Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 Yanvar 7, 2022Yanvar 7, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Ona tili va adabiyot attestatsiya №2 ga 1 fikr bildirilgan 0% 16 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Ona tili va adabiyot fanidan attestatsiya savollari №2 1 / 40 Qaysi qatordagi fe`llarda nisbat qo`shimchasi mavjud emas? A) Ko`ngli vayron bo`lgan qiz yelkalari titrab-titrab yig`lardi. B) Uning vujudida ham mehr, ham vahshiylik yashiringan edi. C) Yomon qo`shni dushmandan yomon – turgan joyingdan ko`chirib yuborganini sezmay qolasan. D) Baxt oila ostonasidan boshlanishini unutmang! 2 / 40 “Suv qalqisa loyqasi yuqoriga chiqqanday, zamon qalqigandan buyon yomon ko’paydi”. Ushbu misralar qaysi asardan olinganligini aniqlang. A) Urushning so’nggi qurboni B) Bemor C) Muzqaymoq D) Shum bola 3 / 40 Jabr-u jafolardan o’tgan, endigina sening qo’lingdan tutgan, seni yo’qotib qo’ymaslik maqsadida bor vujudi bilan sen uchun yashayotganlarning orzusisan, mustaqillik! Ushbu gapda qo’llangan yasama so’zlar soni nechta? A) 3ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta 4 / 40 Quyidagi qaysi gapda vazifadoshlik asosida ma’nosi ko’chgan so’z ega vazifasida kelgan? A) Rentgen apparati natijalarini kutyapmiz. B) Stol oyog’i pishiq yog’ochdan qilingan. C) Qozonning qulog’i qiyshayib qolgan ekan. D) Bosh omon bo’lsa, do’ppi topiladi. 5 / 40 Berilganlardan qo’shma sifatlarni aniqlang. 1) sovuqmijoz; 2) hozirjavob; 3) achchiqtosh; 4) mehnatkash; 5) issiqxona; A) 1, 2 B) 1, 2, 4 C) 1, 3, 5 D) 1, 3 6 / 40 Quyidagilardan xamsanavislar haqida berilgan to’g’ri ma’lumotlarni aniqlang. 1)“Xamsa” yozishni ozarbayjonlikulug’ shoir Nizomiy Ganjaviy boshlab bergan; 2)Dehlaviy yana 2 doston qo’shib, o’z “Xamsa”sini yetti dostonga yetkazadi; 3)Jomiy “Xamsa”sini “Panj ganj” deb atagan; 4)Navoiy qisqa muddatda (1483-1485-yillard 51 ming misradan ortiq “Xamsa”sini yozib tugallagan. A) 1, 3 B) 2, 3 C) 2, 4 D) 1, 4 7 / 40 Qaysi gap tarkibida o’z paronimi bilan o’zaro bir xil turkumga mansub bo’la oladigan tub so’z qatnashgan? A) Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi begona afzal. B) Siz daraxtning shoxida yursangiz, u bargida yuradigan yigit. C) Jahling chiqqan taqdirda ham birovga qattiq gapirma. D) U otalik mehri jo’sh urib qizchasini bag’riga bosdi. 8 / 40 Voqea-hodisa, shaxs-narsani nomlash uchun ishlatilgan (bir so‘z yoki so‘z birikmasi bilan ifodalangan) qisqa gapdan so‘ng ishlatiladigan tinish belgisi qaysi gapda qo`llangan? A) Ko‘klamoyim, ko‘kingdan ber bir chimdim! ( M. Yusuf ) B) Yashash. Bu – orzular qanotin kermoq. Yashash. Bu – muhabbat gullarin termoq. (O. Matjon) C) She’rim! Yana o‘zing yaxshisan! ( U. Nosir ) D) Podshoh o‘sha bolani yoniga o‘tqazib, undan so‘rabdi: Mening uyim chiroylimi yoki otangnikimi? 