Informatika attestatsiya №6 Yanvar 21, 2022Yanvar 21, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Informatika attestatsiya №6 ga fikr bildirilmagan. 0% 18 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Informatika fanidan attestatsiya savollari №6 6-sinf yangi darsligidan testlar qo'shildi! Test muallifi: Durbek Chinmirzayev Sertifikat olish uchun barcha ma'lumotlarni to'g'ri kriting! e-mail manzilini to'g'ri kriting, barcha ma'lumotlar sizga yuboriladi. Testda 76% va undan yuqori natija oling va sertifikatni yuklab oling. 1 / 40 1. Veb saytlar manzili hisoblanmish URL yoyilmasi qaysi javobda to‘g‘ri ko'rsatilgan? A) Universal Recalling Language B) Uniform Resource Locator C) Unique Rendering Liability D) United Remainder Language 2 / 40 2. Maktabdagi kompyuterdan V bayt/s tezlikda xabar jo‘natilmoqda. Agar shu kompyuterning shartli alifbosi 32 ta belgidan tashkil topsa va o‘n besh minutda 14400 ta belgidan iborat axborot yuborilgan bo‘lsa, V ni toping ? A) 150 B) 512 C) 28 D) 320 3 / 40 3. Microsoft Excel dasturida quyidagi formulaning natijasini toping: =Срзнач(Корень(16); 2; Длстр(3,1415)) A) 3 B) 4 C) 6 D) 2 4 / 40 4. FTP kengaytmasini aniqlang? A) Fayl Transmission Protocol B) FileTransPort C) File Transfer Protocol D) Fayl Transport Protocol 5 / 40 5. Faqat axborot ko'rinishlari berilgan javobni aniqlang. A) quloq, o'yin, rasm B) belgi, ko'rsatgich, eshitish C) nur, grafik, tavush D) harorat, tasvir, ko'z 6 / 40 6. MS Excel. A1=4, B1=5, C1=6 uchlik qiymatlari va A1=100, B1=500, C1=1000 uchlik qiymatlari uchun natijasi o‘zgarmaydigan formlani aniqlang. A) =ЕСЛИ(B1> C1- A1; 5; 7) B) =ЕСЛИ(C1-A1>B1-A1; 5; 7) C) =ЕСЛИ(A1+B1> C1; 5; 7) D) =ЕСЛИ(B1< C1- A1; 5; 7) 7 / 40 7. Axborotni deshifrlash ... A) kompilyasiya qilingan axborot B) shifrlangan axborotni shifrlanmagan (dastlabki) holatiga o'tkazish jarayoni C) Shifrlangan axborot D) shifrlanmagan axborot 8 / 40 8. Excelda A1=5 B1=6 avtoto’ldirish bajarilgandan so’ng BA1=? A) 58 B) 56 C) 55 D) 57 9 / 40 9. Axborot havfsizligi muammosiga rasmiy qabul qilingan qarashlar tizimi va uni zamonaviy tendensiyalarini hisobga olgan holda yechish yollari A) Axborotni mohofazalash B) Axborot havfsizligi C) Axborot konsepsiyasi D) Axborot texnologiyalari 10 / 40 10. Ali, Vali va Soli imtihonda 3 xil ball olishdi: 3 yoki 4 yoki 5. Faqat bittasi yolg‘onligi ma’lum: “Ali 5 ball olmagan”, “Vali 4 ball olmagan”, “Soli 4 ball olgan”. Agar Ali 4 ball olmagani ma’lum bo‘lsa, u holda o‘quvchilar olgan ballarni aniqlang. A) Ali – 3 ball, Vali – 5 ball, Soli – 4 ball B) Ali – 5 ball, Vali – 4 ball, Soli – 3 ball C) Ali – 3 ball, Vali – 4 ball, Soli – 5 ball D) Ali – 5 ball, Vali – 3 ball, Soli – 4 ball 11 / 40 11. A1, B1 va C1 kataklariga mos ravishda 42, 45 va 25 sonlari kiritilgan D1 katakga C1, B1, A1 katakdagi sonlar yig‘indisi o‘rta arifmetigini yozish qaysi formula bilan bajariladi A) = СРЗНАЧ(A1+B1+C1)/3 B) = СУММ(42+45+25)/3 C) = СРЗНАЧ(A1:C1) D) =(A1:C1)/3 12 / 40 12. MS Excel. Qo'shni bo'lmagan kataklar guruhini tanlashda qaysi klavishni bosib turgan holda sichqoncha chap tugmasi bosiladi? A) Enter B) Shift C) Alt D) Ctrl 13 / 40 13. MS Excel. A1=-6; A2=-1; B1=6; B2=3 bo’lsin. Natijа -1 bo‘ladigan formulani aniqlang A) = ЕСЛИ(А1>В1; B2; A2) B) = ЕСЛИ(А1<В1; B2; A2) C) = ЕСЛИ(А1<В1; A2; B2) D) = ЕСЛИ(А1>В1; A2; B2) 14 / 40 14. Excelda quyidagi funksiya natijasini aniqlang: = или ( 25 –корень (36) = 1; целое(81/3)>-1) A) 1 B) 1 15 / 40 15. Excel A1=3, B1=-14, C1=Informatika, A2=-5, B2=9, C2=Universitet, D1=ABS($A1+B1)+НАЙТИ("I';$C1;5) berilgan. Agar D1 katakni D2 katakka nusxalansa, D1 va D2 kataklarda hosil bo'lgan sonlar yig'indisini toping? A) 37 B) 17 C) 12 D) 32 16 / 40 16. Yuqoridagi blok qanday vazifani bajaradi? A) Sprayt sichqoncha ko‘rsatkichi yoki sahna chegaralariga tekkanida biror bir hodisa ro‘y beradi B) Agar rang sahna yoki boshqa spraytdagi boshqa rangga tegsa True, aks holda, False qiymatni qaytaradi C) Agar sprayt belgilangan rangga tegsa True, aks holda, Falseqiymatni qaytaradi D) Spraytgacha yoki sichqonchaning ko‘rsatkichi (kursori)gachabo‘lgan masofani qaytaradi. 17 / 40 17. Scrath dasturida yuqoridagi buyruq qanday vazifani bajaradi? A) O‘zgaruvchini yaratish B) O‘zgaruvchi qiymatini qaytarish C) O‘zgarmaslarni yaratish D) O‘zgaruvchi qiymatini belgilash 18 / 40 18. Qanday texnik usul tezlik (chastota)da о‘zaro almashinuvchi oddiy rasm yoki kadrlar ketma-ketligi yordamida harakatlanuvchi suratlar illyuziyasini yaratishda foydalaniladi. hisoblanadi A) Kino yaratish usuli B) Dasturlash usuli C) Multiplikatsiya usuli D) Skriptlar yaratish usuli 19 / 40 19. Spritlar harakat qiladigan, chizadigan va o'zaro ta'sir qiladigan joy qanday nomlanadi? A) Sprite B) Sahna C) Mushukcha D) Skript 20 / 40 20. Ekranda harakatlanuvchi tasvirlarni yaratish texnologiyasi nima deb ataladi? A) Multfilm B) Multiplikatsiya C) Skript D) Sprayt 21 / 40 21. Tasvirlarning mantiqiy ketma-ketligidan hosil qilingan harakat nima deyiladi? A) Multiplikatsiya B) Dasturlash C) Animatsiya D) Interfaollik 22 / 40 22. Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni. Bunda dastur tuzuvchi kishiga dasturchi, kompyuter tushunadigan maxsus (sun’iy) tilga esa nima deyiladi? A) Dasturlash B) Dastur (kompyuter dasturi) C) Multiplikatsiya D) Sun'iy intellekt 23 / 40 23. Tizimning birgalikda harakat qiluvchi barcha elementlari. Ular yordamida boshqa tizim yoki inson (foydalanuvchi)larning birgalikdagi harakatlari amalga oshirilishi nima deyiladi? A) Multiplikatsiya B) Animatsiya C) Interfaollik elementlari D) Interfaollik 24 / 40 24. Kompyuter tushuna oladigan tilda yozilgan, maʼlum bir vazifalarni bajarish uchun kompyuter tomonidan amalga oshiriladigan buyruq va ko‘rsatmalarning tartibli ketma-ketligi nima deyiladi? A) Dasturlash B) Multipkatsiya C) Kompyuter o‘yini D) Dastur (kompyuter dasturi) 25 / 40 25. Animatsiya qanday ma'noni bildiradi va qaysi tildan olingan? A) Fran. Animation – ruhlantirish, jonlantirish; lot. Anima – ruh, jon B) Lot. Animation – ruhlantirish, jonlantirish; lot. Anima – ruh, jon C) Ingliz. Animation – ruhlantirish, jonlantirish; fran. Anima – ruh, jon D) Fran. Animation – ruhlantirish, jonlantirish; grek. Anima – ruh, jon 26 / 40 26. Yuqoridagi blok qanday vazifani bildiradi? A) Sprayt sichqoncha ko‘rsatkichi yoki sahna chegaralarigatekkanida biror bir hodisa ro‘y beradi B) Agar sprayt belgilangan rangga tegsa True, aks holda, Falseqiymatni qaytaradi C) Spraytgacha yoki sichqonchaning ko‘rsatkichi (kursori)gachabo‘lgan masofani qaytaradi D) Skript bajarilishini to‘xtatib turadi 27 / 40 27. Kompyuterda o‘ynash uchun yaratilgan dasturiy ta’minot. A) Videofilm B) Kompyuter o'yini C) Multfilm D) O'yin 28 / 40 28. Sprite nechta kostyumga ega bo'lishi mumkin? A) Har qanday miqdor B) 1 C) 2 D) 7 dan ortiq emas 29 / 40 29. Ob'ekt uchun Scratch bloklaridan tuzilgan algoritm (yoki stsenariy) qanday nomlanadi? A) Skript B) Sprite C) Kod D) Sahna 30 / 40 30. Ob'ekt bajarishi mumkin bo'lgan buyruqlar to'plami ... deyiladi. A) Dastur B) Skript C) SKI D) Algoritm 31 / 40 31. Multfilm hosil qilishdagi birinchi qadam nimadan iborat? A) G‘oya topishdan B) Mablag' topishdan C) Studiya ochishda D) Sayt yaratishdan 32 / 40 32. Multfilmlar davomiyligiga kо‘ra qanday turlarga bo'linadi? A) Qisqametrajli, tо‘liq metrajli B) Rivojlantiruvchi, ta’limiy, tarbiyaviy, kо‘ngilochar C) Qumli, plastilinli, qо‘g‘irchoqli, chizilgan, kompyuterda yaratilgan D) Bolalar uchun, kattalar uchun, о‘smirlar uchun bo‘lishi mumkin 33 / 40 33. Loyiha bosqichida harakat qiluvchi va turli algoritmlarni (stsenariylarni) bajaradigan harakatlanuvchi grafik obyekt nima deb ataladi. Scratch tilining barcha buyruqlariga kirish huquqiga ega algoritmlar ijrochisi. A) Sahna B) Skript C) Sprite D) Mushukcha 34 / 40 34. Agar shart doim rost qiymatni qabul qilsa, bunday sikl qanday sikl deb ataladi? A) shartsiz sikl B) shartli sikl C) chekli sikl D) shartsiz yoki cheksiz sikl 35 / 40 35. Scrath dasturida yuqoridagi buyruq qanday vazifani bajaradi? A) O‘zgaruvchilar qiymatni ko‘rsatish yoki yashirish. B) O‘zgaruvchi qiymatini qaytarish. C) O‘zgaruvchini yaratish. D) O‘zgaruvchi qiymatini belgilash 36 / 40 36. Scrath dasturida yuqoridagi buyruq qanday vazifani bajaradi? A) ikkalasi teng B) mantiqiy ko‘paytirish amali: bir vaqtning o‘zida 2 ta ifoda yoki o‘zgaruvchi qiymati rost C) chapdagi qiymat o‘ngdagi qiymatdan kichik D) chapdagi qiymat o‘ngdagi qiymatdan katta; 37 / 40 37. Bu algoritm muayyan shartlarga muvofiq bajariladigan harakatlar ketma ketligi A) Tarmoqlanuvchi algoritm B) Takrorlanuvchi algoritm C) Aralash algoritm D) Chiziqli algoritm 38 / 40 38. Hech qanday sahna ko'rinishi bo'lmagan loyihani yaratish mumkinmi? A) Ha B) -- C) Yo'q D) Ba'zan mumkin 39 / 40 39. Bu algoritmga hech qanday shartsiz, faqat ketma-ket bajariladigan jarayon. Bunday algoritmlarga qo‘shish yoki ko‘paytirish natijalarini hisoblash, bir nechta o‘zgaruvchilar qiymatlarini almashtirish kabilarni misol keltirish mumkin A) Chiziqli algoritm B) Tarmoqlanuvchi algoritm C) Aralash algoritm D) Takrorlanuvchi algoritm 40 / 40 40. Sahnaning balandligi qancha? A) 320 B) 360 C) 480 D) 260 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Informatika attesttatsiya