Musiqa attestatsiya №1 Yanvar 14, 2022Yanvar 14, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Musiqa attestatsiya №1 ga 11 fikr bildirilgan 0% 159 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Musiqa fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Ansambl, xor, orkestr uchun yozilgan asarlarning nota yozuvi nima deb ataladi? A) Partitura B) Pozitsiya C) Applikatura D) Klavir 2 / 40 Tabiiy minor tovush qator oralig’ini ko’rsating? A) 1t,1t,0,5t,1t,0,5t,1t,1t B) 1t,0,5t,1t,1t,0,5t,1t,1t C) 1t,1t,0,5t,1t,1t,1t,0,5t D) 0,5t,1t,0,5t,1t,1t,1t,1t 3 / 40 Kuz fasli bilan bo’gliq mavsumiy marosim aytimlarini ko’rsating? A) “Obla-baraka”, “Shamol chaqirish” B) “Shox moylar”, “Sust xotin” C) “Yas-yusun”, “ Yanchiq” D) “Choy momo”, “Ho’p mayda” 4 / 40 Eng past va eng baland musiqaviy tovushlar sekundiga necha marotaba tebranadi ? A) 16 dan 4176 B) 19 dan 4800 C) 90-175 dan ortiq D) 100 dan 200 5 / 40 Erkin mavzuli kuy-qo’shiqlar guruhini qaysi janrlar tashkil etadi? A) Lapar, kelin salom, churiya, terma B) Qo’shiq, terma, lapar, yalla. C) Yalla, kelin salom, terma, lapar D) Yor-yor, terma, alla, yalla 6 / 40 Sozandachilik san’ati qaysi viloyatlarga mansub? A) Xorazm B) Farg’ona, toshkent C) Buxoro, samarqand D) Surxandaryo, qashqadaryo 7 / 40 Musiqa o’qituvchisining ma‘naviy va axloqiy qiyofasiga taalluqli xususiyatlarini aniqlang. A) Milliy musiqamiz qonuniyatlarini egallagan shaxs. B) Musiqa fanning chuqur egallagan shaxs. C) O’z kasbiga va bolalarga mexr qo’ygan shaxs D) Keng dunyoqarashga ega bo’lgan shaxs. 8 / 40 Mehnat qo’shiqlariga taalluqli guruhni ko’rsating? A) Qo’shiq, yalla, kashta qo’shiqlari B) Chorvadorlik, terma, lapar qo’shiqlari C) Chorvadorlik, dehqonchilik, hunarmandchilik qo’shiqlari D) Dehqonchilik, ovchilik, hush-hush qo’shiqlari 9 / 40 Vokal-xor malakalari necha turga bo’linadi A) 5 turga B) 4 turga C) 6 turga D) 7 turga 10 / 40 Xo’sh-xo’sh aytimi qaysi qo’shiqlar tarkibiga kiradi? A) Hunarmandchilik B) Chorvachilik C) Dehqonchilik. D) San’atshunoslik 11 / 40 O’zbekistonda birinchi xalq cholg’ulari orkestri nechanchi yili tashkil etildi? A) 1938-yilda B) 1940-yilda C) 1936- yilda D) 1937-yilda 12 / 40 Musiqiy kalitlar soni nechta? A) 2 ta B) 8 ta C) 3 ta D) 10 ta 13 / 40 Uchtoushlikning birinchi aylanmasi qanday nomlanadi? A) Kvintsekstak-kord B) Sekundakkord C) Kvartsekstak-kord D) Sekstakkord; 14 / 40 Ashulachilik nafasi qaysi turlardan iborat? A) Qorin nafasi, chuqur nafas, yengil nafas B) Ko’krak nafasi, diafragma nafasi, qorin nafasi C) Ko’krak nafasi, yelka nafasi, zanjirband nafasi D) Diafragma nafasi, chuqur nafas, qorin nafasi 15 / 40 Sato” qaysi cholg’ular guruhiga mansub? A) Labli puflama B) Torli chertma C) Torli kamonli D) Torli urma 16 / 40 Qaysi qatorda tovushlarning harfiy sistemasi bo’yicha yozilishi to’g’ri ko’rsatilgan? A) C,d,e,f,g,a,h B) C,d,e,g,f,h,a C) A,h,d,c,g,a,h D) C,d,f,a,h,e,b 17 / 40 Qish fasli bilan bog’liq mavsumiy marosim aytimlarini ko’rsating? A) “Obla-baraka”, “Yas-yusun” B) “Choy momo” C) “ Yas-yusun” , “Gap-gashtak” D) “Shamol chaqirish”, 18 / 40 Kvinta nechchi pog`ona interval ? A) 7pog`ona B) 5 pog`ona C) 4 pog`ona D) 6 pog`ona 19 / 40 .«Interval» so’zi qaysi tildan olingan va nima ma`noni anglatadi ? A) Lotincha oraliq va masofa B) Arabcha oraliq va masofa C) Fransuzcha oraliq va masofa D) Nemischa oraliq va masofa 20 / 40 Metr deb nimaga aytiladi? A) O’zaro bog’lanib, izchil kelgan tovushlar cho’zimiga B) Metr hissalarining ma’lum bir cho’zimda ifodalanishiga C) Tovushlarning ko’tarilib pasayishiga D) Kuchli va kuchsiz hissalarning tekis almashinib turishiga 21 / 40 O’n ikki maqom asosan qaysi cholg’u asbobida ijro etilgan? A) Tanbur. B) Ud. C) Barbat. D) G’ijjak. 22 / 40 Damli cholg’ular guruhiga kiruvchi mushtukli-puflamali cholg’ular guruhini ko’rsating? A) Changqobuz B) Cho’pon nay C) Bo’lamon D) Karnay 23 / 40 Farg’ona-Toshkent musiqa an’anasini tashkil qiluvchi ansamblni asosan qaysi cholg’ular tashkil etadi ko’rsating? A) G’ijjak, tanbur B) Tanbur, dutor C) Dutor, doira D) Rubob, nay 24 / 40 Deklamatsion harakterdagi katta ashulaning ovoz hajmi nechta oktavaga yaqin? A) Uch oktavaga B) To’rt oktavaga C) Bir yarim oktavaga D) Ikki oktavaga 25 / 40 Mumtoz musiqa tarkibi necha xil shakldan iborat? A) 3 xil. Vokal ijro, maqom va ashula yo’li B) 2 xil. Cholg’u musiqasi va ashula yo’li C) 3 xil cholg’u musiqasi, ashula va kalassik raqs yo’li D) 2 xil. Mumtoz ashula, vokal yo’li 26 / 40 “Zikr” tushish yoki “Samo’” qaysi marosimlar tarkibiga kiradi? A) Diniy marosimlar B) Erkin mavzuli aytimlar C) Oilaviy marosimlar D) Mavsumiy marosimlar 27 / 40 Buxoro an’anaviy cholg’u ansamblini tashkil etuvchi guruhni ko’rsating? A) G’ijjak, rubob, qo’shnay B) G’ijjak, doira, dutor C) Tanbur, dutor, bo’lamon D) Tanbur, nay, doira 28 / 40 Olti maqomdan iborat Shashmaqom qaysi yillarda va kim tomonidan qatadan yozib olindi va nashr ettirildi? A) 1966-1975 yillari Yunus Rajabiy tomonidan B) 1945-1955 yillari Matniyoz Yusupov tomonidan C) 1950-1980 yillari F.Karomatov tomonidan D) 1960-1970 yillari M. Ashrafiy tomonidan 29 / 40 “Uforlar” raqs kuylarining qaysi guruhiga mansub? A) To’rtinchi guruhiga B) Birinchi guruhiga C) Uchinchi guruhiga D) Ikkinchi guruhiga 30 / 40 Soprano-qanday ovoz turiga kiradi? A) Xotin-qizlarning eng yuqori ovoz turiga B) Bolalarninh eng past ovoz turiga C) Erkaklarning yo’g’on ovoz turiga D) Xotin-qizlarning o’rtacha ovoz turiga 31 / 40 Qaysi metod boshlangich sinflarda o’qituvchilarni musiqiy qobiliyatini, nutqini xotirasini, qiziqishini, psixologik-fiziologik xususichtlarini rivojlantiradi? A) O’yin metodi B) amaliy metodi C) Musiqa o’qitishning ogzaki metodi D) Ko’rgazmali o’qitish metodi 32 / 40 Termalar necha asosiy ko’rinishga ega? A) Ikki ko’rinishga (Baxshi termalari, xalq termalari ) B) To’rt ko’rinishga (aytimlar, qo’shiqlar, kuy va yallalar) C) Uch ko’rinishga (dostonlar, qo’shiq va laparlar) D) Bir ko’rinishga (Baxshi termalari) 33 / 40 Nota yozuvlari qanday yozuv? A) Butun dunyoda bir xil yozuv B) Arabcha yozuv C) Eski yozuv D) Rus yozuvi 34 / 40 Keltirilgan aytimlarning qaysi biri lapar janriga mansub? A) Boychechak, chitti gul, sust xotin B) Laylak keldi, arg’amchi, yalla C) Bilaguzuk, qoraqosh, qilpillama D) Munojot, alla, yor-yor 35 / 40 Musiqa o’qituvchisiga qo’yilgan zamonaviy talablarni ko’rsating. A) O’z kasbiga va bolalarga mexr qo’ygan madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo’lgan shaxs bo’lmogi lozim. B) Yangi dastur mazmunida dars o’tish o’qituvchi oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish.. C) Milliy qadriyatlarimizni xar tomonlama o’rganish. D) Milliy musiqamiz qonuniyatlarini bilish. 36 / 40 Major yoki katta uch-tovushlik qaysi intervallardan tuziladi? A) Ikkita kat. 3 dan B) Ikkita kich. 3 dan C) Kat.3 va kich. 3 dan D) Kich.3 va kat. 3 dan 37 / 40 Musiqa bayoni rivojidagi eng yuqori nuqta qanday nomlanadi? A) Zebopari B) Avj C) Miyonxat D) Daromad 38 / 40 Boshlangich sinflarda qaysi metod ko’proq qo’llaniladi? A) Musiqa o’qitishning ogzaki metodi B) Ko’rgazmali o’qitish metodi C) O’yin metodi D) amaliy metodi 39 / 40 Ko’cha ansamblini qaysi cholg’ular tashkil etadi? A) Bo’lamon, surnay, tanbur, nog’ora. B) Sibiziq, gajir nay, karnay, sato. C) Karnay, surnay, nog’ora, doira. D) Qo’shnay, qonun, qashqar rubobi, do’mbira. 40 / 40 Oilaviy marosimlar bilan bog’liq aytimlarni ko’rsating? A) Ramazon, Zikr, E, voy, Kunlarim. B) Alla, Oho yalla, Ramazon, o’rgilay C) O’rgilay, Oho yalla, Yor-yor, Munojot. D) Yig’i, Yor-yor, Kelin salom, Alla. 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Musiqa attestatsiya