9 / 40 Quyidagi gapda mustaqil so`zlar miqdorini aniqlang? G`amgin qoyalar qilib qo`ygan gunohidan o`zi qo`rqib ketganday ingrab yubordi. A) 6 ta B) 8 ta C) 7 ta D) 9 ta 10 / 40 O’n oy davom etgan tergov azoblaridan so’ng adib “sovetlartga qarshi targ’ibot qilgan”likda ayblanib, 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan ijodkorning ijodi bilan bog’liq to’g’ri ma’lumotni aniqlang? A) Ushbu ijodkorning asarlarida ona yurti – O’zbekiston tabiati, uning zahmatkash xalqi mehnatini sharaflab yozgan she’rlari o’zining samimiyligi, ohangdorligi, o’quvchining eng nozik tuyg’ularini qo’zg’ata olishi bilan zamonlar sinovidan o’tib kelmoqda. B) Ushbu ijodkor qalamiga mansub asar o’tgan asrning 60- yillarida, Navoiy tavalludining 525 yilligi arafasida yaratilgan edi. C) Ijodkorning ijodidagi bosh mavzu nima deb so’ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik xotiralariga sadoqat, o’z xalqidan faxrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash, deb aytish mumkin. D) Ijodkorning asarlaridan birida ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning ziddiyatlarga to’la hayoti tasvirlangan. 11 / 40 Qaysi qatorda berilgan so‘zlarning ma’nolarini farqlovchi undoshlar jarangli yoki jarangsizligiga ko‘ra ham, til qismlarining harakatiga ko‘ra ham o‘zaro farqlanadi? A) xilof – g‘ilof B) chiroq – yiroq C) sanoq – sadoq D) boshlamoq – boplamoq 12 / 40 Vatanning baxti, porloq istiqloli, yorqin kelajagi uchun yashash, kerak bo'lganda jon fido etish shu zaminda yashayotgan har bir inson uchun ham farz, ham qarzdir. Parchada qanday fonetik o'zgarishlar ro'y bergan? A) tovush tushishi va tovush almashishi B) tovush tushishi C) tovush almashishi D) tovush almashishi va orttirilishi 13 / 40 Bog’lovchisiz qo’shma gaplarni tashkil etgan sodda gaplar orasida tire qanday mazmun ifodalash uchun qo’yilmaydi? A) Payt mazmuni B) Zidlash mazmuni C) Izohlash mazmuni D) Qiyoslash mazmuni 14 / 40 Imloviy jihatdan xato yozilgan so'zni toping A) Hasad, hasharot, hilqat B) Taxsin, tanbex, extirom C) Xijolat, hijjalamoq, exson D) Hayol, hayot, harbiy 15 / 40 Qaysi gapda 2 o‘rinda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) Odam onadan tug‘ilib-oq ma’naviyatli, ma’rifatli bo‘lib qolmasligini yaxshi tushinasiz. B) Ona tilimiz orqali biz o‘z fikrimizni shakllantiramiz,o‘ylaymiz, mushohada yurutamiz. C) Do‘stim, ko‘rmayapsan-da, oy botib, yulduzlar birin-ketin so‘nib borayapti. D) Unutmangki, tanbal, bezori, sharobxo‘r, fosiq kishi manaviy nogiron degan so‘zdir. 16 / 40 –tir, -dir, qo’shimchalari orqali fe’lning qaysi nisbati yasaladi? A) Fe’lning orttirma nisbati B) Noaniq fe’l C) Fe’lning kichraytirma nisbati D) Fe’lning o’zlik nisbati 17 / 40 Qaysi gapda to‘ldiruvchi vazifasidagi so‘zda paronim bilan bog‘liq xatolik bor? A) Yomon yo‘ldosh yov bo‘lar, ravon yo‘lda g‘ov bo‘lar. B) Uzuk va zirak, tillaqosh va zebigardonlardan quti-quti yig‘gan edi. C) Kimki birovga choh qazisa, unga o‘zi yiqiladi. D) Ishning suratini oshirishimiz, kuniga yuz tup olma ko‘chatini o‘tkazishimiz kerak. 18 / 40 Ergash gap qismida qo‘shimcha qo‘shilishi ta’sirida tovush tushishi yuz bergan va shunday yozilgan so‘z qatnashgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gapni toping. A) Shunisi ma’lumki, mening kasb tanlashimga otam sababchi bo‘lgan. B) Hayotingda kim uchundir foydali inson bo‘lsang, mana shu sening eng katta yutug‘ingdir. C) Shuni bilki, qiynalib erishgan narsalaringning qadri baland bo‘ladi. D) Hulkar ularni tanirdi, shuning uchun ularga yordamlashdi. 19 / 40 –choq, -cha, -jon, -xon, -loq qo’shimchalari qanday qo’shimchalar sanaladi? A) O’zak-negiz qo’shimchalari B) Erkalash va kichrayti-rish qo’shimchalari C) Predmetning sanog’ini bildiruv-chi qo’shimchalar D) Tovush o’zgarturuv-chi qo’shimchalar 20 / 40 Qaysi qo‘shma gap tarkibidagi ikkala sodda gapda ham hol ishtirok etgan? A) Agar shaharga yolg‘iz borsang, sendan qattiq xavotirlanamiz. B) Shunday kuldiki, zal zirillab ketdi. C) Kimki yaqiniga yaxshilik qilsa, dunyoda kam bo‘lmaydi. D) Katta gapirmagin, chunki sendan zo‘rlar ham topilishi shubhasiz. 21 / 40 Quyidagi gapda nechta yasama so'z mavjud? O‘zni dono bilgan u uch-to‘rt nodon Eshak tabiatin qilur namoyon. Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l, Bo‘lmasa "kofir" deb qilishar e’lon A) 2ta B) 4ta C) 5ta D) 3ta 22 / 40 Qaysi qatorda olmosh gap o‘rnida kelgan? A) Toshkent qadimiy va navqiron shahar, u yerda hashamatli binolar qad rostlamoqda. B) Maftuna guruhimizdagi eng a’lochi qiz, C) Homid toshni o'n marta ko’tardi, men ham shuncha ko'tarishni orzu qilaman. D) Shuni bilingki, urush qurbonsiz bo‘lmaydi 23 / 40 Qaysi javobda // belgisi o'rnida tireni qo'yib bo'lmaydi? A) Aziz kitobxon // hali katta oilaning qissalari tugamadi B) A'lo o'qish // bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz C) Uylar, devorlar, daraxtlar// hammasi qorong'ilikka jimgina cho'kdi D) O'rinsiz g'azab// o'zingga azob 24 / 40 Avaylaylik so'zi qaysi qatorda ma'noli qism(morfema)larga to'g'ri ajratilgan? A) avayla+y+lik B) avay+la+y+lik C) ava+y+la+y+lik D) avayla+ylik 25 / 40 Qaysi gapdagi modal so‘z fikrga ishonch munosabatini bildiradi? A) Aytishlaricha, uchta davlatda biznesi bor ekan. B) Darhaqiqat, to‘y to‘ydek bo‘lsin. C) Siz, shubhasiz, bu testni yecha olasiz. D) Sizni ham tinch qo‘yishmayapti, chog‘i. 26 / 40 “Odina qanday o‘qiyapti?” – deb so‘radi onasi. Berilgan gapni o‘zlashtirma gapga aylantirganda onasi so‘zi qanday o‘zgarishga uchraydi? A) Vositasiz to‘ldiruvchi bo‘lib qoladi. B) Egaligicha qoladi. C) Qaratqich aniqlovchi tusini oladi. D) Chiqish kelishigidagi to‘ldiruvchiga aylanadi. 27 / 40 Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) D)Do‘stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi − chaqimchi. B) B)Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. C) A)Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. D) C)Tarixni anglash orqali insonda hayotni anglash qobiliyati shakllanadi. 28 / 40 Qaysi gapda // belgisi o‘rnida ikki nuqta bo‘lishi kerak? A) G‘animlar duch kelar // jang bo‘lar puxta. B) Endi bildimki // unga tushuntirishning foydasi yo‘q ekan. C) Ruboiyni ichida o‘qidi // yuzini tabassum qopladi. D) Qamchibek boshqacharoq edi // ichidan o‘tayotganini yuzaga bilintirmasdi. 29 / 40 "Bu ko'ylak sal qizilroq ekan." Ushbu gapda sifatning qaysi darajasi qatnashgan? Qaysi yo'l bilan hosil qilingan? A) orttirma daraja; morfologik yo'l bilan. B) orttirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. C) ozaytirma daraja; morfologik yo'l bilan. D) ozaytirma daraja; leksik-morfologik yo'l bilan. 30 / 40 "Bu dunyoga kelib nima karomat ko'rsatdik? Ko'prik qurdikmi, machit soldikmi?" Ushbu gapda nechta boshqaruvli so'z birikmasi mavjud? A) 2ta B) 4ta C) 3ta D) 1ta 31 / 40 Qaysi gapda imloviy xatolik mavjud emas? A) Vaholanki, til davlat miqyosida keng qo'llansagina, milliy til bo'lib qoladi va ravnaq topadi B) Ular bilan xozir, o'smirlik chog'idayoq, qudratli qanot paydo qilayotibdi C) Manzilga yetkach, sen bilan alohida gaplashaman D) Orada qancha zamonlar o'tdi, uning nomini faxr bilan tilga olayapmiz 32 / 40 Gumon olmoshlarini hosil qiluvchi so’zlar qatorini toping. A) Hech kim, hech narsa B) Ba’zi bir, qaysi bir, bir narsa C) Ammo, lekin, biroq, va D) Go'yo, hatto, ba’zan 33 / 40 Qaysi qatorda asosidan -iy, -an, -ot qo‘shimchalari orqali yangi so‘z yasash mumkin bo‘lgan so‘z qo‘llangan? A) Ijodkor yoshlarga adib bilan bo‘lgan suhbat yoqmagan ko‘rinadi. B) Qonunchilikda bu kabi holatlar nazarda tutilmagan emish. C) Nimaga asoslanib bunday deganini sira tushuna olmayapman. D) Shaxmatni boshlagandan keyin xayolparastlik odati yo‘qola bordi. 34 / 40 Qaysi qatorda so’zlar alifbo tartibida berilgan? A) Belbog’, dehqon, fikr, kishi B) Sabr, niyat, oqil, ro’mol C) G’isht, hayo, kasr, o’zbek D) Ulug’, cho’pon, el, botir 35 / 40 -(a)r qo’shimchasi bilan fe’lning xoslangan shakllaridan qaysi biri hosil qilinadi? A) harakat nomi B) sifatdosh C) sof fe’l D) ravishdosh 36 / 40 Shu sevinch ikkovlariga ham kuch-g‘ayrat, ham dadillik baxsh etardi. Mazkur gapda qatnashgan mavhum otlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas? A) Gapdagi barcha mavhum otlar hokim qismga bitishuv usulida birikkan. B) Gapdagi mavhum otlar otlarning tuzilishiga ko‘ra ikki turiga oiddir. C) Gapdagi mavhum otlar ikki xil gap bo‘lagi vazifasida kelgan. D) Gapdagi yasama mavhum otlar har xil turkumga oid so‘zdan yasalgan. 37 / 40 "O'quvchilar sanoq sistemasini o'rganishardi, gohida sanog'idan adashgan bolalar jahl bila ruchkani partaga urardilar." Ushbu gapda nechta fonetik o'zgarish mavjud? A) 5ta B) 7ta C) 8ta D) 6ta 38 / 40 Ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini tobelantirgan ega ishtirok etgan javobni aniqlang. A) Ularning turfa xil odatlari bor, Avval ganjlarini ko‘mgay tuproqqa. B) Kunduzning g‘aroyib chog‘idir oqshom, Saodat birla u nurafshon bo‘lsin. C) Yelkamizga oftobning tegganligi rost bo‘lsin... D) Dildoraning shohi ko'ylagini hamma yoqtirdi. 39 / 40 Olmoshlar asosida yasalgan sifatlar berilgan javobni aniqlang. A) manmanlik, o‘zboshimcha B) har xil, shunchaki C) o‘shanday, shunaqa D) o‘zboshimcha, o'zbilarmon 40 / 40 Quyida berilgan gapda nechta yasama so'z bor? Oybek domla nihoyatda tiyraklik bilan, ko'pchilik nomdor insonlarda juda kam uchraydigan samimiyat va bolalarcha beg'uborlik bilan opaning gaplarini tasdiqladi. A) 6 ta B) 7 ta C) 8 ta D) 5 ta O'rtacha ball 58% 0% Testni qayta ishga tushiring Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Ona tili va adabiyot attestatsiya