Geografiya attestatsiya №4 Yanvar 27, 2022Yanvar 27, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Geografiya attestatsiya №4 ga fikr bildirilmagan. 0% 22 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Geografiya fanidan attestatsiya savollari №4 1 / 40 Buyuk Xitoy tekisligining janubiga qancha yog’in tushadi? A) 2000 mm B) 200 mm C) 500 mm D) 1000 mm 2 / 40 Ozon tuynugi deb nom olgan holat so’ngi yillarda qayerda xosil bo’ldi? A) Yevrosiyoning shimoliy kengliklarida B) Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida C) Yevrosiyonong janubida D) Janubiy amerikaning shimoliy qismida 3 / 40 Shimoliy Afrika tabiiy geografik o’lkasi tabiiy sharoitiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 3 ta tabiat kompleksiga ajratiladi. Shu tabiat komplekslaridan qaysi biri ortiqcha? A) Savannali Sudan yoki Saxel hududi B) toshloq cho’lli Sahroi Kabir cho’li C) Tog’li And o’lkasi D) qattiq bargli doimiy yashil o’rmonlar 4 / 40 Daryolar, yo‘llar, chegaralar qaysi shartli belgi bilan beriladi? A) Tushuntirish B) masshtabsiz C) Chiziqli D) yozuvli 5 / 40 Shimoliy Amerikaning aralash va keng bargli o'rmonlar zonasi uchun xos daraxt va o't o'simliklarni aniqlang. A) qora va oq qarag'ay, balzam pixtasi, Amerika tilog'ochi B) Baland bo'yli o't o'simliklar Kaktus-akatsiyali savannalar va eman-qarag'ayli siyrak o'rmonlar C) Amerika yong'og'i, marvaridgul, qarag'ay, qayin, tol, terak D) chalov, betaga, bizon o'ti 6 / 40 O’zbekistonning Qozog’iston tabiiy geografik kichchik o’lkasiga kiruvchi hududlari qaysi variantda berilgan? A) Dalvarzin cho’li B) Orol, Mirzacho’l C) Ustyurt, Orol D) Mirzacho’l, Quyi Zarafshon 7 / 40 Quydagilardan tuproq tarkibining ikkinchi qismini ko’rsating. A) tuproq eritmasi B) magma mahsuloti C) tuproqning ona jinsi D) tuproqning organik moddalari 8 / 40 Orol ko‘li Turon tekisligining qaysi qismida joylashgan? A) janubida B) markazida C) sharqida D) shimolida 9 / 40 Qaysi raqam bilan Litosfera ko’rsatilgan? A) 1 B) 2 va 3 C) 3 va 1 D) 3 10 / 40 I. Xoxlov O’rta Osiyoning tabiatini o’rgangan yildan roppa rosa ikki asr vaqt o’tib qanday voqiya yuz berdi? A) Cherapunjaga 23000 mm yog’in yog’di B) Sayyoramizdagi eng kuchli shamol kuzatiladigan materik kashf qilindi C) Dengizlar chuqurlik bo’yicha o’rganilib boshlandi D) <<Yerning tasviri>> nomli asar rus tiliga tarjima qilindi 11 / 40 Qaysi sanoat kombinatining ishlab chiqarish jarayoni Ingichka, Qo’ytosh,Olmaliq ruda konlari bilan bog’liq. A) Olmaliq B) Chirchiq C) Angren D) Bekobod 12 / 40 Iqlimi asosan mo'tadil bo'lib, musson shamollari ta'sirida shakllanadi. Yozi issiq va nam bo'lib, uzoq davom etadi, qish esa uncha sovuq emas, lekin quruq. Yuqoridagi iqlim xususiyati qaysi mamlakatga xos? A) Rossiya B) Germaniya C) Xitoy D) Koreya Respublikasi 13 / 40 Okeaniyada yirik Fosforit