Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 Yanvar 7, 2022Yanvar 7, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 ga 1 fikr bildirilgan 0% 16 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Imloviy jihatdan to’g’ri yozilgan so’zlar qatorini aniqlang? A) sazavor, mulaqot B) sozovor, muloqot C) sazovar, muloqat D) sazovor, muloqot 2 / 40 Eldor akaning uyi o`n yetti tomdan keyin joylashgan, zo`rg`a topib bordik-da. Ushbu gapda ajratib ko`rsatilgan so`zda qanday ma’no ko'chishi kuzatiladi? A) sinekdoxa B) metonimiya C) metafora D) vazifadoshlik 3 / 40 Boshni fido ayla ato qoshig`a Jismni qil sadqa ano boshig`a. Ushbu misralar Navoiyning qaysi dostonidan olingan? A) “Farhod va Shirin” B) “Layli va Majnun” C) “Saddi Iskandariy” D) “Hayrat-ul abror” 4 / 40 Qaysi qatordagi gapda 2 ta tovush tushishi va 1 ta tovush ortishi kuzatiladi? A) Bir vaqt qarasam, yig’layapman. Keyin asta uyga kiraman degan edim, haligi itlar yana uvlab yubordi. B) Ayriliq ham sinovdir, bolam. Sabr qiling, xalq orasida o’z obro’yingizga egasiz, shunday ekan hozircha faqat kutganingiz ma’qul. C) Otaxon, singlimning ko’ngli juda nozik. Qaytgunimcha unga qo’ldan kelgancha qarab, yordam berib turing. D) Ko’z oldimdan ichakuzdi qiliqlar qilayotgan qiziqchilar, toshlarni osmonga irg’itib o’ynayotgan polvonlar ketmasdi. 5 / 40 old, ko`ra, orqa, qarab,ro`para, deya, oldin, deb,avval, bo`ylab, keyin, so`ng, atab. Ushbu vazifadosh ko`makchilardan nechtasi fe`l so`z turkumidan hosil bo`lgan? A) 6 tasi B) 7 tasi C) 5 tasi D) 10 tasi 6 / 40 Quyida berilgan gap turini aniqlang. Bunday saltanat yalong’och odamga o’xsharki, uni ko’rgan kimsa nazarini olib qochadi. A) shaxsi umumlashgan sodda yoyiq gap B) egasi yashiringan sodda yoyiq gap C) ergashgan qo’shma gap D) sodda yoyiq gap 7 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so’z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. B) Do’stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi – chaqimchi. C) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. D) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko’proq nafratlanadi. 8 / 40 Qaysi javobda imloviy xato yozilgan so’zlar soni ikkita? A) O’rtadagi xontaxtada sovub qolgan kabob va meva-cheva bor edi. B) Yaxshilik qilsang, ohirigacha yaxshilik qilgin, zinxor minnat qilma. C) Zebi yuragida tugulib yotgan zo’r tugunni yechib yuborgan edi. D) Qor urib turgan bir kun edi. Birdan ko’chada dod-faryod ko’tarilib qoldi. 9 / 40 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. B) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. C) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. D) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. 10 / 40 Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta? A) 3ta B) 5 ta C) 4 ta D) 2 ta 11 / 40 Baland bolaxonali uy. Ushbu jumlada qanday holatda uyning balandligi anglashiladi? A) So’zlar orasida to’xtalish bo’lsa B) Ma’noli gap bo’laklarining kengayishidan C) Bolaxona so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa D) Baland so’zidan so’ng to’xtalish bo’lsa 12 / 40 Qaysi gapdagi modal so‘z fikrga ishonch munosabatini bildiradi? A) Darhaqiqat, to‘y to‘ydek bo‘lsin. B) Sizni ham tinch qo‘yishmayapti, chog‘i. C) Siz, shubhasiz, bu testni yecha olasiz. D) Aytishlaricha, uchta davlatda biznesi bor ekan. 13 / 40 "Bu dunyoga kelib nima karomat ko'rsatdik? Ko'prik qurdikmi, machit soldikmi?" Ushbu gapda nechta boshqaruvli so'z birikmasi mavjud? A) 3ta B) 1ta C) 4ta D) 2ta 14 / 40 Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping. A) Ba’zi bir, qaysi bir, bir narsa B) Hech kim, hech narsa C) Go'yo, hatto, ba’zan D) Ammo, lekin, biroq, va 15 / 40 “Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi? A) Chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylanadi. B) Egaligicha qoladi. C) Qaratqich aniqlovchi tusini oladi. D) Vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib qoladi. 16 / 40 Avaylaylik so'zi qaysi qatorda ma'noli qism(morfema)larga to'g'ri ajratilgan? A) avay+la+y+lik B) ava+y+la+y+lik C) avayla+ylik D) avayla+y+lik 17 / 40 -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) ravishdosh B) harakat nomi C) sifatdosh D) sof fe’l 18 / 40 Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon A) 2ta B) 3ta C) 5ta D) 4ta 19 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. B) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. C) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. D) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. 20 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Vaholanki, til davlat miqyosida keng qo'llansagina, milliy til bo'lib qoladi va ravnaq topadi B) Orada qancha zamonlar o'tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz C) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman D) Ular bilan xozir, o'smirlik chog'idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi 21 / 40 Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan? A) tovush almashishi B) tovush tushishi C) tovush tushishi va tovush almashishi D) tovush almashishi va orttirilishi 22 / 40 Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Ona tilimiz orqali biz o‘z fikrimizni shakllantiramiz,o‘ylaymiz, mushohada yurutamiz. B) Do‘stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib borayapti. C) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. D) Odam onadan tug‘ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. 