Tarix attestatsiya №7 Fevral 27, 2022Fevral 27, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix attestatsiya №7 ga 2 fikr bildirilgan 0% 5 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Tarix fanidan attestatsiya savollari №7 DIQQAT! Endi siz o'z bilmingizni sinab ko'rish bilan birga sertifikatga ham ega bo'lishingiz mumkin. Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kiriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 «Oq inqilob» qayerda bo’lib o’tgan? A) Turkiyada B) Hindistonda C) Xitoyda D) Eronda 2 / 40 J.Svift yashagan yillarni toping. A) 1799-1837-yillar B) 1759-1805-yillar C) 1732-1799-yillar D) 1667-1745-yillar 3 / 40 O’rta asrlarga doir tarixiy atamalarni toping? A) Domen, Renessans, konung, allod B) Feodal, qaram dehqon, indulgensiya, proleteriat C) Inkvizitsiya, autodafe, skolyar, burjua D) Domen, jonka, vassal, ritsar 4 / 40 Xonlik o‘rdasi qurilgach, Xudoyorxon saroy devorlaridagi xattotlik ishlarini bajarishni kimlarga buyurgan. 1. Turdi Ali 2. Mirzo Mahmud 3. Muhammad Yunus A) 2.3 B) 1.2 C) 1,2,3 D) 1.3 5 / 40 1906-yilda nashr etila boshlagan «Xurshid» gazetasi muharriri bo‘lgan, quyidagi rasmda tasvirlangan vatandoshimiz faoliyati bilan bog’liq to‘g‘ri ma’lumotni belgilang. A) «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratgan. B) «Tarbiyai atfol» («Bolalar tarbiyasi») jamiyatini tash qil, talabalar Turkiyaga o‘qishga yuborgan. C) Jadid maktablari uchun «Adibi avval», «Adibi soniy», «Yer yuzi» kabi darsliklarni yaratgan. D) Otasi sharafiga «Behbudiya kutubxonasi» deb atalgan kutubxona tashkil qilingan. 6 / 40 1885- yilning yozidagi qaysi qo'zg'olonda qo‘zg‘olonchilar kurash usullarini o‘zgartirib, boylar va volost boshliqlarining qarorgohlariga hujum uyushtirdilar? A) Yetimxon B) Namangan uyezdining Oqsuv-Shahrixon volostidagi qo'zg'olonda C) Xo‘jand va 0‘ratepa tumanlaridagi qo'zg'olonda D) Darvishxon 7 / 40 Yaponiyada hukumat qaysi masalaga Yaponiyani uning ichki ishlariga chet davlatlar aralashuvi xavfidan himoya qiluvchi asosiy omil deb qaradi? A) xristian dini taqiqlash B) tashqi davlatlardan yopib qo'yish C) ishlab chiqarishni sanoatlashtirish D) budda dinini cheklash 8 / 40 Rossiyida krepostnoy huquqlari bekor qilingan vaqtda dehqonlarga berilgan yer nima deb atalgan? A) chek yerlar B) #VALUE! C) oprichnina D) #VALUE! 9 / 40 Madeyra oroli quyidagi qaysi davlat tomonidan kashf etilgan? A) portugaliyaliklar B) fransiyaliklar C) italiyaliklar D) angliyaliklar 10 / 40 Rim bilan Karfagen o'rtasidagi urushlar sababi ... A) Korsika masalasi B) Sitsiliya masalasi C) Krit oroli masalasi D) Sardiniya oroli masalasi 11 / 40 Boburning otasi Umarshayx Mirzoga akasi Sulton Ahmad hukmronligi davrida qaysi hududlar berildi? A) Sayram va Axsi B) Farg‘ona va Qobul C) Toshkent va Sayram D) Qobul va Xo‘jand 12 / 40 Rasmda qanday inshoot tasvirlangan A) Ilk Koreys universiteti B) Sejon Buyuk saroyi C) To‘g‘ri javob berilmagan D) Pulguksa ibodatxonasi 13 / 40 Yangi davr boshlarida jahon savdo yo'llari ko'chishi oqibatida quyidagi qaysi davlat shaharlari o'zlarining avvalgi ahamiyatini yo'qotdi? A) Ispaniya B) Portugaliya C) Italiya D) Angliya 14 / 40 Aka-uka Romul va Remni kim topib olib tarbiyalaydi? A) hunarmand B) cho‘pon C) bog‘bon D) dehqon 15 / 40 Oʻrta asrlardagi Osiyoning eng yirik shaharlari qatoriga kirmaydiganini ko‘rsating. A) Xyogo B) Kamakura C) Bag'dod D) Xanchjou 16 / 40 Quyidagi Choch tangasiga tegishli bo‘lgan asrda yuz bergan voqeani ko‘rsating. 1) G’arbiy Turk xoqonligi nihoyatda kuchay- gan; 2) Turk xoqonligi vujudga keldi; 3) Oʻrta Osiyoda shishasozlik rivojlangan; 4) Xorazmda bir necha hokimliklar bo‘lgan. A) 1 B) 1, 2 C) 4 D) 1, 2, 3 17 / 40 Oʻz a’zolarining manfaatlarini himoya qilish uchun tuzilgan savdogarlar va hunarmandlar uyushmasi bu ...? A) innovatsiya B) gildiya C) proletariat D) kapital 18 / 40 Ahmad Donish tomonidan yozilgan asarlar nomi keltirilgan javobni belgilang. A) «Xudoyqul Anvar», «Navodur ul-vaqoye» B) «Zubdat ut-tavorix», «Manozil ul-kavokib» C) «Ravzat us-safo», «Gulshani davlat» D) «Buxorodan Peterburgga sayohat», «Navodur ul-vaqoye" 19 / 40 ...da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Bu Sh. Mirziyoyevning Prezident sifatida xorijiy mamlakatlarga ilk rasmiy tashrifi hisoblanadi. A) 2017-yil 2-3-aprel B) 2017-yil 9-10-iyun C) 2016-yil 5-6-may D) 2017-yil 6-7-mart 20 / 40 Hindiston ko‘p etnosli, ko‘p tilli, aholisi eng tez ko‘payotgan mamlakat bo‘lgani uchun etnik muammolar doimiy saqlanib qolmoqda. Jumladan, Panjobda kimlar bilan bog‘liq etnik muammolar mavjud? A) braxmanlar B) sikxlar C) tamillar D) bengallar 21 / 40 ... - submintaqaviy xalqaro tashkilot bo'lib, Yevroosiyo hududining 61%ini egallaydi A) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi B) Birlashgan Millatlar Tashkiloti C) Shanxay Hamkorlik tashkiloti D) Yevropa Iqtisodiy Jamiyati 22 / 40 Quyidagilardan qay biri Parij kommunasi yo‘l qo'ygan xatolar sirasiga kirmaydi? 1) mamlakatning qolgan qismi kommunani qo'llabquvvatlamadi; 2) Kommuna kengashi ishida Kommuna ichki siyosati hususida birlikka erishib bo'lmadi; 3) Kommuna Parij dan qochib ketgan Tyer hukumatini taqib qilmadi; 4) Kommuna chet davlatlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘ymadi; 5) davlat xazinasini, banklarni o‘z qo'liga olmadi. A) 5 B) 4 C) 1 D) 2, 3 23 / 40 Temuriylar saltanati siyosiy tarqoqlik davrida bo'lganiga qaramay qaysi hukmdor davrda aholi tinchlik va osoyishtalikda yashadi? A) Sulton Mahmud B) Sulton Ahmad C) Abu Said Mirzo D) Umarshayx Mirzo 24 / 40 Qachon Oʻzbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining uchrashuvida ikki davlat chegaralarini aniq belgilab olishga bag‘ishlangan uchrashuvi bo‘lgan? A) 2003-yil B) 1999-yil C) 2000-yil D) 2001-yil 25 / 40 ...da Oʻzbekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida davlat chegarasini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qator bitimlar imzolandi. A) 1995-yil fevral B) 1996-yil yanvar C) 1998-yil sentabr D) 1997-yil fevral 26 / 40 Maurya davlatining paytaxti qaysi shahar bo‘lgan? A) Malla B) Magadxa C) Pataliputra D) Kashala 27 / 40 .. uning nomi “Shanxay Hamkorlik Tashkiloti - ShHT” deb o'zgartirildi. A) “Terrorchilik, ayrimachilik va ekstremizmga qarshi kurash to‘g‘risida Shanxay konvensiyasi” imzolanishi bilan B) Oʻzbekistonning “Shanxay forumi”ga kirishi munosabati bilan C) chegara hududlari bo‘yicha harbiy sohada o'zaro ishonchni mustahkamlash bilan bog'liq shartnoma imzolanishi bilan D) Turkmaniston tashkilot azoligidan chiqishi bilan 28 / 40 Qachon Oʻzbekiston Respublikasi ShHTning sammitida birinchi marta kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan? A) 2002-yil B) 2004-yil C) 2001-yil D) 2000-yil 29 / 40 Hindiston va Pokiston ShHTga a’zo sifatida qabul qilingan yilni aniqlang A) 2015-yil B) 2014 yil C) 2017-yil D) 2016-yil 30 / 40 Qachon Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi? A) 1992-yil iyul B) 1993-yil iyul C) 1992-yil iyun D) 1993-yil may 31 / 40 Quyidagilardan Ilk o‘rta asrlarda butun xristian dunyosi Rim imperatori hukmida birlashishi lozim deb hisoblagan (a) va maqsadi Rim imperiyasining avvalgi hududlarini tiklash bo‘lgan (b) hukmdorlarni toping. 1) Otton I; 2) Otton III; 3) Yustinian I; 4) Buyuk Alfred. A) a-1, b-4 B) a-1, b-3 C) a-2, b-4 D) a-2, b-3 32 / 40 Quyidagilardan 2013-yilda Orolni qutqarish xalqaro jamg'armasi prezidenti lavozimida ishlagan shaxsni aniqlang. A) I.Rahmonov B) N.Nazarboyev C) G.Berdumuhammedov D) I.Karimov 33 / 40 O‘rta Osiyida V asr o‘rtalariga kelib sug‘oriladigan yerlarning asosiy qismi kimlarning qaramog‘ida bo‘lgan? A) mulkdor dehqonlarning B) mahalliy hukmdorlarning C) ibodatxona kohinlarining D) qishloq jamoalarining 34 / 40 Yangi davr boshlariga kelib G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida agrar jamyatning yemirilishi, yangi sivilizatsiya- ning shakillanish jarayoni nechi asr davom etdi? A) besh asr B) to‘rt asr C) uch asr D) bir asr 35 / 40 Qachon BMT homiyligida “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo'lidagi hamkorlik” mavzusida anjuman bo‘lib o‘tgan? A) 2017-yil B) 2018-yil C) 2015-yil D) 2016-yil 36 / 40 Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov ... da amaliy tashrif bilan Turkmanistonda bo'ldi. A) 1997-yil fevral B) 1998-yil sentabr C) 1996-yil yanvar D) 1995-yil fevral 37 / 40 Bobur Mirzo Boysung‘ur Mirzo yashiringan qal’ani qamal qilayotgan vaqtda nima uchun qal’adagi askarlar orasida parokandalik ro‘y berdi? A) Bu vaqtda shahar ichida oziq-ovqat tanqisligi vujudga kelganligi tufayli B) Askarlarning otlari orasida o'lat tarqalgani sababli C) Ochlikka chiday olmagan oddiy xalq qo‘zg‘olon ko'targani sababli D) Bobur Mirzoning askarlari son jihatdan ustunlikka ega edi 38 / 40 ... da Moskvada o'tkazilgan MDH davlat boshliqlarining Kengashida Davlatlararo iqtisodiy qo'mita (DIQ) tuzildi. A) 1994-yil yanvar B) 1993-yil dekabr C) 1996-yil yanvar D) 1994-yil oktabr 39 / 40 Abdullaxon II ning o‘g‘li valiahd sifatida qaysi hududni boshqarar edi? A) Balx B) Badaxshon C) Karmana D) Samarqand 40 / 40 Rober de Sorbon kim bo‘lgan? A) qirol xonadoni ruhoniysi B) qirol maslahatchisi C) cherkov o'qituvchisi D) qishloq ruhoniysi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Tarix attestatsiya