Tarix attestatsiya №1 Dekabr 29, 2021Yanvar 23, 2022 da chop etilgan InfoMaster tomonidan Tarix attestatsiya №1 ga 2 fikr bildirilgan 6 12345678910111213141516171819202122232425262728293031323334353637383940 Tarix fanidan attestatsiya savollari №1 1 / 40 Qachon Isroil va FATX bir-birini tan olgan? A) 1993-yil B) 1992-yil C) 1995-yil D) 1991-yil 2 / 40 Turkiston o’lkasida yevropalik aholi vakillarini 1-jahon urushi safarbarligiga olinishi necha yoshdan boshlangan? A) 16 yoshdan B) 25 yoshdan C) 19 yoshdan D) 21 yoshdan 3 / 40 1983 – 1988-yillarda O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti birinchi sekretari lavozimida kim ishlagan? A) Sharof Rashidov B) Rafiq Nishonov C) Inomjon Usmonxo‘jayev D) Islom Karimov 4 / 40 Samarqandda faoliyat olib borgan jadidchilik harakati namoyondalari berilgan javobni aniqlang. A) Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo'jayev B) Mahmudxo'ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Azjiy C) Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho'lpon, Is'hoqxon Ibrat D) Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jayev 5 / 40 «Oq inqilob» qayerda bo’lib o’tgan? A) Xitoyda B) Hindistonda C) Turkiyada D) Eronda 6 / 40 Qayerda rus mustamlakachilari tomonidan 1500 dan ortiq kishilarga qarshi kuchli qurollangan rota tashlandi va qo'zg'olonchilar tarqatib yuborildi? A) Andijon B) Eski Marg’ilon C) Shahrixon D) Namangan 7 / 40 Jadidlar Turkistonda azaldan mavjud bo'lgan kimlardan qolgan merosdan foydalangan holda Turkistonda demokratik va taraqqiyparvar g'oyalarni davom ettirdilar? A) Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Mirzo Bedil B) Amir Temur, Mirzo Ulug’bek, Bobur C) Alisher Navoiy, Mirzo Bedil, Boborahim Mashrab D) Sayido Nasafiy, Turdi, Vola 8 / 40 Qayudagilardan yoshlarni chet ellarga yuborib, zarur kasblarni egallab, xalqqa foydali xizmat qiladigan yoshlarni va ular uchun qayg'urgan jadidlarni qo'llab-quvvatlab, o’z hisobidan katta miqdorda mablag’ ajratgan Andijonlik sarmoyadorni toping. A) Hoji Rafiy B) Inog’omxo’ja Umriyoxo’jayev C) Mirkomil Mirmo'minboyev D) Hamidxo’ja Mehriy 9 / 40 Buxoroda bir necha ariq va kanal orqali sug’oriladigan 400 tanobga ega qishloq qanday nomlangan? A) hazora B) marza C) nim hazora D) qoriya 10 / 40 “Baljuvon” marsiyasi kim nomonidan yozilgan? A) Ahmad Zaki Validiy B) Cho’lpon C) Abdulhamid Oripov D) Fitrat 11 / 40 Yangi usul maktablari bolalarning tez va oson savodxon bo‘lishlarini ta’minlabgina qolmay, balki ularda... A) fanatizm va konservatizmdan xoli bo‘lgan yangi dunyoqarashning shakllanishiga xizmat qilar edi. B) mustamlakachilarga qarshi nafrat ruhini vujudga kelishiga xizmat qilar edi. C) diniy bilimlarni ham yanada mustahkamlash uchun imkoniyat berardi. D) siyosiy ongini yuksaltirishda kuchli ta’sir o’tkazish xususiyatiga ega edi. 12 / 40 Iqtisodiyotda sanoatning yuqori unumdor innovatsion sektori, yalpi ichki mahsulotda fan yutuqlari va axborot texnologiyalari, iqtisodiy va boshqa faoliyat sohalarida raqobat ustuvor bo‘lgan jamiyat. Bu sivilizatsiyaga nisbatan axborot jamiyati atamasi ham qo‘llaniladi. A) Agrar jamiyat B) Industrial sivilizatsiya C) Postindustrial sivilizatsiya D) sivilizatsiya 13 / 40 1914-yilda Turkistonda joriy qilingan «favqulodda muhofaza holati»ni buzganlar uchun qancha miqdorda jarima belgilandi? A) 30 so’m B) 150 so’m C) 9 so’m D) 50 so’m 14 / 40 Ular safida 28 nafar fashistni otib o‘ldirgan snayperchi Zebo G‘aniyeva ham bo‘lib, u mardligi va jasorati uchun qanday ordeni bilan mukofotlandi? A) Qizil Bayroq B) Moskva mudofaasi uchun C) Qizil yulduz D) Berlinni egallaganligi uchun 15 / 40 Davlatlaming o‘z siyosiy mustaqilligini muayyan doirada cheklash yo‘li bilan yagona ittifoqqa birlashuvi…. A) Respublika B) Federatsiya C) Korporatsiya D) Avtonomiya 16 / 40 O'rta asrlada rohiblar ibodatdan bo‘sh vaqtlarida nima bilan shug‘ullangan? A) xattotlik va monastir maktablarida bolalarni o‘qitgan B) harbiy ish bilan C) savdo ishlari bilan D) kitoblar tarjimasi bilan 17 / 40 Mardikorlikka olishga qarshi qaysi hududda ko’tarilgan qo’zg’alon ishtirokchilari mustamlakachilarning xizmatida bo‘lgan mahalliy ma’muriyat vakillari uylariga, ma’muriy binolarga o‘t qo‘ydilar, 2 mirshab o‘ldirildi va bir necha kishi jarohatlandi? A) Namangan B) Eski Marg’ilon C) Andijon D) Toshkent 18 / 40 1902-yilda yuz bergan voqealarni aniqlang? 1) AQSH Kubaga majburan shartnoma qabul qildirdi.; 2) ingliz –bur urushida Bur Respublikasi taslim bo‘ldi.3) Italiya bilan Fransiya o‘rtasida bitim imzolangan; 4) Yaponiya-Buyuk Britaniya bitimi imzolandi. 5) Bolgariyada chiqayotgan „Kalendari kombiar“ („Milliy kalendar“) jumalida shunday deb yozgan: „Biz uyquda yotibmiz, bu vaqtda esa bizning ustimizda savdo- lashmoqdalar“.6) Buyuk Britaniya Panama kanali masalasi- da AQSHga „yon berdi“. A) 1,3,4,5 B) 2,3,4,6 C) 2,3,4,5 D) 1,2,3,4 19 / 40 AQSH Eronni «xalqaro terrorizmning sherigi» deb atadi Eron bu tamg’adan qutulish uchun qaysi davlatlardagi ronlik diniy maslahatchilar chaqirib oldi? 1) Suriya; 2) Sudan; 3) Liviya; 4) Jazoir; 5) Bosniya; 6) Misr. A) 1,3,5 B) 2,3,5 C) 2,4,6 D) 1,4,6 20 / 40 O’zbekistondagi tezyurar poyezd 2016-yilda qaysi shahargacha kelgan? A) Samarqand B) Qarshi C) Xiva D) Buxoro 21 / 40 Toshkent traktor zavodi (TTZ) qachon barpo etildi? A) 1969-yil B) 1948-yil C) 1947-yil D) 1949-yil 22 / 40 Kim o’ziga “amir ul umaro” (ulug’ amir) unvonni olgan? A) Ibrohimbiy B) Subxonqulixon C) Ubaydulloxon D) Nodir Muhammad 23 / 40 1917-yilga kelib o‘lkada nechta yangi usuldagi maktablar mavjud edi? A) 100 dan ortiq B) 24 ta C) 63 ta D) 100 ga yaqin 24 / 40 Quyidagi qaysi jadid namoyondasi jadid maktablari ochilishining tashabbuskori va amaliyotchisi, milliy gazeta va jurnallari asoschisi, muharriri hamda jadid teatri targ'ibotchisi bo'lgan? A) Mahmudxo’ja Behbudiy B) Abdurauf Fitrat C) Abdulla Avloniy D) Munavvarqori 25 / 40 1911-yilga kelib Turkistonda yangi usul maktablari soni nechtaga yetgan? A) 19 ta B) 24 ta C) 100 ta D) 63 ta 26 / 40 1995yilda qaysi shaharlarda Markaziy Osiyo davlat boshliqlarning Orol dengizi muammosiga bag‘ishlangan uchrashuvi qayerda bo’lib o’tgan? 1) Nukus shahrida; 2) Toshhovuz shahrida; 3) Qizil O‘rda shahrida; 4) Toshkent. A) 1,2,3 B) 1.2 C) 1.3 D) 1.4 27 / 40 Jadidlar nimani taraqqiyotning va farovonlikning asosiy yo'naltiruvchi kuchi hamda jaholatga qarshi kurashning birdan bir vositasi deb hisobladilar? A) dinni B) teatrni C) ilm-fanni D) matbuotni 28 / 40 Quyidagi qaysi voqeadan so’ng