23 / 40 Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi? A) xilof – g‘ilof B) sanoq – sadoq C) chiroq – yiroq D) boshlamoq – boplamoq 24 / 40 Qaysi qatorda asosidan -iy, -an, -ot qo‘shimchalari orqali yangi so‘z yasash mumkin bo‘lgan so‘z qo‘llangan? A) Shaxmatni boshlagandan keyin xayolparastlik odati yo‘qola bordi. B) Qonunchilikda bu kabi holatlar nazarda tutilmagan emish. C) Ijodkor yoshlarga adib bilan bo‘lgan suhbat yoqmagan ko‘rinadi. D) Nimaga asoslanib bunday deganini sira tushuna olmayapman. 25 / 40 –tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi? A) Noaniq fe’l B) Fe’lning orttirma nisbati C) Fe’lning kichraytirma nisbati D) Fe’lning o’zlik nisbati 26 / 40 Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. B) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan. C) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. D) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. 27 / 40 Imloviy jihatdan xato yozilgan so'zni toping A) Xijolat, hijjalamoq, exson B) Taxsin, tanbex, extirom C) Hasad, hasharot, hilqat D) Hayol, hayot, harbiy 28 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) C)Tarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. B) B)Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. C) A)Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. D) D)Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi − chaqimchi. 29 / 40 Bazm uyushtirilibdi. Fe’l nisbatini aniqlang. A) orttirma nisbat B) majhul nisbat C) o‘zlik nisbat D) birgalik nisbat 30 / 40 Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan? A) Homid toshni o'n marta ko’tardi, men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman. B) Shuni bilingki, urush qurbonsiz bo‘lmaydi C) Maftuna guruhimizdagi eng a’lochi qiz, D) Toshkent qadimiy va navqiron shahar, u yerda hashamatli binolar qad rostlamoqda. 31 / 40 "O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud? A) 8ta B) 5ta C) 6ta D) 7ta 32 / 40 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo‘lsin. B) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa. C) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo‘lsin... D) Dildoraning shohi ko'ylagini hamma yoqtirdi. 33 / 40 Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. A) o‘shanday, shunaqa B) har xil, shunchaki C) manmanlik, o‘zboshimcha D) o‘zboshimcha, o'zbilarmon 34 / 40 Ergash gap qismida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush tushishi yuz bergan va shunday yozilgan so‘z qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping. A) Shunisi ma’lumki, mening kasb tanlashimga otam sababchi bo‘lgan. B) Hayotingda kim uchundir foydali inson bo‘lsang, mana shu sening eng katta yutug‘ingdir. C) Hulkar ularni tanirdi, shuning uchun ularga yordamlashdi. D) Shuni bilki, qiynalib erishgan narsalaringning qadri baland bo‘ladi. 35 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. B) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. C) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. D) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. 36 / 40 –choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi? A) Predmetning sanog’ini bildiruv-chi qo’shimchalar B) Erkalash va kichrayti-rish qo’shimchalari C) Tovush o’zgarturuv-chi qo’shimchalar D) O’zak-negiz qo’shimchalari 37 / 40 Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar orasida tire qanday mazmun ifodalash uchun qo’yilmaydi? A) Qiyoslash mazmuni B) Izohlash mazmuni C) Payt mazmuni D) Zidlash mazmuni 38 / 40 Qaysi gapda ikki o‘rinda vazifadosh bog‘lovchi ishtirok etgan? A) Siz bilan bunday natijaga erishishimiz uchun tun-u kun mehnat qilishimiz lozim. B) Mol ham davlatingiz bilan emas, balki ilm-hunaringiz, go‘zal xulq-atvoringiz bilan faxrlaning. C) Kumushbibi endi o‘n yettini qo‘yib, o‘n sakkizga qadam bosganida, bo‘yi ham onasiga yetayozgan edi. D) Aql va farosat quyoshga o‘xshaydi,beparvolik tufayli tushish mumkin bo‘lgan dog‘larga o‘rin qolmaydi 39 / 40 Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi? A) Uylar, devorlar, daraxtlar// hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi B) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi C) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz D) O'rinsiz g'azab// o'zingga azob 40 / 40 Quyidagi gapda ochiq bo`g`inlarning nechtasi keng unli bilan tugagan? Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on, Aniq bilursankim, ilm bepoyon. A) 4ta B) 3ta C) 2ta D) 6ta O'rtacha ball 58% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya