Geografiya attestatsiya №1 Yanvar 11, 2022Yanvar 11, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Geografiya attestatsiya №1 ga 5 fikr bildirilgan 0% 47 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Geografiya fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Daryolar, yo‘llar, chegaralar qaysi shartli belgi bilan beriladi? A) yozuvli B) Chiziqli C) Tushuntirish D) masshtabsiz 2 / 40 Ozon tuynugi deb nom olgan holat so’ngi yillarda qayerda xosil bo’ldi? A) Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida B) Yevrosiyoning shimoliy kengliklarida C) Yevrosiyonong janubida D) Janubiy amerikaning shimoliy qismida 3 / 40 Mirzacho’l iqtisodiy rayonida temiryo’l qanday shaklda joylashgan? A) halqa B) to’rtburchak C) uchburchak D) kvadrat 4 / 40 Katta Havza va Kolorado platolari uchun qaysi tabiat zona xos? A) cho’l va chalacho’l B) doimiy yashil o’rmon C) dasht va o’rmon-dasht D) Savanna va siyrak o’rmonlar 5 / 40 Qarshi shahrida yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 300 mm, mumkin bo‘lgan bug‘lanish esa 1000 mm bo'lsa, mumkin bo'lgan namlanish qancha? A) 4 B) 0.3 C) 0.4 D) 0.25 6 / 40 Shimoliy Afrika tabiiy geografik o’lkasi tabiiy sharoitiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 3 ta tabiat kompleksiga ajratiladi. Shu tabiat komplekslaridan qaysi biri ortiqcha? A) qattiq bargli doimiy yashil o’rmonlar B) Savannali Sudan yoki Saxel hududi C) Tog’li And o’lkasi D) toshloq cho’lli Sahroi Kabir cho’li 7 / 40 2017-yilda O’zbekistonda o’rtacha umr davri necha yoshni tashkil etdi? A) 74 yosh B) 60,6 yosh C) 73 yosh D) 67 yosh 8 / 40 shimoli-sharq tomon azimutini toping. A) 135° B) 315° C) 270° D) 45 9 / 40 Jahonda yalpi ichki mahsulotiga ko’ra 3-o’rinda turuvchi davlat qaysi? A) Yaponiya B) Aqsh C) Xitoy D) Hindiston 10 / 40 Braziliyaning qaysi tomonidan jahonning eng sersuv daryosi Amazonka o'tadi? A) g'arbida B) sharqida C) shimolida D) janubida 11 / 40 Jadvalda berilgan graduslar, xarita va globusda qanday nom bilan atalishini ko’rsating A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-b, 2-a, 3-c C) 1-c, 2-b, 3-a D) 1-a, 2-c, 3-b 12 / 40 Eng issiq ko‘rfazi mavjud okean,qaysi? A) Hind B) Shimoliy muz ocean C) Tinch D) Atlantika 13 / 40 Bahor va kuzda Farg‘ona vodiysida bosim past bo‘lganda g‘arbdan vodiy tomonga esadigan shamol nima deb nomlanadi? A) Bekobod shamoli B) Tog’-vodiy shamoli C) Qo‘qon shamoli D) Afg‘on shamoli 14 / 40 Orta Osiyo o’lkasining qaysi qismi berk havza emas? A) shimoli g’arb B) shimoli-sharq C) g’arb D) janub 15 / 40 Quydagilardan suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmturini ko’rsating? A) klik B) bentos C) plankton D) nekton 16 / 40 Quydagi ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang. I. Kiyev shahri II. Qohira shahri a. paytaxt maqomiga ega b. 300 sh.k da joylashgan c. 500 sh.k da joylashgan A) I-b II-c III-a B) I-c II-b III-a C) I-c II-a III-b D) I-a II-b III-c 17 / 40 5-sinf geografiya darsligi qanday bo’lim hisoblanadi? A) o’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi B) tabiiy geografiya boshlang’ich kursi C) o’rta osiyo va o’zbekiston tabiiy geografiyasi D) okean va matekillar tabiiy geografiyasi 18 / 40 O’zbekistonning Qozog’iston tabiiy geografik kichchik o’lkasiga kiruvchi hududlari qaysi variantda berilgan? A) Ustyurt, Orol B) Orol, Mirzacho’l C) Dalvarzin cho’li D) Mirzacho’l, Quyi Zarafshon 19 / 40 Orol ko‘li Turon tekisligining qaysi qismida joylashgan? A) markazida B) shimolida C) sharqida D) janubida 20 / 40 Quydagi A va B hariflari bilan ko’rsatilgan joy nomlari qaysi variantda berilgan? A) Ustyurt, Qizilqum B) Farg’ona vodiysi, Atrek vodiysi C) Qizilqum,Qoraqum D) Ustyurt, Qoraqum 