koni qaysi orolda mavjud? A) Yangi Kaledoniya B) Yangi Zelandiya C) Yangi Gvineya D) Nauru 14 / 40 Yer taraqqiyotidagi 550-600 mln yil muqaddam oldingi voqeani to’g’ri belgilang. A) organizmlar faol bo’lib, yer yuzini egallay boshladi B) yer paydo bo’ldi C) birinchi seysmograf ixtiro qilindi D) dastlabki hayot belgilari paydo bo’la boshladi 15 / 40 Kolumbiya, Kolarado, Freyzer, Yukon daryolari qaysi okean havzasiga tegishli? A) Tinch okeani B) Shimoliy muz okeani C) Hind okeani D) Atlantika okeani 16 / 40 Quydagi ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang. I.Yevrosiyo materiki II.Shimoliy Amerika materiki a)ko’llaring asosiy qismi shimoliy va sharqiy o’lkalarida joylashgan b)qadimgi Lavraziya materiging bir bo’lagi c)arktika iqlim mintaqasida yoz ayrim kunlari harorat + 5 °C ga ko’tariladi. A) I-a II-c III-b B) I-b II-c III-a C) I-c II-a III-b D) I-a II-b III-c 17 / 40 Buyuk Xitoy tekisligining janubida qishda harorat qancha bo’ladi? A) +13 °C B) — 6 °C C) +7 °C D) +3 °C 18 / 40 Quydagilardan aralash irqqa mansub xalqni ko’rsating. A) arab B) berber C) efop D) malagasiy 19 / 40 Yevropaliklar uchun Hindistonga dengiz yo’li kashf qilingandan 5 asr vaqt o’tib qaysi voqiya yuz berdi? A) Chimyon koni ishga tushdi B) Toshketda zilzila kuzatildi C) R.Rajabov Jomolungmani zab etdi D) AQSH da birinchi milliy bog’ tashkil etildi 20 / 40 Quydagilardan xato jumlani ko’rsating. A) Arabiston yarimorolida joylashgan davlatlarning asosiy suv manbayi muz hisoblanadi B) suvomborlardan elektr energiya olishda foydalaniladi C) Sho’r ko’llardan tuz olinadi, sho’r suv va balchiqdan ayrim kasalliklarni davolashda foydalaniladi D) chuchuk ko’llardan baliqchilikni rivojlantirishda foydalaniladi 21 / 40 Bu davlatning shimolida quruqlikning eng baland tog’i, sharqida dunyo okeaning eng katta qo’ltig’i, g’arbida Hind okeaning eng katta dengizi joylashgan. Savol: yo’qorida ma’lumotlari keltirilgan davlat joylashgan yarimorol maydon bo’yicha jahonda nechinchi o’rinda turadi? A) 3 B) 1 C) 5 D) 2 22 / 40 a)janubiy qismiga 150 kkal quyosh radiatsiyasi tushadi, b) bu hududa relief hosil qiluvchi omil shamol va nurash hisoblanadi, c)janubi sharqida badxez va qorabel plotolari joylashgan. Savol: yo’qorida ma’lumotlari keltirilgan bu cho’l qaysi davlatda joylashgan? A) Qozog’iston B) Mongoliya C) O’zbekiston D) Turkmaniston 23 / 40 Quydagilardan shimoli-sharqdan janubi-g’arbga tomon pasayib boradigan, tabiiy geografik okrugni ko’rsating. A) Mirzacho’l B) Chirchiq-Ohongaron C) Ustyurt D) Qizilqum 24 / 40 Antarktida materikida joylashgan Mouson ilmiy stansiyasi qaysi davlatga tegishli? A) Rossiya B) Yaponiya C) Avstraliya D) AQSH 25 / 40 Ugom tog’ izmasiga berilgan ta’riflar ichidan xatosini ko’rsating. A) shimoli-g’arbiy yonbag’rlari yotiq va keng B) Manas cho’qqisi yaqinidan