jadidlar parlamentar monarxiya uchun kurash boshladilar? A) 1917-yil oktabr voqealaridan so’ng B) birinchi jadid maktablari ochilgach C) 1917-yil fevral voqealaridan so’ng D) Birinchi jahon urushidan so’ng 29 / 40 Quyidagi qaysi shaxsni «podsho farmonlarini bajarmaslik, kechiktirish, qarshi chiqish» deb hisoblanib, podsho hukumati uni viloyat gubernatori lavozimidan ozod qilagan edi? A) Rozenbax B) F. Girs C) Vrevskiy D) A.Gippius 30 / 40 Toshkentdagi qo’zg’olonda politsiyaga qarata «Bizni o'ldirsanglar ham o'g'illarimizni sizlarga bermay-miz», deb xitob qilgan qo’zg’olon faollaridan birini toping. A) Rizvonbibi Ahmadjonova B) Ma’suma Qoriyeva C) Bibijon Ismoilova D) Maryam Sultonova 31 / 40 Quyidagilardan qay biri Turkiston ilg'or ziyolilari erishgan yutuqlari orasida eng salmoqlisi hukmron mafkuradan mustaqil bo'lgan ......... ga asos solinishi edi? A) milliy siyosiy partiyalar B) xalq ta'limi tizimining yaratilishi hamda milliy matbuot C) milliy teatr va milliy matbuot D) xalq ta'limi tizimining yaratilishi hamda milliy teatrga 32 / 40 Quyidagi qaysi jadid namoyondasi o'zi tashkil qilgan yangi usul maktabi uchun «Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim» «Turkiy guliston yoxud axloq» kabi darsliklarni yaratdi? A) Munavvarqori B) Abdurauf Fitrat C) Mahmudxo’ja Behbudiy D) Abdulla Avloniy 33 / 40 Bobo Go‘klan boshchiligidagi qoraqalpoqlar qo‘zg‘oloni nechanchi yillarda bo‘lgan? A) 1881-1891-yillar B) 1889-1891-yillar C) 1883-1893-yillar D) 1876-1885-yillar 34 / 40 Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni qaysi orden bilan taqdirladi? A) “El-yurt hurmati” B) #VALUE! C) #VALUE! D) #VALUE! 35 / 40 Imperator Nikolay II front ortidagi xizmatlar uchun aholini mardikorlikka olinishi to'g'risidagi farmoniga ko'ra Turkiston viloyatlaridan qancha kishi olinishi kerak edi? 1) Sirdaryo 2) Farg’ona 3) Samarqand a) 38 ming b) 50 ming c) 87 ming A) 1-b, 2-c, 3-a B) 1-c, 2-b, 3-a C) 1-a, 2-b, 3-c D) 1-c, 2-a, 3-b 36 / 40 Turkistondagi yangi usul maktablarining ko‘pchiligida qaysi shaharlarda nashr etilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanildi? A) Qozon va Qrim B) Istanbul va Kobul C) Qozon va Orenburg D) Sibir va Orenburg 37 / 40 Chingizxon qaysi shaharni 1 oy qamal qiladi? A) Xo'jand B) Urganch C) Termiz D) Buxoro 38 / 40 1916-yil 25-iyunda Rossiya imperatori Nikolay II (1894-1917) Oliy Bosh qo'mondon va harbiy vazir taklifi bilan qabul qilgan farmoni bo'yicha «front ortidagi xizmatlar uchun» quyidagi qaysi hududlardan erkaklar safarbarigi boshlangan? A) Turkiston, Buxoro va Xiva B) Turkiston, Qrim va Kavkaz C) Turkiston, Sibir va Kavkaz D) Turkiston, Orenburg va Buxoro 39 / 40 Toxariston nomi qayerdan olingan? A) Toxaristondagi shahar nomidan B) hukmdor nomidan C) toxar qabilasi nomidan D) qadimda Yunon-Baqtriya davlatini qulatgan chorvador qabila – yuechjilar nomidan olingan 40 / 40 «O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmon qachon qabul qilingan? A) 1990-yil 15-noyabrda B) 1991-yil 29 dekabr C) 1990-yil 24 mart D) 1992-yil 4-yanvarda O'rtacha ball 68% 0% Testni qayta ishga tushiring Baholash mezoni 86% -100% 5 baho 71% -85% 4 baho 56% -70% 3 baho 55% va kamiga 2 baho Fikr-mulohaza yuboring Author: InfoMaster Tarix attestatsiya