21 / 40 Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida okean, dengizda qanday xodisa ro’y beradi? A) qalqish B) suv harorati ko’tarilishi C) suv kamayishi D) to’lqin 22 / 40 Qaysi raqam bilan Litosfera ko’rsatilgan? A) 3 va 1 B) 3 C) 1 D) 2 va 3 23 / 40 Havo namligini o’lchaydigan asbob nima deb ataladi? A) vertishka B) reyka C) gigrometr D) dajlamer 24 / 40 Markaziy Osiyo o‘lkasining chuchik ko’llarini ko’rsating. A) Tayxu B) Van va Urmiya C) Bagrashko‘l, Orin-Nur D) Lobnor Kuku- Nur, Ubsu-Nur 25 / 40 I. Xoxlov O’rta Osiyoning tabiatini o’rgangan yildan roppa rosa ikki asr vaqt o’tib qanday voqiya yuz berdi? A) Dengizlar chuqurlik bo’yicha o’rganilib boshlandi B) <<Yerning tasviri>> nomli asar rus tiliga tarjima qilindi C) Cherapunjaga 23000 mm yog’in yog’di D) Sayyoramizdagi eng kuchli shamol kuzatiladigan materik kashf qilindi 26 / 40 Geografik qobiqda sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarning asosiy qismi nima ta’sirida ro‘y beradi? A) shamol B) Quyosh energiyasi C) Dunyo okeani D) Yerning ichki energiyasi 27 / 40 O’rta Osiyo qumli cho‘llarida o‘suvchi daraxtlardan oq saksovulning bo’yi qanchagacha yetadi? A) 6—7 m B) 2—3 m C) 1—2 m D) 9—10 m 28 / 40 Suratdagi olim haqida ma’lumot: O’rta Osiyo va arab geografiyasi asoschisi hisoblanadi, ,,Jahon xaritalari’’ asosida o’z asarini yozgan. Savol: qaysi variantda suratdagi olimga tegishli jumla aytilgan? A) Ibn Sino bilan zamondosh bo’lgan B) Birinchi bo’lib shimoliy yarimsharning gulobusini yasagan C) Ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarning rivijlanishiga tabiatni o’rganishga alohida etibor bergan D) “Hindiston” asaring muallifi 29 / 40 Hindiston yarimorolida iyulning o‘rtacha harorati qancha bo’ladi? A) +10 °C B) + 30 °C C) +26 °C, D) +40 °C 30 / 40 Hijriy-qamariy taqvimidagi beshinchi oyni ko’rsating. A) Rajab B) Safar C) Shavvol D) Jumodilavval 31 / 40 Quydagilardan tuproq tarkibining ikkinchi qismini ko’rsating. A) tuproqning organik moddalari B) tuproq eritmasi C) tuproqning ona jinsi D) magma mahsuloti 32 / 40 Yevrosiyoning qaysi okeanlarga tutash qirg‘oqlari kuchli parchalangan? A) Atlantika va Tinch B) Atlantika va Hind C) Shimoliy muz okeani va Tinch D) Atlantika va Shimoliy muz okeani 33 / 40 O’zbekiston sharoyitida kuz qaysi oydan boshlanadi? A) Avgust B) Noyabr C) Oktabr D) Iyul 34 / 40 A shahardan B va C shaharga boradigan poyezd qaysi azimut bo’yicha yuradi? A) dastlab 0° keyin 90° B) dastlab 180° keyin 90° C) dastlab 90° keyin 180° D) dastlab 270° keyin 90° 35 / 40 O’rta Osiyoni o’rgangan olimlarning yillarini jadval asosida to’g’ri taqsimlang. A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-b, 2-c, 3-a C) 1-c, 2-a, 3-b D) 1-a, 2-b, 3-c 36 / 40 Har bir gorizontal 1000 m dan o’tkazilgan bo’lib, B nuqtada havo harorati + 12 °C bo’lsa, A nuqtadagi havo haroratini toping. A) + 6 0C B) 0 0C C) + 20 0C D) + 24 0C 37 / 40 Berilgan malumotlar qaysi daryoga tegishli ekanligini toping. a) Qoraqum kanali suv oladi, b) Yunon xaritalarida Oks nomi bilan mashhur, c) ,,Beruniy qonuni’’ ga asos bo’lgan. A) Amudaryo B) Sirdaryo C) Nil D) Ili 38 / 40 A va B shaharlar orasi 1: 300 000 masshtabda tasvirlangan bo’lsa, haqiqiy masofani toping. A) 12 km B) 4 km C) 7 km D) 10 km 39 / 40 Braziliya yassi tog‘ligining janubiy qismi qaysi iqlim mintaqasida joylashgan? A) subtropik B) arktika C) ekvator D) mo’tadil 40 / 40 Qaysi variantda XX asrga xos bo’lgan voqiya berilgan? A) Urgutda zilzila kuzatilgan B) Benevini O’rta Osiyo hududini o’rgangan C) O’rta Osiyoda milliy bog’ va qo’riqxonalar tashkil etildi D) Yoqut ibn Abdulla yashab ijod qilgan 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Geografiya attestatsiya