakesak; 6) qilquyruq; 7) timsoh; 8) burgut; 9) kiyik; 10) zog’ora; 11) qurbaqa; 12) ot; 13) kaptar; 14) ilon; 15) salamandra; A) 4, 10, 15; B) 1, 6, 9; C) 3, 6, 10; D) 2, 8, 14; 16 / 40 Generativ organlar o‘simlikning ……. ta’minlaydi, ularga……. kiradi. Nuqtalar o’rniga mos javobni toping. A) ko‘payishi va tarqalishini; gul va urug’ B) oziqlanishini; barg va ildiz C) O’sishi va rivojlanishini; gul va meva D) ko’payishi va rivojlanishini; poya va meva 17 / 40 AaBb genotipli organizmlar o'zaro chatishtirilishidan olingan avlodda 2 ta retsessiv genli va 3 ta dominant genli individlar nisbatini aniqlang. A) 1:1 B) 3:4 C) 2:3 D) 3:2 18 / 40 Qirqquloqlarning hayot sikli ketma-ketligidagi 1-, 2- va 3- raqamlar bilan berilgan organlarni aniqlang A) 1-arxegoniy; 2-sporangiy; 3-murtak B) 1-uruglanish; 2-gametofit; 3-anterediy C) 1-sporangiy; 2-arxegoniy; 3-gametofit D) 1-anterediy; 2-gametofit; 3-anterediy 19 / 40 O‘simliklar oziqlanish jarayonida A) glukoza parchalab atmosferaga karbonat angidrid va kislorod ajratadi B) avtotrof oziqlanganligi sababli aktiv harakat kuzatiladi C) atmosferadan karbonat angidridni o‘zlashtirib, glyukoza hosil qiladi va kislorod ajratadi. D) atmosferadan kislorodni o‘zlashtirib, karbonat angidridni ajratadi. 20 / 40 Mamlakatimizda qanchadan ortiq tabiat yodgorliklari ro'yxatga olingan? A) 800 B) 400 C) 600 D) 500 21 / 40 Quyidagi ta’riflarni tegishli hayvonlar bilan juftlang? 1)ikki yon tomonida joylashgan uzun tuklarga ega; 2)o’simliklarning yashil qismini yeb zarar keltiradi; 3) nobud bo’lgan hayvonlarning qoldiqlarini yeb sanitarlik vazifasini bajaradi; 4) oyoq terisida parazitlik qiladi; 5) yuragi uch kamerali, sovuqqonli hayvon; A) 1 – nereida; 2 – baqachanoq; 3 – daryo qisqichbaqasi; 4 – leyshmaniya; 5 – skat; B) 1 – yomg’ir chuvalchangi; 2 – sakkizoyoq; 3 – daryo qisqichbaqasi; 4 – rishta; 5 – triton; C) 1 – nereida; 2 – shilliqqurt; 3 – daryo qisqichbaqasi; 4 – rishta;5 – triton; D) 1 – rishta; 2 – shilliqqurt; 3 – daryo qisqichbaqasi; 4 – salamandra; 5 – triton; 22 / 40 23. Prokariotlar berilgan qatorni toping. 1. Gerpess; 2. Kokklar; 3. Spirilla; 4. Laminariya; 5. Xlamidomonada; 6. Manta; 7. Muxomor; A) 1,2,7; B) 3; C) 4,5,7; D) 2,6; 23 / 40 Qaysi yuksak o'simliklarda urug’lanish jarayonida arxegoniy ishtirok etadi. A) qarag'ay, qayrag'och; B) saur archa, funariya; C) eman, zarang; D) qora qarag'ay, zarang; 24 / 40 Laboratoriya mikroskopning 20x lik okulyar bilan pomidor hujayrasini ko’rilganda tasvir 800 marta kattalashtirildi. Obektiv o’zgartirmasdan 10x lik okulyar qo’yilganda tasvir necha marta kattalashadi. A) 800 B) 400 C) 600 D) 200 25 / 40 Achambiti o’simligi guli uchun xos bo’lmagan javobni toping. A) changchilari ikki halqada joylashgan B) urug’chibarglar soni gulkosachabarglar soniga teng C) urug’chisi bitta D) gulkosachabarglari soni gultojibarglar soniga teng 26 / 40 Exinokokk uchun quyidagi javoblarni noto’g’risini toping. A) odamga tuxum holatida yuqadi; B) ichi suyuqlik bilan to’lgan finnasida lichinkalar bo’ladi; C) Lichinkasi qoramolning jigarida rivojlanadi; D) tasmasimon chuvalchanglar tipiga mansub; 27 / 40 Quyida to’g’ri javob berilgan qatorlar soni nechta. A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta 28 / 40 Sershox qirqbo'g’imning jinssiz bo‘g’ini uchun mos javobni belgilang. A) tuxum hujayra hosil qiladi, poya-bargli o‘simlik B) spermatozoid hosil qiladi, gametofit hisobiga oziqlanadi C) mustaqil oziqlanadi, zigota hosil qiladi D) oziq modda to'playdi, zigotadan rivojlanadi 29 / 40 Murtakdan rivojlangan asosiy ildiz turi hayoti davomida rivojlanishda davom etadigan bir yillik o‘simliklar guruhini aniqlang. A) loviya, no’xat,g’oza; B) no’xat, sabzi, qovun; C) g’oza, bug’doy, arpa; D) qovun, lavlagi, sigirquyruq; 30 / 40 Odam askaridasi chuvalchangini qoramol tasmasimon chuvalchangiga o’xshash jihatlarini aniqlang. 1) nerv sistemasiga ega; 2) hazm qilish sistemasiga ega; 3) qizilo’ngach va anal teshigiga ega; 4) tanasi kutikula bilan qoplangan; 5) umurtqali organizmlarda parazitlik qiladi; 6) metamarfoz bilan rivojlanadi; 7) urg’ochisining jinsiy sistemasi ikkita tuxumdondan iborat; A) 1,2,3,4; B) 3,4,6 ; C) 2,4,6,7; D) 4,5; 31 / 40 Mevasi bitta mevabargdan hosil bo'ladigan, urug'i mevapallaga birikib turadigan o'simliklarni aniqlang? 1) karam; 2) turp; 3) rediska; 4) loviya; 5) mosh; 6) lola; 7) oq akatsiya; 8) chuchmoma A) 4,5,8; B) 1,2,3; C) 6,7,8; D) 4,5,7; 32 / 40 Qaysi javobda faqat bitta to’qimaga xos hujayralar berilgan? A) po’kak; epiderma, sklerid; B) lub parenximasi, lub tolasi; C) elaksimon nay, traxeid; D) kambiy, xlorenxima, meristema; 33 / 40 Ayirish sistemasi Ikki uchi ochiq naychalardan iborat organizmlarni toping? A) exinokokk, planariya; B) bitiniya, yomg'ir chuvalchangi; C) cho‘chqa tasmasimoni, rishta; D) jigar qurti, qoramol tasmasimoni; 34 / 40 Baqaning boshi tanasiga .... A) harakatchan, 2 ta umurtqa suyagi bilan birikkan; B) harakatchan 1 ta umurtqa suyagi bilan birikkan; C) harakatsiz 2 ta umurtqa suyagi bilan birikkan; D) harakatsiz birikkan 35 / 40 Quyidagi to’qimalardan qaysi biri ksilema tarkibiga kirmaydi. A) elaksimon nay; B) yog’ochlik parenximasi; C) yog’ochlik tolasi; D) o’tkazuvchi nay ; 36 / 40 Gulkosachabarglari qo’shilmagan (a) va qo’shilgan (b) o’simliklarni aniqlang? A) a-isirg’ao’t, achambiti; b-shaftoli, itqovun; B) a-tarvuz, tobulg’i; b-oloy hiyoli, olcha; C) a-karam, rediska; b-qovun, kanop ; D) a-oshqovoq, karam b- bodring, olga sorbariyasi; 37 / 40 Refleks hosil qiluvchi uzun va kalta o‘simtali hujayralari mavjud bo’lgan organizmlarni belgilang. 1. Triton; 2. Salamandra; 3. Xolmon isirg’agul; 4. Porfira; 5. Xlamidomonada; 6. Manta; 7. Achitqilar; A) 1,6; B) 1,2,7; C) 4,5; D) 3,7; 38 / 40 O’simlik to’qimalari uchun xos ta’riflar to’g’ri berilgan javobni aniqlang. a) asosiy to’qima b) mexanik to’qima. ; c) qoplovchi to’qima; d)o’tkazuvchi to’qima; e) hosil qiluvchi to’qima; 1)hujayralari yupqa va elastik hususiyatga ega; 2) tirik, zich joylashgan, bir qavat hujayralardan tashkil topgan; 3) qalin qobiqli cho’ziq, tirik hujayralardan iborat; 4) qalin, cho’ziq, tik joylashgan hujyralardan tashkil topgan; 5) qalin qobiqli cho’ziq o’lik hujayralardan iborat A) a-2,5; b-3; c-4; d-1 B) a-1; b-4,5; c-5; d-3 C) b-3,5; c-2; d-4; e-1 D) b-3,4; c-2; d-1; e-5 39 / 40 O’pka va terisi bilan nafas oluvchi, sovuq qonli hayvonni belgilang. A) triton; B) suvarak; C) manta; D) yo’rg’a tuvaloq; 40 / 40 Quyida berilgan qaysi o'simlik organlari shakli о'zgargan yerusti novda (a) va shakli o'zgargan barg (b) hisoblanadi? 1) tokning gajaklari; 2) atirgulning tikani; 3) do'lananing tikani; 4) kaktusning tikani; 5) zirkning tikani; 6) qulupnayning gajaklari; 7) bodring gajaklari; 8) no‘xat gajagi; 9) akatsiyaning tikani A) a - 4, 5, 8; b - 2, 6, 7 B) a -1, 3, 6, 7; b - 4, 5, 9; C) a -3, 4, 5; b - 1, 2, 6, 7; D) a - 1, 4, 7; b - 2, 3, 6, 8; 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Biologiya attestatsiya