Musiqa attestatsiya №1 Yanvar 14, 2022Yanvar 14, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Musiqa attestatsiya №1 ga 11 fikr bildirilgan 0% 224 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Musiqa fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Boshlangich sinflarda qaysi metod ko’proq qo’llaniladi? A) amaliy metodi B) Musiqa o’qitishning ogzaki metodi C) Ko’rgazmali o’qitish metodi D) O’yin metodi 2 / 40 Soprano-qanday ovoz turiga kiradi? A) Xotin-qizlarning eng yuqori ovoz turiga B) Erkaklarning yo’g’on ovoz turiga C) Bolalarninh eng past ovoz turiga D) Xotin-qizlarning o’rtacha ovoz turiga 3 / 40 Metr deb nimaga aytiladi? A) Kuchli va kuchsiz hissalarning tekis almashinib turishiga B) Metr hissalarining ma’lum bir cho’zimda ifodalanishiga C) O’zaro bog’lanib, izchil kelgan tovushlar cho’zimiga D) Tovushlarning ko’tarilib pasayishiga 4 / 40 Shaxs kamolatini rivojlantirishda musiqa tarbiyasining ahamiyatini nimadan iborat. A) Bolalarga emotsional ta‘sir ko’rsatadi. B) Musiqa tushunishga o’rgatadi. C) Bolalarni musiqa tinglashga o’rgatadi. D) Musiqa savodi o’rganishdan iborat. 5 / 40 Boshlang’ch sinf musiqa madaniyati darslarida nechta qo’shiq o’rgatiladi? A) 18-20 ta B) 8-10 ta C) 20-22 ta D) 12-14 ta 6 / 40 Farg’ona-Toshkent musiqa an’anasini tashkil qiluvchi ansamblni asosan qaysi cholg’ular tashkil etadi ko’rsating? A) Rubob, nay B) Tanbur, dutor C) Dutor, doira D) G’ijjak, tanbur 7 / 40 Mutatsiya nima? A) O’g’il bolalar tovushining o’zgarish davri B) Tovush paylarining cho’zilish davri C) Tovush kasalligi D) Bolalarda uchraydigan kassalik 8 / 40 Zarbli cholg’ular guruhiga kiruvchi teri qoplamali cholg’ular guruhini ko’rsating? A) Nog’ora, safoil B) Safoil, doira C) Doira, nog’ora D) Qoshiq, nog’ora 9 / 40 Xo’sh-xo’sh aytimi qaysi qo’shiqlar tarkibiga kiradi? A) Hunarmandchilik B) Chorvachilik C) San’atshunoslik D) Dehqonchilik. 10 / 40 Zarbli cholg’ular guruhiga kiruvchi o’zi sadolanuvchi cholg’ular guruhini ko’rsating? A) Safoil, qoshiq, qayroq B) Safoil, doira , nog’ora C) Qoshiq, nog’ora,qayroq D) Doira, qoshiq, qayroq 11 / 40 Fortepiano tovush qatorida nechta xilma-xil tovushlar bor? A) 92 ta B) 88 ta C) 78 ta D) 68 ta 12 / 40 Laparda necha kishini aytishuvi nazarda tutiladi? A) Besh kishi B) uch kishi C) To’rt kishi D) Ikki kishi 13 / 40 Bolalar uchun juda ko’p qo’shiqlar yaratgan kompozitorlar kimlar ? A) M.vafoyev va t.xasanov B) Ashrafiy, yudakov C) F.nazarov, sh.yormatov D) M.burhonov, r.abdullayev 14 / 40 Olti maqomdan iborat Shashmaqom qaysi yillarda va kim tomonidan qatadan yozib olindi va nashr ettirildi? A) 1966-1975 yillari Yunus Rajabiy tomonidan B) 1950-1980 yillari F.Karomatov tomonidan C) 1960-1970 yillari M. Ashrafiy tomonidan D) 1945-1955 yillari Matniyoz Yusupov tomonidan 15 / 40 Ritm deb nimaga aytiladi? A) O’zaro bog’lanib, izchil kelgan tovushlar cho’zimiga B) Tovushlarning ko’tarilib pasayishiga C) Kuchlim va kuchsiz hissalarni o’zaro bir tekis almashinib turishiga D) Metr hissalarining ma’lum bir cho’zimda ifodalanishiga 16 / 40 Termalar necha asosiy ko’rinishga ega? A) Ikki ko’rinishga (Baxshi termalari, xalq termalari ) B) To’rt ko’rinishga (aytimlar, qo’shiqlar, kuy va yallalar) C) Bir ko’rinishga (Baxshi termalari) D) Uch ko’rinishga (dostonlar, qo’shiq va laparlar) 17 / 40 Septakkordning birinchi aylanmasi qanday nomlanadi? A) Kvintsekstak-kord B) Sekundakkord C) Kvartsekstak-kord D) Sekstakkord 18 / 40 Damli cholg’ular guruhiga kiruvchi mushtukli-puflamali cholg’ular guruhini ko’rsating? A) Bo’lamon B) Cho’pon nay C) Karnay D) Changqobuz 19 / 40 Kvinta nechchi pog`ona interval ? A) 4 pog`ona B) 7pog`ona C) 6 pog`ona D) 5 pog`ona 20 / 40 “Uforlar” raqs kuylarining qaysi guruhiga mansub? A) Birinchi guruhiga B) To’rtinchi guruhiga C) Ikkinchi guruhiga D) Uchinchi guruhiga 21 / 40 Hoji Abdulaziz Abdurasulov qaysi vohaning mashhur san’atkori? A) Xorazm B) Qashqadaryo-surxondaryo C) Toshkent-farg’ona D) Buxoro-samarqand 22 / 40 Deklamatsion harakterdagi katta ashulaning ovoz hajmi nechta oktavaga yaqin? A) Ikki oktavaga B) Uch oktavaga C) To’rt oktavaga D) Bir yarim oktavaga 23 / 40 Keltirilgan cholg’ulardan qaysi biri chertib chalinadigan cholg’u? A) G’ijjak B) Sato C) Qo’biz. D) Dutor 24 / 40 Musiqa o’qituvchisining ma‘naviy va axloqiy qiyofasiga taalluqli xususiyatlarini aniqlang. A) Milliy musiqamiz qonuniyatlarini egallagan shaxs. B) Musiqa fanning chuqur egallagan shaxs. C) Keng dunyoqarashga ega bo’lgan shaxs. D) O’z kasbiga va bolalarga mexr qo’ygan shaxs 25 / 40 Terma-aytimining lug’aviy ma’nosini ko’rsating? A) Yig’moq, tanlamoq, saralab olmoq B) She’r aytmoq, tanlamoq C) Kuylamoq, chalmoq D) O’zlashtirmoq, ijro etmoq 26 / 40 Sof prima va sof oktava intervallari qanday ohangdoshlikdagi intervallar hisoblanadi? A) Nomukammal ohangdoshlikdagi intervallar B) Nihoyatda mukammal ohangdoshlikdagi intervallar C) Nohangdoshdagi intervallar D) Mukammal ohandoshlikdagi intervallar 27 / 40 Vokal-simfonik musiqaning eng yirik janri qaysi? A) Opera B) Oratoriya C) Kantata D) Qasida 28 / 40 “Zikr” tushish yoki “Samo’” qaysi marosimlar tarkibiga kiradi? A) Diniy marosimlar B) Erkin mavzuli aytimlar C) Oilaviy marosimlar D) Mavsumiy marosimlar 29 / 40 Xorazm sikliga kiruvchi maqom yo’llarini ko’rsating? A) Rost, navo , segoh, dugoh, buzruk, iroq, panjgoh B) Shahnoza gulyor, buzruk, bayot, panjgoh, segoh, navo, rost C) Bayot, iroq, chorgoh, ,buzruk, navo ,segoh, dugoh D) Dugoh husayniy, navo , rost,buzruk, segoh, dugoh, bayot 30 / 40 «Bastakor» qanday so’zdan olinib iste’molga kiritilgan? A) Tojikcha so’z va uyg`urcha so`z B) O’zbekcha so’z va tojikcha so`z C) Forscha so’z va tojikchka so`z D) Arabcha so’z va yunoncha so`z 31 / 40 Torli-urma cholg’ular guruhini ko’rsating? A) Chang B) Sato C) Qonun D) Qo’biz 32 / 40 Asosan to’y marosimlarda ijro etiladigan cholg’u kuylari guruhini ko’rsating? A) Sadr, Begi Sulton, Navo charxi B) Charx, Dorbozi, Duchava, Sadr C) Navo, Gul o’yin duchavasi, Shodiyona, Charx D) Begi Sulton, Shodiyona, Duchava, Charx 33 / 40 Bolalar folkloriga mansub janrlarni ko’rsating? A) Shoxmoylar, Sust xotin, Xo’p mayda B) Charx, Xo’sh- xo’sh, Yas.yusun C) “Boychechak”, “Chittigul”, “Tol popuki”. D) Charx, Oblo baraka, Qilpillam 34 / 40 O’zbekiston Davlat Madhiyasi qachon qabul qilingan? A) 1991 yil 6 dekabr B) 1993 yil 5 may C) 1990 yil 10 fevral D) 1992 yil 10 dekabr 35 / 40 “Tanbur” qaysi so’zdan olingan va u nima ma’noni bildiradi? A) Lotincha tan-yurak; bur- tirnovchi, qitiqlovchi B) Yunoncha tan- yurak, dil: bur-tirnovchi, qitiqlovchi C) Arabcha tan-ishq, sevgi: bur-tirnovchi, qitiqlovchi D) Tojikcha tan-nabz, harakat: bur- yurak urushi 36 / 40 Subdominanta uchtovushligi qaysi pog’onadan tuziladi? A) I pog’onadan B) V pog’onadan C) II pog’onadan D) IV pog’onadan 37 / 40 “Xalfachilik”san’ati qaysi viloyatga xos janr? A) Buxoro, Samarqand uslubiga xos B) Qashqadaryo,Surxandaryo uslubiga xos C) Farg’ona, Toshkent musiqa uslubiga xos D) Xorazm musiqa uslubiga xos 38 / 40 Mavrigixonlik” asosan qaysi viloyatga mansub? A) Buxoro B) Qashqadaryo C) Toshkent D) Surxandaryo 39 / 40 Oberton nima? A) Butun ton B) Yuqori ton C) Pastki ton D) O’rta ton 40 / 40 Sato” qaysi cholg’ular guruhiga mansub? A) Torli kamonli B) Torli chertma C) Labli puflama D) Torli urma 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Musiqa attestatsiya