janubi g’arbga qarab davom etadi C) Ugom tog’ing janubi-g’arbida Piskom tog’i joylashgan D) Chirchiq-Ohangaron okrugining g’arbida joylashgan 26 / 40 Mimaza,dafna,magnoliya o’simliklari qaysa tog’da o’sishini toping. A) Himolay B) Karpat C) Alp D) Kavkaz 27 / 40 Toshko’mir davrining sodir bo’lgan tog’ burmalanishida O’rta Osiyoda qanday voqiya yuz berdi? A) Tyanshan tog’i qayta ko’tarilib yoshardi B) Suv ostida bo’ldi va cho’kindi jinslar to’plandi C) Qozog’iston pasttog’laring sharqi ko’tarildi D) Kaspiy bo’yidagi past tog’lar va balandliklar ko’tarildi 28 / 40 O’rta Osiyo va Hind okeani orasidagi masofa 1: 10 000 000 masshtabda tasvirlansa qog’ozda nechi sm joyga tasvirlanadi? A) 12 sm B) 23 sm C) 15 sm D) 10 sm 29 / 40 Mavzuli xaritalar o‘z navbatida nechta guruhga bo’linadi? A) 2 xil B) 5 xil C) 4 xil D) 3 xil 30 / 40 Qaysi variantda Okeaniyada o’suvchi qimmatbaho daraxt nomi berilgan? A) Sedrella B) Mango C) Qizil daraxt D) Sago 31 / 40 D. Livingstonga berilgan ta’riflardan xatosini ko’rsating. A) Afrika yer yorig’ida joylashgan ko’llarni o’rgangan B) millati ingliz bo’lgan C) Nil daryosing bosh irmog’ini aniqlagan D) Viktoriya sharsharasini nomlagan 32 / 40 Mirzacho‘l tabiiy geografik okrugi shimolda qayer bilan chegaradosh? A) Qizilqum B) Nurota C) Qozog‘iston D) Tojikiston 33 / 40 O’zbekistonda atmosferaga chiqariladigan zararli birikmalar hissasini jadival asosida to’g’ri taq’simlang. A) 1-a, 2-c, 3-b B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-b, 2-a, 3-c 34 / 40 Chizmada A va B harflari bilan O’rta Osiyoning qaysi o’simliklar mintaqasi ko’rsatilgan? A) Dasht, Chalacho’l B) Chalacho’l, cho’l C) O’rmon dasht, chalacho’l D) Cho’l, dasht 35 / 40 Atmosferaning quyi qatlami nechi km balandlikgacha o’z xusisiyatiga ko’ra turli joylarda bir biridan keskin farq qiladi? A) 12-15 B) 8-10 C) 23-25 D) 2-3 36 / 40 Sidney shahri qaysi davlatda joylashgan? A) Rassiya B) Avstraliya C) Chad D) Yaponiya 37 / 40 I- Qoragiyo, II- O’lik dengizi, III- Afar, IV- To’rfon V- Ajal vodiysi VI-Katara Yo’qorida nomi keltirilgan botiqlar orasidan dengiz sadhidan pastligi bo’yicha 2 va 5-o’rinda turadiganlarini ko’rsating. A) III, VI B) I, V C) II, IV D) I, III 38 / 40 70 mln yil davom etgan davrlar qaysi variantda berilgan? A) yura,bo’r B) devon, perm C) trias, silur D) kembriy, bo’r 39 / 40 Chizmadagi har bir gorizontal 1000 m dan o’tkazilgan bo’lib, B nuqtada bosim 560 mm ni ko’rsatsa, A nuqtada nechini ko’rsatadi? A) 450 mm B) 455 mm C) 460 mm D) 640 mm 40 / 40 Qaysi variantda Markaziy Osiyo tabiiy geografik o’lkada joylashgan obekt nomi keltirilgan? A) Taklamakon cho’li, Atrek vodiysi B) Sharqiy Tyanshan, To’rfon botig’i C) Gat tog’i, Kunlin tog’i D) Qoraqurum tog’i, Eron tog’ligi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Geografiya attestatsiya