Geografiya attestatsiya №1 Yanvar 11, 2022Yanvar 11, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Geografiya attestatsiya №1 ga 5 fikr bildirilgan 0% 47 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 OMAD YOR BO'LSIN! Geografiya fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Shimoliy Afrika tabiiy geografik o’lkasi tabiiy sharoitiga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi 3 ta tabiat kompleksiga ajratiladi. Shu tabiat komplekslaridan qaysi biri ortiqcha? A) toshloq cho’lli Sahroi Kabir cho’li B) Savannali Sudan yoki Saxel hududi C) Tog’li And o’lkasi D) qattiq bargli doimiy yashil o’rmonlar 2 / 40 Mоskva, Sankt-Peterburg shaharlaridagi metrоpоlitenlarning ko’plab bekatlari bezatilgan marmar qaysi kоnga tegishli? A) Angren B) Muruntov C) G’оzg’оn D) D)Gazalkent 3 / 40 Ozon tuynugi deb nom olgan holat so’ngi yillarda qayerda xosil bo’ldi? A) Yevrosiyonong janubida B) Yevrosiyoning shimoliy kengliklarida C) Shimoliy Amerikaning shimoliy qismida D) Janubiy amerikaning shimoliy qismida 4 / 40 Iqlim hosil qiluvchi birinchi omil qaysi? A) relyef B) okean oqimlari C) geografik kenglik D) havo massalari 5 / 40 Qarshi shahrida yillik yog‘in miqdori o‘rtacha 300 mm, mumkin bo‘lgan bug‘lanish esa 1000 mm bo'lsa, mumkin bo'lgan namlanish qancha? A) 0.25 B) 4 C) 0.4 D) 0.3 6 / 40 Quyidagi joy obyektlaridan geosinklinal hududlarni belgilang. 1-Sharqiy Yevropa, 2-Himolay, 3-O’rta dengiz, 4-Hindiston, 5-Alp, 6-Markaziy Amerika, 7-Sibir A) 2-3-7 B) 1-2-6 C) 2-3-6 D) 1-4-7 7 / 40 Shimoliy Amerikaning aralash va keng bargli o'rmonlar zonasi uchun xos daraxt va o't o'simliklarni aniqlang. A) Baland bo'yli o't o'simliklar Kaktus-akatsiyali savannalar va eman-qarag'ayli siyrak o'rmonlar B) chalov, betaga, bizon o'ti C) qora va oq qarag'ay, balzam pixtasi, Amerika tilog'ochi D) Amerika yong'og'i, marvaridgul, qarag'ay, qayin, tol, terak 8 / 40 Jahon xo’jaligidagi ikkinlamchi sektorni ko’rsating. A) tayyor mahsulot yaratish B) qishloq xo’jaligi C) sanoat uchun xomashyo yetkazib berish D) aholiga xizmat ko’rsatish 9 / 40 Havoning harorati +20 oC, shunday haroratli 1 m3 havoda 15 gr suv bug`i bor. Havoning nisbiy namligini aniqlang. A) 32.50% B) 88% C) 67.00% D) 58.82% 10 / 40 Braziliyaning qaysi tomonidan jahonning eng sersuv daryosi Amazonka o'tadi? A) janubida B) g'arbida C) sharqida D) shimolida 11 / 40 Orol ko‘li Turon tekisligining qaysi qismida joylashgan? A) sharqida B) markazida C) janubida D) shimolida 12 / 40 Geografik qobiqda sodir bo‘layotgan barcha jarayonlarning asosiy qismi nima ta’sirida ro‘y beradi? A) Quyosh energiyasi B) Dunyo okeani C) shamol D) Yerning ichki energiyasi 13 / 40 Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida okean, dengizda qanday xodisa ro’y beradi? A) qalqish B) suv harorati ko’tarilishi C) suv kamayishi D) to’lqin 14 / 40 Braziliya yassi tog‘ligining janubiy qismi qaysi iqlim mintaqasida joylashgan? A) arktika B) mo’tadil C) ekvator D) subtropik 15 / 40 A shahardan B va C shaharga boradigan poyezd qaysi azimut bo’yicha yuradi? A) dastlab 0° keyin 90° B) dastlab 90° keyin 180° C) dastlab 180° keyin 90° D) dastlab 270° keyin 90° 16 / 40 Bahor va kuzda Farg‘ona vodiysida bosim past bo‘lganda g‘arbdan vodiy tomonga esadigan shamol nima deb nomlanadi? A) Qo‘qon shamoli B) Tog’-vodiy shamoli C) Afg‘on shamoli D) Bekobod shamoli 17 / 40 Qaysi raqam bilan Litosfera ko’rsatilgan? A) 3 va 1 B) 3 C) 2 va 3 D) 1 18 / 40 Markaziy Osiyo o‘lkasining chuchik ko’llarini ko’rsating. A) Tayxu B) Van va Urmiya C) Lobnor Kuku- Nur, Ubsu-Nur D) Bagrashko‘l, Orin-Nur 19 / 40 O’zbekistonning Qozog’iston tabiiy geografik kichchik o’lkasiga kiruvchi hududlari qaysi variantda berilgan? A) Dalvarzin cho’li B) Mirzacho’l, Quyi Zarafshon C) Ustyurt, Orol D) Orol, Mirzacho’l 20 / 40 Jadvalda berilgan graduslar, xarita va globusda qanday nom bilan atalishini ko’rsating A) 1-c, 2-b, 3-a B) 1-c, 2-a, 3-b C) 1-a, 2-c, 3-b D) 1-b, 2-a, 3-c 21 / 40 Berilgan malumotlar qaysi daryoga tegishli ekanligini toping. a) Qoraqum kanali suv oladi, b) Yunon xaritalarida Oks nomi bilan mashhur, c) ,,Beruniy qonuni’’ ga asos bo’lgan. A) Nil B) Amudaryo C) Sirdaryo D) Ili 22 / 40 O’rta Osiyoni o’rgangan olimlarning yillarini jadval asosida to’g’ri taqsimlang. A) 1-c, 2-a, 3-b B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-b, 2-c, 3-a D) 1-a, 2-b, 3-c 23 / 40 Yevrosiyoning qaysi okeanlarga tutash qirg‘oqlari kuchli parchalangan? A) Atlantika va Tinch B) Shimoliy muz okeani va Tinch C) Atlantika va Hind D) Atlantika va Shimoliy muz okeani 24 / 40 Hindiston yarimorolida iyulning o‘rtacha harorati qancha bo’ladi? A) +26 °C, B) +40 °C C) + 30 °C D) +10 °C 25 / 40 Quydagilardan suv oqimlariga qarshilik ko‘rsata olmay, muallaq holatda suzib yuruvchi organizmturini ko’rsating? A) klik B) plankton C) nekton D) bentos 26 / 40 Quydagi A va B hariflari bilan ko’rsatilgan joy nomlari qaysi variantda berilgan? A) Qizilqum,Qoraqum B) Ustyurt, Qoraqum C) Farg’ona vodiysi, Atrek vodiysi D) Ustyurt, Qizilqum 27 / 40 Qaysi variantda XX asrga xos bo’lgan voqiya berilgan? A) Benevini O’rta Osiyo hududini o’rgangan B) Urgutda zilzila kuzatilgan C) O’rta Osiyoda milliy bog’ va qo’riqxonalar tashkil etildi D) Yoqut ibn Abdulla yashab ijod qilgan 28 / 40 O’zbekiston sharoyitida kuz qaysi oydan boshlanadi? A) Avgust B) Noyabr C) Iyul D) Oktabr 29 / 40 Eng issiq ko‘rfazi mavjud okean,qaysi? A) Hind B) Shimoliy muz ocean C) Tinch D) Atlantika 30 / 40 Suratdagi olim haqida ma’lumot: O’rta Osiyo va arab geografiyasi asoschisi hisoblanadi, ,,Jahon xaritalari’’ asosida o’z asarini yozgan. Savol: qaysi variantda suratdagi olimga tegishli jumla aytilgan? A) “Hindiston” asaring muallifi B) Birinchi bo’lib shimoliy yarimsharning gulobusini yasagan C) Ilmiy faoliyati davomida tabiiy fanlarning rivijlanishiga tabiatni o’rganishga alohida etibor bergan D) Ibn Sino bilan zamondosh bo’lgan 31 / 40 Har bir gorizontal 1000 m dan o’tkazilgan bo’lib, B nuqtada havo harorati + 12 °C bo’lsa, A nuqtadagi havo haroratini toping. A) + 20 0C B) 0 0C C) + 6 0C D) + 24 0C 32 / 40 Quydagilardan tuproq tarkibining ikkinchi qismini ko’rsating. A) tuproqning ona jinsi B) tuproqning organik moddalari C) tuproq eritmasi D) magma mahsuloti 33 / 40 I. Xoxlov O’rta Osiyoning tabiatini o’rgangan yildan roppa rosa ikki asr vaqt o’tib qanday voqiya yuz berdi? A) <<Yerning tasviri>> nomli asar rus tiliga tarjima qilindi B) Cherapunjaga 23000 mm yog’in yog’di C) Dengizlar chuqurlik bo’yicha o’rganilib boshlandi D) Sayyoramizdagi eng kuchli shamol kuzatiladigan materik kashf qilindi 34 / 40 O’rta Osiyo qumli cho‘llarida o‘suvchi daraxtlardan oq saksovulning bo’yi qanchagacha yetadi? A) 9—10 m B) 1—2 m C) 2—3 m D) 6—7 m 35 / 40 A va B shaharlar orasi 1: 300 000 masshtabda tasvirlangan bo’lsa, haqiqiy masofani toping. A) 4 km B) 12 km C) 7 km D) 10 km 36 / 40 Quydagi ma’lumotlarni tahlil qilib Eyler-Venn diagrammasiga mos keladigan javobni aniqlang. I. Kiyev shahri II. Qohira shahri a. paytaxt maqomiga ega b. 300 sh.k da joylashgan c. 500 sh.k da joylashgan A) I-c II-a III-b B) I-b II-c III-a C) I-a II-b III-c D) I-c II-b III-a 37 / 40 Hijriy-qamariy taqvimidagi beshinchi oyni ko’rsating. A) Jumodilavval B) Safar C) Rajab D) Shavvol 38 / 40 Havo namligini o’lchaydigan asbob nima deb ataladi? A) gigrometr B) dajlamer C) reyka D) vertishka 39 / 40 Orta Osiyo o’lkasining qaysi qismi berk havza emas? A) shimoli g’arb B) shimoli-sharq C) janub D) g’arb 40 / 40 5-sinf geografiya darsligi qanday bo’lim hisoblanadi? A) o’zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy geografiyasi B) okean va matekillar tabiiy geografiyasi C) o’rta osiyo va o’zbekiston tabiiy geografiyasi D) tabiiy geografiya boshlang’ich kursi 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 75 foizdan past ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin”; - 75 foiz va undan yuqori ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, oliy malaka toifasi (bosh o’qituvchi lavozimi) berilsin”; - 74 foizdan 65 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, birinchi malaka toifasi (yetakchi o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 65 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi)ga tushirilsin” - 64 foizdan 60 foizgacha ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tdi, ikkinchi malaka toifasi (katta o’qituvchi lavozimi) saqlansin”; - 60 foizdan kam ko’rsatgichga ega bo’lsa - “Attestatsiyadan o’tmadi, mutaxassis (oliy yoki o’rta maxsus, kasb-hunar ma'lumotli o’qituvchi) lavozimiga tushirilsin” Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Geografiya attestatsiya